Farg’ona politexnika instituti 64-19 m guruh talabasi Saminjonov Asadbekning hozirgi vaqtda ichb fakultetining eng jonkuyar o’qituvchilaridan biri hamda shu fakultetning dekan o’rinbosari lavozimini bajarayotgan iqtisodiy fanlar doktori


Korxonaning bozordagi tahlili haqida nazariy ma’lumot



Download 0,52 Mb.
bet7/9
Sana03.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#734233
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
barber kurs ishi

Korxonaning bozordagi tahlili haqida nazariy ma’lumot

Insonning, jamoaning va butun korxonaning qiladigan barcha ishlari vaziyatni tahlil qilish va baholashdan boshlanadi. Biznes, ishlab chiqarish va boshqa har qanday ish istisno emas. Buning ustiga aynan biznesda tarmoqdagi va bozordagi vaziyatni oldindan tahlil qilish boshqa joylarga qaraganda ko’proq talab qilinadi.


Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili bu o’z mohiyatiga ko’ra tashqi muhit diagnostikasidir. U biznes-rejani tayyorlashda rezyumedan keyingi ikkinchi qadamdir. Biznes-reja tuzish bo’yicha bugungi uslubiy tavsiyalar ushbu bo’limni mazkur korxona faoliyat ko’rsatuvchi muhitning investitsiyalarni jalb qilishdagi jozibadorligini tahlil qilishdan boshlashni taklif qiladi. Tarmoqni tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi lozim:
1.tarmoqning iqtisodiy sektorini aniqlash (fan, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va hokazo);
2.mavsumiylik;
3.tarmoq bozorining geografik joylashuvi (mahalliy, mintaqaviy, milliy, xalqaro);
4.mazkur tarmoq taklif etuvchi asosiy mahsulot va xizmat turlari;
5.tarmoqning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari;
6.tarmoq bozorining tuzilmasi, sig’imi va uning o’zgarish tendentsiyalari;
7.korxona rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillari (yangi iste’molchi va raqobatchilar, qonun va qoidalarning paydo bo’lish ehtimoli).
Tarmoq va biznes sohasi to’g’risida qaror qabul qilish tadbirkorning o’zi uchun ham, tadbirkorlik loyihasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan faoliyat sohasining rivojlanish tendentsiyalarini to’liq hisobga olmaslik biznes-loyihani joriy qilishda kutilmagan natijalarga va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Tarmoqning jahon mehnat taqsimotida va xalqaro bozorda tutgan o’rni, uning eksport imkoniyatlari, shuningdek, xalq xo’jaligining ushbu tarmoq mahsulotlari qiziqish uyg’otuvchi boshqa tarmoqlari bilan ishlab chiqarish-texnik aloqalari haqidagi ma’lumotlar foydali hisoblanadi
1.Iqtisodiy kon'yuktura

2.cheklanishlar


3.Huquqiy va iqtisodiy cheklanish
4.Xamkorlik va kooperatsiyaning maqsadga muvofiqligi
5.Tadbirkorning bilimi, tajribasi va qobiliyati

Firma faoliyatining muvaffaqiyati uni bozor talabiga moslashtirishga bog’liq. Ana shu moslashtirish marketing deb ataladi. «Marketing» so’zi inglizcha Market — bozor degan so’zdan olingan bo’lib, tovarlarni sotish sferasidagi faoliyatini anglatadi. Lekin marketing hozirgi paytda iqtisodiy faoliyat tizimi sifatida faqat oldi-sotdini ifodalamaydi. Marketing bir tomondan, bozorni har tomonlama o’rganish (talab, ehtiyojlar), ishlab chiqarishni ana shu talabga va uni o’zgarishiga moslashtirish, mo’ljallash, mahsulotni aniq iste’mol uchun ishlab chiqarish, ikkinchi tomondan bozorda mavjud talabga faol ta’sir ko’rsatib talabni shakllantirishdir. Yuksak saviyadagi marketing xizmatida korxonalar gullab-yashnaydi.
Bozorda mutlaqo yangi mahsulotning paydo bo‘lishi bir qator murakkab, o‘zaro bog‘langan harakatlar bilan bog‘liq. Innovatsiyaviy g‘oya, harakatlar rejasi va ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Ishning asosiy va eng mas’uliyatli qismi bozorga mahsulotni olib chiqishdan ancha oldin bajariladi. Aynan shu bosqichdagi xatolar juda qimmatga tushadi.Har qanday biznesning vazifasi xaridorni uning mahsuloti uchun pul sarflashga majburlashdir. Aynan shu sababli biznes iste’molchi uchun eng qiziqarli va eng zarur mahsulotni izlashga katta kuch sarflaydi. Bu anchayin murakkab va og‘ir jarayon bo‘lib, javobgarligi ham yuqori. Xatolar ba’zida investor uchun juda qimmatga tushib, kichikroq kompaniyalarni bankrotlikka olib kelishi ham hech gap emas. Shu sababli, agar kompaniyada yangi mahsulotni yo‘lga qo‘yish g‘oyasi tug‘ilsa, bu jiddiy jarayonning faqat boshlanishi ekanligini anglash lozim.O‘z yo‘nalishlarimizda mavjud yoki muayyan bozor uchun alohida mahsulotni joriy etishdan oldin, keng ko‘lamli marketing tadqiqotlarini o‘tkazamiz, ular bozor sig‘imi va imkoniyatlari, ushbu toifadagi rafobatchilar ulushlari, toifaning o‘sish istiqbollari, iste’molchilar qiziqishlarini qamrab oladi.

Tayyorgarlik jarayonining yana bir muhim qismi – joriy etish ko‘zda tutilgan mamlakatning tegishli qonunchiligini, shuningdek ichki siyosat va taomillarni o‘rganish. Kompaniyalarning asosiy tamoyillaridan biri – barcha jarayonlar va mahsulotlarni mahalliy qonunchilik talablariga to‘liq muvofiq bo‘lishidadir.


O‘ta muhim bosqich – narx shakllantirilishi. Har qanday zo‘r innovatsiyaviy va noyob mahsulot avvalo raqobatbardosh bo‘lishi lozim. Bunda narx eng asosiy omil bo‘ladi. Biz turli ko‘rinishdagi, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlardan tashkil topuvchi mahsulotning bo‘lajak narxini diqqat bilan hisoblab chiqamiz. Taxminiy sotuv hajmini hisoblaymiz, o‘sish dinamikasi, mahsulot hayot sikli, kerakli investitsiyalar va o‘zini qoplash muddatlarini inobatga olamiz.Shundan keyin bo‘lajak mahsulotning manzarasi

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish