Farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi



Download 28,32 Kb.
Sana21.07.2021
Hajmi28,32 Kb.
#125047
Bog'liq
Jahon tarixi TOPSHIRILGAN


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

Tarix fakulteti tarix yo’nalishi

II bosqich 19,74-guruh talabasi

Asqaraliyev Abrorning

Jahon tarixi fanidan

MUSTAQIL ISHI

XI-XV asrlarda Pireneya yarim oroli davlatlari. Rekonkista.

Reja:


Kirish.

1. Arablarning Ispaniyadagi hokimyati.

2. Rekonkistaning asosiy bosqichlari.

3. XIII – XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlar.

Xulosa.

Kirish.


Ispaniya rekonkistasining mohiyati. Ispan xalqining arablar bilan uzoq davom etgan, ko’p asrlik kurashi Ispaniya davlatining tashkil topishida juda katta rol o’ynadi. Pireneya yarimorolining arablardan qaytarib olinishi tarixiy adabiyotlarda rekonkista deb nom olgan. Ispan xalqlarining arab-mavrlarga qarshi olib brogan ozodlik kurashi bo’lgan keng ma’nodagi rekonkista VIII asrdan boshlab, arablar yarim orolni istilo qilganlaridan keyinoq, ya’ni VIII asrdan to XV asr oxirigacha davom etdi. XV asr oxirida arablarning Ispaniyadagi so’nggi yirik mulki hisoblangan Granada qo’ldan boy berildi. Eng tor ma’noda rekonkista so’zidan odatda XI – XIII asrlar davri tushiniladi. XI –XIII asrlar davrida ispan xalqlari zo’r berib yarim orloning janubiga tomon siljib boradilar.

Arablarning Ispaniyadagi hokimyati.



X asr boshlarida arablarning Ispaniyada hukmronligi kuchli edi, bu vaqtda Kordova amirligi Kordova xalifaligiga aylangan edi. Ispan arablariga – mavrlariga Pireneya yarim orolidan tashqari, yana qo’shni Shimoliy Afrikadagi ko’p sonli barbar qabilalari ham bo’ysunar edi. Arablar davrida Pireneya yarim orolida ishlab chiqaruvchi kuchlar zo’r berib rivojlangan edi. Sharqning yuksak madaniyati bilan bog’langan arablar Ispaniyada sun’iy sug’orish sistemasini keng qo’lladilar. Ular Pireneya yarim orolida bir qancha yangi va qimmatli qishloq xo’jaligi ekinlarini joriy qildilar. Ular orasida sholi, shaker qamish, tut daraxti, apelsin, limon va boshqa ekinlar bor edi. Arablar davrida turli xildagi hunarmandchilik ham juda yuksalgan edi. Metall, charm, jun, ipak, shisha va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yuksak darajada rivojlangan edi. Kordova xalifaligi Shimoliy Afrika orqli Sharqdagi butun musulmon mamlakatlari bilan savdo – sotiq aloqalarini bog’lagan edi. Ispan arablari Yevropaning turli mamlakatlari bilan, ayniqsa qo’shni Fransiya va Italiya bilan, shuningdek Vizantiya bilan ham qizg’in savdo-sotiq olib borganlar. Qisman rimliklar davrida mavjud bo’lgan, vestgotlar davrida bir muncha rivojlangan Ispaniya shaharlari arablar davriga kelib yirik sanoat markaziga aylanadi. Ular orasida Andaluziya shaharlari va Ispaniyaning janubidagi: Kordova, Seviliya, Granada, Valensiya shaharlari ayniqsa ajralib turadi. Xalifalikning poytaxti bo’lgan Kordova Shahari – XI asrda Yevropaning eng yirik shahari hisoblanardi. Kordovaning qariyb 500 ming aholisi bor edi. Ispaniyada hozirgacha saqlanib qolgan arab arxitekturasining eng yirik yodgorliklari – Kordova masjidi, Granadagi Al-Hamro saroyi, Seviliyadagi Alqasar qasri Ispaniyada arab madaniyati yuksak madaniyat bo’lganligidan dalolat beradi. Ammo ispan-arab jamiyati tipik feudal jamiyat bo’lgan. Yirik shaharlar bilan bir qatorda yarim orolning ichki qismida mahalliy knyazliklarning xo’jalik mustaqilligini saqlab qolishda davom etdi. Bu hol xalifalikning siyosiy jihatdan taraqqiy ettirishida ham aks etdi. XI asr o’rtalarida xalifalik qisman yirik, qisman mayda feodal davlatlardan iborat bo’lgan 23 bo’lakka bo’linib ketdi. Ayni zamonda Ispaniyadagi arab feodalizmi mahalliy aholi uchun g’oyatda og’ir bo’ldi, vaqt o’tishi bilan feudal ekspluatatsiyasini tobora ko’proq quladi, buning yoniga kuchayib boruvchi milliy zulm va huquq jihatdan tengsizlik qo’shildi, xristian aholisini zo’rlab musulmon diniga o’tkazishdek qo’pol diniy musulmon fanatizmi avj oldi. Xalifalikdagi aholining katta qismi arab bo’lmagan xalqlar edi. Mavrlar nisbatan ozchilikni tashkil tashkil etardilar. Pireneya yarim orolining istilo qilingan xalqlari garchi qisman arab tilini o’rganib olgan, ba’zilari xatto musulmon dinini qabul qilgan bo’lsalarda, lekin bari bir ular mavrlarga kelgindi istilochilar va zolimlar deb qarardilar. Tabiiyki, ular yarim orolda istilo etilmay qolgan va Pireneya yarim orlolining shimol va shimoli-sharqdagi tog’li oblastlardan janubga tomon sta-sekin hujum boshlagan qismini qo’llab-quvvatlar edilar. Vestgod davlatining sobiq poytaxti bo’lgan Toledo shahari arablarga sira bo’ysunmagan. IX –XI asrlar davomida Toledo shahari aholisi Kordova xalifaligiga qarshi bir necha bor qo’zg’olon qildi. Shimolda Asturiya, Navarra va Ispan markasi hududlari arablar tomonidan istilo qilinmagan edi. Yarim orolning sharqdagi Ispan markasini bir vaqtlar Karl Bukj istilo etgan edi. Mavrlarga hujum ham huddi ana shu hududdan boshlandi. Rekonkista bundan buyon keng milliy-ozodlik harakatiga aylanib, unda tarkib topayotgan ispan xalqining turli sinflari: feodallar ham, shaharliklar ham, dehqonlar ham qatnashdilar. Rekonkista ispan xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti shart – sharoitlari taqazosi bilan kelib chiqqan zaruriy jarayon edi. Tog’ toshlarga surib chiqarilgan, dehqonchilik uchun zarur bo’lgan yer maydonlardan mahrum etilgan, O’rta dengizdan kesib qo’yilgan ispanlar bir zamonlar o’z ota-bobolari istiqomat qilib, keyin arablar tomonidan istilo etilgan va siqib chiqarilgan janubga tomon siljib borishlari kerak edi, yoki bo’lmasa, o’z ishlab chiqaruvchi kuchlarining bundan buyongi yeyishdan va o’z millatlarining ravnaq topishidan voz kechishlari lozim edi. Arablar ispan xalqini ana shunday siquvlar orasida qoldirgan edi. Bunday sharoitda rekonkistaning bo’lishi muqarrar edi.

Rekonkistaning asosiy bosqichlari.



Rekonkistaning asosiy bosqichlari quyidagichadir. Asturiya qirolligi VIII – IX asrlarda yarim orolning butun shimoliga va shimoli-g’arbiga o’z ta’sirini yoydi. X asr boshlarida asturiyaliklar janubga ham siljib boradilar, Leon shahri esa ularning asosiy markazi bo’lib qoldi va butun Asturiya qirolligi Leon nomi bilan Leon qirolligi deb atala boshladi. X asrning ikkinchi yarmida – XI asr boshlarida Leon janubgacha kengayib, Duero daryosi xavzasigacha cho’zilib ketadi. Bu yerda juda ko’p qasrlar-qal’alar burglari bo’lgan chegara hudud tashkil topadi. Ana shu qasrlar nomidan olinib yangi mamlakat Kastiliya deb ataldi. Burgos shahari Kastiliyaning asosiy shahari hisoblanardi. 1037-yilda Leon qiroli Kastiliyaning ham qiroli deb atala boshladi. XI asrning ikkinchi yarmida Kastiliyaliklar Taho daryosi havzasini bosib oldilar. 1085-yili qirol Alfons VI Toledo shahrini istilo qildi. Bu yangidan istilo qilingan hudud, ya’ni Taho havzasi Yangi Kastiliya deb atala boshlandi. Biroq XI asrda Yangi Kastiliyaning ahvoli hali ancha nomustahkam edi. 1086-yili Alfons VI ning o’zi Zallak shahriga yaqin joyda arablardan qattiq zarba yedi. Shimoli-sharqda joylashgan Navarra qirolligi IX asrda juda katta ahamiyatga ega edi. IX asr oxirida Ispaniya markasidan yangi mustaqil mulk, Aragon grafligi ajralib chiqib, so’ng XI asrda qirollikka aylandi. 1118-yili aragonliklar arablardan Saragosa shaharini tortib olib, uni Aragonning poytaxti qildilar. 1137-yili Aragon Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispaniya markasi bu davrda Kataloniya yoki Barselona grafligi degan yangi nom bilan yurardi. Yarim orolning g’arbida Portugaliya janubga tomon cho’zilib ketgandi. Dastlab bu ham graflik edi (taxminan 1095 yillarda tashkil topgan edi), 1116-yilga kelib u ham qirollik bo’lib oldi. Portugaliyaning poytaxti avval Oporto shahri, 1147-yildan Lissabon shahri poytaxt bo’ladi. Leon qiroli hokimyatidan xalos bo’lgan Portugaliya qiroli Rim papasiga qaram bo’lib qoladi. Aslida qaramlik nomigagina bo’lib aslida boshqacha edi. Shunday qilib, XII asr boshlariga kelib Pireneya yarim orolida uning taxminan yarmini egallagan to’rtta xristian davlati: Kastiliya, Navarra, Aragon va Portugaliya bor edi. XI asr oxiri va butun XII asr rekonkistaning avjiga chiqqan davri edi. Sharqdagi salib yurishlari singari Pireneya yarim orolida mavrlar bilan olib borilgan kurashg ham muqaddas urush tusi berilgan edi. Xristianlar bilan musulmonlar ilgarigi paytlarda diniy masalada bir birlari bilan ishlari bo’lmasdi, rekonkista jarayonida ular bir-birlariga fanatiklarcha nafrat ko’zi bilan qaraydigan bo’ldilar. Mavrlar Shimoliy afrikaliklarni, barbarlarni va boshqa musulmon qabilalarni o’zlariga yordamga chaqirdilar. 1086-yili Ispaniyaga G’arbiy Sahroyi Kabirdan almuraviylar, 1125-yili Atlas tog’laridan (Sharqiy Morokkoda) almug’alar keldilar. Ispaniyaliklarga yordamga Fransiya, Angliya, Germaniya va Italiyadan ritsarlar kelishdi. Sharqdagi singari, Ispaniyada ham mavrlar bilan kurashish uchun bir qancha maxsus diniy – ritsarlik ordenlari Sant-Yago, Alkantara va Kalatrava ordenlari barpo etildi. XII asr mobaynida kastiliyaliklar arablar Andalusiyasiga bir necha marta bostirib kirib, uni payxon qildilar. 1212-yili Las Navas de Tolos yonida har ikkala tomon o’rtasida eng katta hal qiluvchi jang bo’ldi. Bu jangda (Kastiliya, Navarra va Aragon qirollari ittifoqchilar sifatida birgalikda urush qildilar. Barbarlar, negrlar va Shimoli-G’arbiy Afrikaning boshqa ko’pgina qabilalari mavrlar tomonida turib jang qildilar) Arablar qattiq mag’lubiyatga uchrab, o’zlarini barcha boy lagerlarini g’oliblarga o’lja sifatida qoldirib chiqib ketdilar.

Shundan keyin Kastiliya tez orada Andalusiya bilan Mursiyani egalladi. 1236-yili u Kordovani, 1248-yili Seviliyani qo’lga kiritdi. 30- va 40-yillarda, Aragon Valensiyani va Balear orollarini bosib oldi. Portugaliya janubgatomon to Gvadiana daryosi havzasigacha siljib bordi. Mavrlar ixtiyorida birgina Granada qirolligi saqlanib qoldi. Granada qirolligi mustaqil davlat sifatida uzoq vaqt, ya’ni 1492-yilgacha yashab keldi.

XIII – XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlar.

Navarra va Portugaliya. Yarim oroldagi to’rtta xristian davlatlaridan Navarra va Portugaliya alohida-alohida rivojlandilar. Navarrada fransuzlar ta’siri juda kuchli edi. Atrofni tog’lar o’rab olgan bu kichik mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi sekinlik bilan bordi. Shu sababli XIII – XV asrlar davomida Navarra, umuman, katta rol yo’q.

Atlantika okeani sohili bo’ylab uzun tor poloea bo’lib joylashgan Portugaliya jadalroq rivojlandi. XV asrga kelganda Portugaliya katta dengiz flotiga ega bo’lgan savdo-sotiq qiladigan mamlakatga aylandi. Yarim oroldagi mavrlar bilan olib borilgan kurash uni Shimoliy Afrikadagi arablar bilan urushlar qilishga tortdi. Portugaliyaliklarning Shimoliy Afrikadagi mulki bo’lmish Seuta portugaliyaliklarning XV asrdagi geografik kashfiyotlarida katta rol o’ynadi. O’rta dengiz sohilidagi mamlakatlar Angliya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar bilan zo’r berib olib borilgan tashqi savdo-sotiq aloqalari Portugaliyani Pireneya yarim orolidagi boshqa davlatlardan ajratib qo’ydi. Rekonkista Portugaliyani qo’shni Kastiliya bilan bog’lashi lozimdek ko’rinsada, lekin Portugaliya o’zining mustaqilligini saqlab qoldi.

Aragon federatsiyasi. Aragon Pireneya yarim orolida kichik bir hududni egallagan edi. Ammo O’rta dengizda uning ko’pdan – ko’p mulklari: Sitsiliya, Sardiniya, Neapol qirolligi, Balear orollari bor edi. Kastiliyaga qaraganda Aragon katta dengiz davlati edi. Lekin bu yerda qirol hokimyati zaif edi. Shaharlarning zaif o’sganligidan dvoryanlar butun hokimyatni o’z qo’llarida saqlab qolgandilar. Aragon dehqonlari eng og’ir krepostnoy qaramlikda yashaganlar. Aragon feodallari o’z krepostnoylariga xatto o’lim jazosi berish huquqiga ham ega edi. Ko’proq feodallardan iborat bo’lgan Aragon korteslari qirolni to’la nazorat qilardi, korteslar dam olgan paytlarda qirolning ishlarini kuzatib boorish uchun ,,deputatsiya” nomli alohida komissiya belgilab qo’yilardi. Aragon dvoryanlarini maxsus saylab qo’yiladigan sudya, Buyuk xustisiya sud qilardi. Uni o’rnidan bekor qilishga qirolning haqqi yo’q edi. Dvoryanlar qirolga qarshi urush e’lon qilib, u bilan urush olib borar va chet el fuqaroligiga o’tib keta olardilar. Aragon zodogonlarining erkinligini ,,Uniya imtiyozlari” (1287 y) degan alohida qonunda yozib qo’yilgan edi.



Kastiliya qirolligi. Kastiliya va Aragon Pireneya yarim orolining ikkita asosiy davlati bo’lib, ular yagona qirollikka birlashdilar. Bu birlashgan davlatlarning o’rta asrlar davridagi tarixi o’zining bir qancha xususiyatlariga ega edilar. Yarim orolning deyarli beshdan uch qismi uning xissasiga to’g’ri kelardi. Rekonkistada ham Kastiliya eng aktiv qatnashgan edi. Kastiliya tili keyinchalik ispan milliy adabiy tiliga asos bo’ldi. O’rta asrlar davridagi Kastiliyaning ijtimoiy tuzumi o’ziga xos ko’pgina xususiyatlarga ega edi. Dvoryanlar ham Kastiliyada katta ta’sirga ega edi. Rekonkista dvoryanlarning ertaroq toifa bo’lib tarkib topishida va bevosita qirol bilan aloqa o’rnatishga yordam berdi. Kastiliyada katolik cherkovi ham juda katta ta’sirga ega bo’lib, rekonkista natijasida katolik cherkovi ko’p yer - mulk oldi. Kastiliyada rekonkistaning butun og’irligini o’z zimmasiga olgan o’nlab erkin shahar-kommunalar bor edi. Hunarmandlar va mayda savdogarlardan iborat bo’lgan shaharliklar butun asrlar davomida muntazam xarbiy xizmat o’tadilar. Kastiliya shaharlari shaharlarning alohida harbiy ittifoqlariga – ermandilarga birlashdilar. Kastiliya dehqonlari ham rekonkistada juda aktiv qatnashganliklari uchun krepostnoy qaramlikdan ertaroq xalos bo’ldilar. Kastiliya feodallari dehqonlar bilan hisoblashishga va ularga jiddiy yon berishga majbur bo’ldilar. Kastiliyada shahar va qishloq jamoalarining siyosiy ahamiyati Kastiliyada umumtoifa vakilligi, ya’ni korteslarning ertaroq vujudga kelishida ochiq oydin namoyon bo’ldi. Korteslar o’z faoliyatini 1188-yildayoq boshlagan edi, shu bilan birga uchinchi toifa vakillari sostaviga shaharliklar bilan birga dehqonlarning ba’zi bir vakilllari kirgan edi. Kastiliyada qirol hokimyati shaharlarga tayanib turib, XIII asrdayoq o’z obro’-e’tiborini kuchaytirishga harakat qildi va yirik feodallar bilan qattiq kurash olib bordi. XIII asrning ikkinchi yarmida qirol Alfons X (1252-1284) qonunlar to’plami (,,Yetti qism”)ni chiqardi. Bu qonunlar to’plami Rim huquqi g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lib, o’rta asr Yevropasidagi qonunlarining birinchi umumlashtiruvchi to’plami edi. XV asr o’rtalariga kelganda Kastiliyadagi qirol hokimyati erishgan yutuqlar, umuman olganda hali u qadar katta emas edi. Korteslarning qo’llab-quvvatlashiga qaramay, qirollar qudratli grandlarning kuch-qudratiga shikast yetkaza olmadilar. XIV va XV asrlarda korteslarning o’zi onda-sonda yig’iladigan bo’lib qoldi. XV asrning ikkinchi yarmida qirol Genrix IV davrida Kastiliyada qirol hokimyati nochor ahvolga kelib qoldi. Zodogonlar qirolning singlisi Izabellani taxt vorisligiga qo’ymoqchi bo’ldilar. Kelajakda uni o’zlariga rom etib, undan itoatli qirolicha sifatida foydalanmoqchi bo’ldilar. Keyingi o’rta asrlarda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi quruqlikdagi Kastiliya va O’rta dengizdagi Aragonning birlashishini zaruriy vazifa qilib qo’ydi. Kastiliyada va Aragonda keskinlashgan sinfiy kurash, shuningdek, rekonkistaning tamom bo’lmaganligi har ikkala mamlakat feodallarini ikki qirollikni yagona Ispaniya davlatiga birlashtirish to’g’risida bir bitimga kelishga majbur etdi. Ikkala qo’shni davlat o’rtasidagi ittifoq nikoh yo’li bilan amalga oshirildi. Malika Izabella 1469-yili shahzoda Ferdinand Aragonekiyga turmushga chiqdi. 1474-yili Ferdinand Aragon taxtiga o’tirdi. Birlashgan ikkala mamlakatning har biri oldingi qonunlari, urf-odatlari va alohida-alohida korteslarini saqlab qoldi. Shunday qilib, mamlakatni boshqarish ikki xil tusda qolaverdi. Lekin yagona Ispaniyani vujudga keltirish uchun poydevor yaratildi. Kastiliya ham, Aragon ham qirol hokimyati mustahkamlana boshladi. Birlashish Ferdinand bilan Izabellaning ichki va tashqi siyosatlarida ijobiy aks etdi.

Xulosa.


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki XI – XV asrlar Pireneya yarim oroli davlatlari uchun shiddatli kurash davri bo’ldi. Bu davlatlar arablar hukmronligidan ozod bo’lish uchun yagona kuch bo’lib birlashgan bo’lsalar-da, ammo keying davrlarda ular azaro tarqoqlashib bordi. Lekin shunday bo’lsa-da rekonkista Pireneya yarim orolidagi davlatlariga ularning rivojlanishi uchun katta imkoniyat yaratib berdi. Shu o’rinda Kastiliya va Aragon qirolligining birlashganligi butun Ispaniyani birlashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi. Birlashgan qirollik 1492-yili Granadani, 1512-yili Navarrani o’ziga qo’shib olishi bilan Portugaliyadan tashqari barcha Pireneya yarim oroli yagona Ispaniya davlatiga birlashdi. Kolumbning sayohatlari Ispaniya uchun Yangi Dunyodagi juda ko’p mustamlakalarni bosib olish imkonini yaratib berdi. Aynan Buyuk geografik kashfiyotlar Ispaniya va Portugaliyaning mustamlaka tizimini yaratib berdi va bu davlatlarning iqtisodiy o’sishi uchun ko’mak bo’ldi. Ferdinand va Izabella Ispaniyani Yevropaning eng yirik davlatlari bilan siyosiy ittifoqlar bog’lashiga sababchi bo’lgan muhim dinastiya nikohlarini amalga oshirdilar. Ularning to’ng’ich qizi Yekatrina Tyudorlar xonadoniga mansub bo’lgan ingliz shahzodasiga turmushga chiqdi. Kichik malika Xuana Gabsburglarning astrogerman xonadoniga mansub shahzodalarning biriga turmushga chiqdi. Shu tarzda Ispaniya Yevropa xalqaro siyosatining muhim omili bo’lib bordi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.V.F.Semyonov ,,O’rta asrlar tarixi”. O’qituvchi; Toshkent-1973.

2.T.O’.Salimov ,,Jahon tarixi”. Universitet; Toshkent-2014.

3. E.Qosimov, E.Nuriddinov, R.Mulladjanova, F.Ismatullayev,

N.Rasulova, Sh.Zokirov, A.Abduazimov, T.Ponomaryova,



M.Nasriddinova ,,Jahon tarixi”. Toshkent-2013.


Download 28,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish