Logografik, ieroglifik va mixsimon yozuv Logografik, ieroglifik va mixsimon yozuv - Xitoy yozuvi dunyodagi noyob yozuvlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi foydalanadigan yozuvlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr ierogliflariga va SHumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu yozuv o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma`noni bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma`noni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |