Farg’ona davlat universiteti Pedagogika kafedrasi 5A 110901- pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bitiruvchi magistranti
Farg’ona davlat universiteti Pedagogika kafedrasi 5A 110901- Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bitiruvchi magistranti Ziyayeva Shoira Raximberdievnaning “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
ILMIY RAHBAR XULOSASI
Ziyayeva Shoira Raximberdievnaning “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslari” mavzusida yozgan magistrlik disseitatsiya ishi tugallangan ish sifatida himoyaga taqdim etildi.
Tadqiqot ishi mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyati bugungi kun lalabiga to’la mos keladi. Bu ishning natijalarini ta’lim jarayonida qo'llash mumkin.
Dissertatsiya kirish, uchta bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat.
Dissertatsiya ishining birinchi bobi ““Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati va tasnifiy xususiyatlari” – deb nomlanib” –unda mavzuning mazmun- mohiyati, mavjud holati va dolzarb muammolari yoritilgan.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish” –deb nomlanib, unda mazkur mavzuning pedagogik shart – sharoitlari asoslab berilgan.
Uchinchi bob “Tajriba –sinov ishlari” – deb nomlanib, unda xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimining rivojlanganlik darajalarini samaradorligi aniqlangan.
Dissertatsiya ishining mazmuni va uning afzallik tomonlari: Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish orqali bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatiga tayyorlash tizimi takomilastirish mumkin degan xulosaga kelindi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha tavsiyaar ishlab chiqigan. Mazkur tavsiyalarni ta’limga tadbiq qilish orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Dissertatsiya ishinida foydalanilgan adabiyotlarning o ’rni: Mazkur magistrlik dissertatsiyasini bajarish jarayonida elikdan ortiq ilmiy manbalarga murojaat qilingan.
Xulosa va takliflarning ochiqligi va dalillarning asoslanganligi: Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari ishlab chiqilgan Undan ta’lim jarayonida samarali foydalanish texnologiyasi yoritilgan.
Ishdagi kamchiliklar: Mazkur magistrlik dissertatsiyasida ayrim orfografik va stilistik hatolar mavjud. Biroq ular ishning mazmuniga salbi) ta'sir qilmaydi.
Ziyayeva Shoira Raximberdievnaning “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslari” mavzusida yozgan magistrlik disseitatsiya ishi pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun qo’yilgan barcha talablarga javob beradi. Magistrant tomonidan bajarilgan bu ish tugaliangan deb hisoblayman. Keltirilgan tavsiyalarni ta’lim jarayonida qo'llasa bo'ladi. Ziyayeva Shoira Raximberdievna tomonidan bajarilgan bu ishni himoyaga tavsiya qilish mumkin.
Ilmiy rahbar: p.f.d., professor T.Egamberdieva