L(a0 - ab)=G(Cb - C0) bu yerda L -adsorbentning sarfi, kg/s; G - tashuvchi gazning sarfi, kg/s; ab va a0 - yutilayotgan moddaning adsorbentdagi boshlang‘ich va oxirgi tarkibi; S0 - yutilayotgan moddaning adsorbsiya paytida chiqib ketayotgan gazlardagi o‘rtacha tarkibi; Sb - adsorbtivning tashuvchi gazdagi tarkibi.
Adsorbsiya jarayoni issiqlik ajralishi bilan boradi. Ajralib chiqqan issiqlik sistemadagi temperaturaning ko‘tarilishiga olib keladi, bu holat adsorbentning aktivligini susaytiradi. Ushbu issiqlikning miqdori oqimning massaviy tezligi, uning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligiga hamda adsorbentning fizik xarakteristikalari, atrof muhitga yo‘qolgan issiqlikning miqdori va adsorbsiya issikligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababdan sanoat miqyosida adsorbsiya jarayoni amalga oshirilganida ajralib chiqqan issiqlikni sarflaydigan qurilmadan foydalaniladi.
Adsorbsiya jarayonidagi modda o‘tkazish ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: tashqi diffuziya va ichki diffuziya. Tashqi diffuziyaning tezligi asosan jarayonning gidrodinamik holati bilan, ichki diffuziyaning tezligi esa adsorbentning tuzilishi va adsorbsion sistemaning fizik-kimyoviy xossalari bilan xarakterlanadi.
Tashqi modda o‘tishning tezligi quyidagi bog‘liqlik bilan aniqlanadi:
da/dτ = β(s-so),
bu yerda a - yutilgan moddaning miqdori; - vaqt; s - yutilayotgan komponentning bug‘-gaz aralashmasi xajmidagi konsentratsiyasi; syu - yutilayotgan komponentning adsorbent yuzasidagi konsentratsiyasi; - adsorbentning xajm birligiga nisbatan olingan modda berish koeffitsienti.
Ichki modda o‘tishining tezligi esa molekulyar diffuziya tenglamasi bilan ifodalanadi:
bu yerda De - diffuziyaning effektiv koeffitsienti.
Ushbu tenglamani integrallash uchun boshlang‘ich va chegara shartlarini xisobga olish kerak. Odatda jarayon davomida De ning qiymati o‘zgarmas deb olinadi.
Adsorbent donasining ichidagi modda o‘tishning tezligi tashqi diffuziya orqali modda o‘tishning tezligiga nisbatan anchagina kam bo‘ladi, shu sababdan ko‘pincha yutilayotgan moddaning adsorbent donasi yuzasidagi konsentratsiyasini adsorbtivning aralashma xajmidagi konsentratsiyaga teng deb olinadi.
Kinetik koeffitsient xisoblangan ß(s-1) ni aniqlash uchun adsorbsiyaning kinetikasini ifodalaydigan quyidagi kriterial tenglama tipidan foydalaniladi:
Nu' = ARem(Pr')n bu yerda Nu' va Rr' - Nusselt va Prandtl diffuzion mezoni; Re - Reynolds mezoni; A, t va p - tajriba yo‘li bilan aniqlaniladigan doimiy qiymatlar.