Differentsial tashxis
COVID-19 kasalligini alomatlariga ko’ra, boshqa o’tkir respiratorli infektsiyalardan, xususan, umumiy shamollash va boshqa O’RVI`lardan ajratib bo’lmaydi. COVID-19`da rivojlanadigan pnevmoniya boshqa qo’zg’atuvchilar tomonidan chaqiriladigan pnevmoniyadan klinik farqlanmaydi. Tashxis qo’yishning asosiy kaliti bu bemorning sayohatlar qilgani yoki boshqa kasallanganlar bilan aloqada bo’lganligi tarixi. Guruhli pnevmoniya holatlarida, ayniqsa harbiy xizmatchilarda adenovirus yoki mikoplazma infektsiyalari shubha qilinishi mumkin.
Boshqa infektsiyalarni ma’lum patogenlarni test orqali istisno etish orqali chiqarib tashlash mumkin, xususan:
Bakterial pnevmoniyani qon yoki balg’am ekish orqali;
Boshqa virusli infektsiyalarni teskari transkripsiya bilan polimerazali zanjirli reaktsiyasi orqali.
Ekspress testlar grippni tashxislashda yordam beradi, ammo ularning salbiy natija berishi grippni istisno qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |