Fargʻona politexnika instituti
1-kurs 12-21 MST guruh talabasi Neʼmatjonov Ilyosbekning sohada axborot texnologiyalari fanidan
tayyorlagan mustaqil ishi
Sayt yaratishni boshlash uchun muhim 7 qadam.
Web – resursni yaratish istagi sizda paydo bo’lgandan so’ng , buning uchun qancha mablag ‘ talab etilishini va qanday vositalarni ishlatish mumkinligini bilib olishingiz shart . 1 – qadam . To’g’ri g’oya toping. Web – resurs bazasi , shu jumladan , har qanday masala g’oyaga asoslanadi . U qanchalik yaxshi va original bo’lsa , biznes yanada foydali va muvaffaqiyatli bo’ladi . Shuning uchun , tanlovda adashmaslik kerak va boshqalardan ko’ra yaxshiroq yoki , hech bo’lmaganda , muvaffaqiyatli kontseptsiyani yaratish juda muhimdir . Maslahat ! G’oya , birinchi navbatda , sizga yoqishi va ayni paytda odamlar uchun qiziqarli bo’lishi kerak . Bunday tandem har qanday muvaffaqiyatli loyihani , shu jumladan , web – resursni yaratish uchun kuchli asosdir . 2 – qadam . Sayt mavzusi va nomini tanlash Agar foyda keltiradigan loyiha rejalashtirgan bo’lsangiz , u holda uning nomi asosiy domen maydonlaridan birida paydo bo’lishi kerak . Masalan , .com , .net yoki .org . Bu qidiruv tizimlarida yuqori o’rinlarni egallashda ancha yordam beradi . Maslahat ! Domenni tanlayotganda , u birinchi navbatda esda qolarli bo’lishi kerak , ya’ni har bir kishi uni osongina eslab qoladigan bu’lishi kerak . Bu esa , foydalanuvchiga sizni qidirib topishda qulaylik yaratadi . Bundan tashqari , sayt yaratishda hostingga e’tibor qaratishingiz kerak .Bu ishning barqarorligi , interfeysning qulayligi , tanlagan tilingizni qo’llash xizmati , xizmatlarning narxi va boshqalarni nazarda tutadi . Agar , hostingni noto’g’ri tanlasangiz , sayt qidiruv tizimlarida umuman topilmasligi mumkin . 3- qadam . Sayt uchun CMS tanlash Menu CMS atamasi internetda juda keng tarqalgan . Ammo bu atama nimani anglatadi ? Ba’zilarning aytishicha , bu saytning « mexanizmi » va « yuragi » > , boshqalar fikricha , axborotni joylashtirish va tahrir qilish yoki , bo’limlarni yaratish uchun muntazam vazifalarni samarali hal qilish vositasidir . Aslida , CMS tushunchasi ( inglizcha Content Management System ) – kontentni boshqarish tizimi – sayt mazmunini yaratish , boshqarish va tahrirlash jarayonini tashkil qilish va ta’minlash uchun foydalaniladigan kompyuter dasturi yoki axborot tizimidir . Bugungi kunga kelib , web – resurslarning aksariyati tayyor « mexanizm » asosida yaratilgan bo’lib , uni noldan o’rnatmaslikka imkon beradi va bunday holatda texnik xatolar juda kam bo’ladi . Hozirda , asosan WordPress , Joomla , Drupal CMSlarini ishlatishadi . 4- qadam . Tegishli shablonni tanlash . Internetda sayt ochish uchun tayyor andozalar mavjud . Lekin , ular mustaqil ravishda ishlab chiqilishi mumkin , bu ularni boshqalardan ajratib turadi va qidiruv tizimlari tomonidan yaxshiroq qabul qilinadi . Shu bilan birga , dizaynda ortiqcha narsa bo’lmasligi kerak . Jadvalning ko’pligi yaxshi , lekin saytning yuklanishini sezilarli darajada sekinlashtiradi .Shuning uchun asosiy sahifalarning vazni 50-60 kb dan oshmasligi kerak . Tasvirlar mavzu bilan uva’un bo’lishi kerak . Tasvirlar mavzu bilan uyg’un bo’lishi kerak , lekin saytni qidirishda kalit so’zlarni o’z ichiga olgan matn asosiy rol o’ynaganligi sababli , unchalik katta ahamiyatga ega emas . Web – resursni loyihalashda haddan tashqari yorqin ranglardan foydalanishdan voz kechish kerak , chunki bunday tasvirlar , mehmonning ko’zini charchatadi . 5 – qadam . Kontent bilan to’ldirish va kalit so’zlarni tuzish Internet , birinchi navbatda , axborot almashish uchun ishlatilganligi sababli , saytning mazmuni har doim hal qiluvchi rol o’ynaydi . Bu saytga bo’layotgan tashriflar sonini aniqlab beradigan omil . Shuning uchun , loyihaning boshidanoq uni sifatli materiallar bilan to’ldirish kerak . Ko’proq samaradorlik uchun kontent haftada kamida uch marta yangilanishi lozim . Buning uchun matnlar mustaqil ravishda yozilishi yoki professional kopirayterlarni yollash mumkin .6 – qadam . Saytni reklama qilish. Kontent yaratilgach , kalit so’zlarni tuzish vaqti keladi . Ular yordamida bir necha soniya ichida kerakli saytni topishingiz mumkin . Menu triowa Sayt yaratilgandan so’ng keyingi muhim qadam- saytni reklama qilish usulini tanlash . Bu ish bilan o’zingiz shug’ullanishingiz yoki , mutaxassis xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin . 7-qadam.CMS platformasini tanlash.CMS platformasini tanlashda siz saytni yaratish maqsadiga tayanishingiz kerak . Har bir platforma ( CMS ) muayyan maqsadga mos keladi . Barcha CMS mehanizmlar 2 turga bo’linadi : pullik va bepul . Bugungi kunda eng ommabop va bepul CMSlar orasida quyidagilar mavjud :
Joomla ; InstantCms ; Drupal ; OpenCart ; phpBB . Shubhasiz , saytlar uchun eng mashhur CMS WordPress hisoblanadi . Bundan tashqari , sayt bilan bog’liq muayyan vazifani hal qilishda sizga yordam beradigan ko’plab webmasterlar mavjud : 1C – Bitrix ; UMI.CMS ; osCommerce.
Ne’matjonov Ilyosbek 12-21 MST
Do'stlaringiz bilan baham: |