Chin hukmda buyum belgisi va munosabati xaqidagi fikr voqe'likda buyum belgisi va munosabati qanday bo’lsa, xuddi shunday olinadi. Masalan, Antarktida okeandir – chin hukm. Agar voqe'likdagi buyumlarga xos xususiyat va munosabat xos emas deb, xos emas xossa va munosabat xos deb olinsa, unda hukm albatta xato bo’ladi.
Masalan, Antarktida okean emas va Antarktida dengizdir – xato hukmlar hisoblanadi.
Tafakkur til bilan bog’liq bo’lganligi sababli hukm gap bilan bog’liq. hukm va gap aynan bir xil emas. hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriya hisoblanadi. Barcha gaplar ham hukmni ifodalamaydi. So’roq, undov va buyruq gaplar asosan hukmni ifodalamaydi. Ba'zi so’roq gaplar (so’roq - ritorik) gaplar hukmni ifodalaydi. Masalan, “Onani kim sevmaydi?” so’roq gapi “Onani hamma sevadi” ma'nosidagi darak gap o’rnida ham kelishi mumkin. So’roq gaplarning asosiy maqsadi javob olishdir.
So’roq gapdagi «nima bo’ldi:?» so’rog’i «nimadir bo’lganligi» hukmini ifodalaydi. Bunday holat bo’lmaganda edi, so’roq ham ma'nosiz fikrga aylanar edi. Shuning uchun har bir so’roq gapda ikki bo’lak, birinchisida boshlang’ich xabar «nimadir bo’lganligi» va ikkinchisida aynan “qaysi hodisa bo’lganligi” haqidagi savol spetsifikasini tashkil etuvchi muaammo mavjud. Shunga o’xshash holat undov gaplarda ham mavjuddir. So’roq gapdagi «nima bo’ldi:?» so’rog’i «nimadir bo’lganligi» hukmini ifodalaydi. Bunday holat bo’lmaganda edi, so’roq ham ma'nosiz fikrga aylanar edi. Shuning uchun har bir so’roq gapda ikki bo’lak, birinchisida boshlang’ich xabar «nimadir bo’lganligi» va ikkinchisida aynan “qaysi hodisa bo’lganligi” haqidagi savol spetsifikasini tashkil etuvchi muaammo mavjud. Shunga o’xshash holat undov gaplarda ham mavjuddir. Shuning uchun bitta gap turli xil hukmlarni ifodalashi mumkin. Bundan tashqari hukm bilan gapning tarkibi bir-biridan farq qiladi. Gapda ega va kesim bir yoki bir necha so’z yordamida ifodalanadi. Shuning uchun gapda ega va kesimdan tashqari, boshqa bo’laklar aniqlovchi, to’ldiruvchi kabi bo’laklar ishtirok etishi mumkin, shunga qarab gapnig strukturasi o’zgarib turadi. hukm tarkibi qat'iy bo’lib, sub'ekt, predikat va ularni munosabatini aniqlovchi bog’lovchidan iborat bo’ladi. - Shuning uchun bitta gap turli xil hukmlarni ifodalashi mumkin. Bundan tashqari hukm bilan gapning tarkibi bir-biridan farq qiladi. Gapda ega va kesim bir yoki bir necha so’z yordamida ifodalanadi. Shuning uchun gapda ega va kesimdan tashqari, boshqa bo’laklar aniqlovchi, to’ldiruvchi kabi bo’laklar ishtirok etishi mumkin, shunga qarab gapnig strukturasi o’zgarib turadi. hukm tarkibi qat'iy bo’lib, sub'ekt, predikat va ularni munosabatini aniqlovchi bog’lovchidan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |