Terminologiya
2020-yil 11-fevralda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ushbu kasallikka o’zining rasmiy nomini berdi — COVID-19
Kasallikni keltirib chiqaradigan virus esa boshqacha nomlanadi — SARS-CoV-2. Ushbu nom virusning 2003 yilda Xitoyda o’tkir respirator sindromning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan SARS-CoV virusiga o’xshashligi sababli berilgan. Shu bilan birga, ko’pincha «COVID-19 virusi», «COVID-19 koronavirus infektsiyasi» yoki «COVID-19 chaqiruvchi virusi» atamalari ishlatiladi. Biroq, kasallikning nomi virusning nomi emas va Xalqaro taksonomiya bo’yicha Qo’mita tomonidan berilgan SARS-CoV-2 nomini almashtirishga mo’ljallanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |