Farg’ona politexnika instituti Iqtisodiyot kafedrasi 62-19 I guruh talabasining Jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabarlar fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Farg’ona politexnika instituti Iqtisodiyot kafedrasi 62-19 I guruh talabasining Me’yorlashtirish fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Tayyorladi : Obidov A
Qabul qildi: To’ychiyeva O
Farg’ona 2022
«Quvasoytsement» AJ Farg’ona Neftni Qayta ishlash Zavodi
Rahbar:
Bosh direktor Habib Latipov
E-mail:
info@fnpz.uz
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, 150106, FARG'ONA, SANOAT ko'chasi, 240 uy
Ссылка:
www.fnpz.uz
«
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi — neftni qayta ishlash sanoati korxonasi. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi FNQIZ. bosh korxona, uning tarkibiga Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi, Pop va Angren neft bazalari kiradi. "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining shoʻʼba korxonasi (2003).
966-yildan zavodning 2navbati qurila boshladi. 1970-yildan zavodda K—12 markali va oktan soni undan yuqori boʻlgan benzin ishlab chikarila boshladi. 90-yillar boshidan toʻliq Oʻzbekistonda qazib olingan neftni qayta ishlashga oʻtdi. 1992—2004-yillarda "Oʻzneftgaz" xolding kompaniyasi tarkibida faoliyat koʻrsatdi. Korxonaning Oʻzbekiston Respublikasining neft mustaqilligini taʼminlashda xizmatlari katta. 2000-yilda zavod toʻliq taʼmirlandi, ishlab chiqarish boʻyicha 44 texnologik qurilmaga ega. Bir yilda 8,5 mln.t. neftni qayta ishlash quvvatiga ega. 1996—99 yillarda Yaponiyaning "Mitsui" firmasi bilan xamkorlikda dizel yoqilgʻisidan oltingugurtni ajratib olish qurilmasi qurilib ishga tushirildi. Zd ishtirokida yuqori sifatli motor moylari ishlab chiqaradigan "OʻzTeksako" va motor moylariga qoʻshimchalar ishlab chiqaradigan "Farmoy" Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonalari tashkil etildi. Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar uzlashtirilmokda.
Kompaniya to`g`risida qisqacha ma'lumot:
Kompaniya to`g`risida qisqacha ma'lumot:
- Qulay geografik joylashuvi: Farg`ona vodiysida xomashyo bazasi konlariga bevosita hamda O`zbekiston Respublikasining Tojikiston va Qirg`iziston Respublikalari bilan chegaralariga yaqin va infratuzilmasi rivojlangan hududda joylshgan;
- Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi - O'zbekiston Respublikasida neftni qayta ishlash hajmi bo'yicha ikkinchi yirik zavodi hisoblanadi;
- Zavod 478 gektar maydonda joylashgan bo`lib, binolar 190 ming m2 maydonni egallagan;
- Joriy ishlab chiqarish quvvati - yiliga 2 million tonna, foydalanish koeffitsienti 2020 yilda ~ 50%;
- 60 turdagi neft mahsulotlari va yoqilg'i-moylash materiallari, shu qatorda “Evro”-4 va “Evro-5” standartlariga muvofiq dizel yoqilg'isi ishlab chiqariladi (2021 yildan);
- 2020 - yilda ~ 900 ming tonna neft xom ashyoshi qayta ishlandi (shundan 422 ming tonnasi - tolling), 822 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarildi;
- 2020- yilda xomashyo manbaining ~ 60% ini mahalliy xomashyo tashkil qilgan, qolgan qismi temir yo'l va avtomobil transporti orqali beriladigan import qilingan;
- Mahsulotlarning qariyb 94 foizi mahalliy bozorga sotiladi, qolgan qismi eksport qilinadi;
- FNQZ xodimlarining umumiy soni qariyb 6 500 kishini tashkil qiladi;
- 2020- yilda mahsulot sotishdan tushum 231 million AQSh dollarini, yalpi foyda -54 million AQSh dollarini tashkil etgan;
- So'nggi 3 yilda o'rtacha yillik sof foydasi 19 million AQSh dollarini tashkil etgan;
- Hozirgi kunda Kompaniyaning texnologik bo'linmalarini keng ko'lamli rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
«Farg‘ona NQIZ» MCHJ «INKOTERMS 2010», xalqaro tashish qoidalariga muvofiq 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda (FCA) Axunboboev stansiyasiga yetkazib berish shartlari asosida neft mahsulotlarini doimiy ravishda “O‘zTXAB” AJ valyuta maydonchasiga joylashtirib boradi. Qo‘yilayotgan barcha mahsulotlar Davstandart organlarida sertifikatsiyadan o‘tgan va mustaqil laboratoriyaning sifat pasportlari bilan tasdiqlangan.