Fargona davlat universiteti


Yuqori malaka sportchilarda tinch holatda o’rtacha yurak urish soni



Download 53,46 Kb.
bet3/5
Sana25.06.2021
Hajmi53,46 Kb.
#101439
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sport faoliyatida organizmda yuzaga keladigan xolatlarning fiziologik ahamiyati

Yuqori malaka sportchilarda tinch holatda o’rtacha yurak urish soni

Sport sohasi


Tinch holatda 1 min. yurak urish soni (chastotasi)


Uzoq masofaga yugurish


45

Velosport

44

Cyzish

49

Voleybol

51

Qisqa masofaga yugurish

53

Futbol

55

Kurash

58

Og’ir atletika

61

Sport bilan shug’ullanmaydiganlarda

67




Turli xil da rajada mashq qilgan sportchilarning yurak o’lchamlari

Tekshiriluvchilar


Yurak ko’ndalang kesimining tana massasiga nisbatan (sm/kg .10)


Mashq


qilmaganlar

-

1,91

Sprinterlar, sakrovchilar


1,75



O’rta masofaga yuguruvchilar


1,88

2,03

Stayerlar


2,00

2,27

Marafonchilar


2,17



-

Shuni ta’kidlash kerakki, yurak-qon tomir tizimini jismoniy mashqlar bilan shug’ullanib chiniqtirish asta-sekin olib borilishi zarur. Chiniqishning boshlanishida jismoniy mashqlar hajmi kam bo’lib, asta-sekin ko’paytirilishi kerak. Har bir odam bajaradigan mashqining hajmi, ya’ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, harakat tezligi uning yoshini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog’ligini e’tiborga olgan holda belgilanish kerak. Aks holda yurak zo’riqishi natijasida har xil kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun jismoniy mashqlar bilan chiniqishga ahd qilgan odam shifokor bilan ish ko’rishi lozim.Jismoniy mehnat uchun kerakli energiya organik moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo’ladi.Shuning uchun jismoniy mehnat vaqtida organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji keskin ortadi. Kislorodning qon orqali tashilishi sababli ish paytida faol a’zolarning qon bilan ta’minlanishi (skelet mushaklari, yurak) oshishi kerak. Bu asab va gumoral yo’llar bilan boshqariladigan yurak-tomir tizimi faoliyatining kuchayishi va shu bilan birga kislorod ehtiyojini qoniqtirish natijasida amalga oshiriladi. To’qimalarni qon bilan ta’minlash jarayoni ishdan oldinroq boshlanadi. Bo’lajak jismoniy ish haqida kishining fikrlashi, yurakga tayyorgarligi, ular faoliyatining bajariladigan ishga nisbatan o’zgarishi reflektor yo’li orqali yuzaga chiqadi. Bunday funksional qayta qurish bosh miya yarim sharlari po’stlog’i va gipotalamusdan kelayotgan asab impulslari orqali o’tadi bu faoliyatning asosida tashqi va ichki muhitdan ta’sir ko’rsatuvchi turli ta’sirlovchilarga javoban shartsiz va shartli reflekslar mexanizmlari yotibdi.Jismoniy ishga tayyorgarlik vaqtida simpatik asabning markazlari qo’zg’aladi, buyrak usti bezining faoliyati oshib, yurak faoliyatini kuchaytiradi, qonni qayta taqsimlash jarayoninin o’zgartiradi va arterial qon bosimi oshadi. Organizmning bu reaksiyalari jismoniy ish uchun tayyorgarlik davri bo’lib, skelet mushaklari yurak va o’pka qon aylanishini kuchaytiradi.Ishning boshida qon aylanishi boshqariluvchida qo’shimcha reflektor, gumoral va jismoniy omillar ishga solinadi. Bosh miya po’stlog’i tomonidan harakat apparatiga asab impulslari yuboriladi, shu bilan birga vegetativ asab tizimi o’z ta’sirini o’tkazadi. Buning natijasida, simpatik asab markazlari qo’zg’aluvchanligi yanada ham oshadi, parasimpatik asab markazlar qo’zg’aluvchanligi esa keskin susayadi. Shu vaqtning o’zida ishlovchi mushaklar arteriyalari va kapillyarlani kengayadi, hozirgacha mehnat jarayoniga jalb bo’lmagan katta va kichik qon tomirlari ishga solinadi, ya’ni mahalliy qon aylanish jarayoni to’liq ishga solinadi. Biroq, ishlovchi mushaklar qon tomirlarining kengayishi bilan bir qatorda qorin bo’shlig’ida joylashgan va mehnat jarayonida passiv ishtirok etadigan a’zolar qon tomirlari torayadi.Jismoniy mehnat vaqtida yurak mushagi qisqarib yurak-qon tomir faoliyatining mehnati vaqtidagi o’zgarishi reflektor yo’l bilan amalga oshiriladi, asab impulslari harakat apparatining proprioreseptorlari va xemoreseptorlaridan kelib, qon va boshqa to’qimalarda hosil bo’lgan turish moddalar borligidan xabar beradi.Jismoniy mehnat vaqtida yurak mushagi qisqarish qobiliyati oshgani sababli yurakning sistolik qon hajmi ortadi. Shiddatli jismoniy mehnat natijasida sistolik qon hajmi bir daqiqada 120-140 ml, yurak qisqarish tezligi 200 gacha va undan ham ko’proqqa yetadi. Daqiqalik qonning mushaklarga quyilishi 25 gacha oshadi.Tashqi muhit harorati odam organizmiga muntazam ta’sir ko’rsatatib turadi. Odam o’zi yashaydigan muhit haroratiga moslashib turadi. Buning natijasida organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan energiyaning tashqariga ajratiladigan qismining miqdori tashqi muhit haroratiga qarab o’zgaradi. Shu bilan organizm issiq va sovuq sharoitda tana harakatini doimiy ravishda saqlab turadi.Issiq vaqtda yurak faoliyati kuchayadi. Bu sharoitda tana harorati 37,3-37,6 0S ko’tarilsa, yurakning bir daqiqalik urushi 20 martaga ortadi. Bu isib ketishning birinchi darajasi deyiladi. Organizm isishi davom etib, harorat 37,3-38,4 0S ga yetsa yurak urushi tezligi bir daqiqada 120 tani tashkil qiladi. Bu isib ketishning ikkinchi darajasi deyiladi.Tana harorati 38,6-40,6 0S ko’tarilsa, yurak urushi bir daqiqada 160 chamasida bo’ladi, bu isib ketishning uchinchi darajasi deyiladi.Issiqlikning birinchi darajasi arterial qon bosimiga ta’sir qilmaydi, ikkinchi darajada sistolik bosimi ko’tarilishi mumkin, uchinchi daraja esa arterial qon bosimini keskin pasaytirib yuboradi. Bu holat issiq urushining asosiy belgisidir. Arterial bosimning pasayishi qon tomirlarning asosan teri tomirlarining kengayishiga bog’liq.

Mu’tadil haroratda teridan bir daqiqada oqib o’tgan qonning umumiy hajmi 200-500 ml bo’lsa, issiqda 2,5-3 l juda yuqori haroratda 8 l ga yetadi va yurakdan chiqqan qonning 50-70% ini tashkil qiladi.Ma’lumki, teri tomirlari kengaygan bir vaqtda ichki a’zolar tomirlari torayadi. Bu o’zgarishlarni reflektor mahalliy va gumoral boshqarish mexanizmlari yuzaga chiqaradi.Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari topayadi va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa yuzlari oqaradi, biroq qaltiraydi va sovuq sezadi. Lekin organizm haroratining doimiyligi saqlanib qoladi. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan odamlar uchun sovqotish ancha xavfli, chunki sovuq sharoitda tanada qon aylanishi ta’minlash uchun yurak-me’yorga nisbatan ko’p ish bajarishga majbur bo’ladi va u zo’riqadi.Tashqi muhit omillarining noqulay o’zgarishlari yurak-tomir faoliyatiga ta’sir etadi. Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining ichki bo’shliqlaridagi bosimi o’rtasida tavofut paydo bo’lishi tabiiy holatdir.Bunday vaqtda ayniqsa gipertoniya, bod va yurakning boshqa kasalliklari bilan xastalangan odamlarda bosh og’rigi, bo’g’imlarda, yurakda o’g’riq seziladi. Arterial qon bosimi ko’tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko’tarilgan kesa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon qo’yilishi mumkin. Buning natijasida qo’l-oyoqlar shol bo’lib, qolishi, odam gapirish qobiliyatini yuqotishi mumkin.Balandlikka ko’tarilganda atmosfera bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam tanasining bo’shliqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland tog’ sharoitida chiniqmagan odamlarda tog’ kasalligi deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Bu kasallik quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: odamning boshi aylanadi va og’riydi, ko’ngli ayniydi, yuragi tez uradi, tana harorati ko’tariladi.Ayrim hollarda burundan, o’pkadan, oshqozon va ichaklardan qon kelishi mumkin.Atmosferaning namligi odam organizmiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Odamning yashashi va ish faoliyati uchun havoning namligi va harorati ma’lum bir muvozanatda bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy nomligi 40-45%, harorati +18-200 bo’lishi odam organzmi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.Havo quruq bo’lsa, arterial qon bosimi ortadi. Shuning uchun qon bosimi bor odamlar bunday sharoitda o’zini yomon his qiladi. Havo namligi ortganda bod kasalligi xuruj qiladi. Kasal odamning bo’g’inlari, boshi og’riydi, uyqu bosadi, kayfiyati pasayadi, oyoq qo’llarida og’riq paydo bo’ladi, yurak urushi tezlashadi. Bu o’zgarishlar natijasida organizmning ish faoliyati pasayadi. Hozirgi kunda iqlim omillarining odam organizmiga ta’sirini o’rganadigan tabiat klimatologiyasi fani rivojlanmoqda.





Download 53,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish