Farg’ona Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Mehmonxonada sifatni boshqarishning konseptual modeli



Download 38,47 Kb.
bet4/4
Sana23.01.2021
Hajmi38,47 Kb.
#56328
1   2   3   4
Bog'liq
Diyorbek Xalimov

3.Mehmonxonada sifatni boshqarishning konseptual modeli.
Birinchi  tizim  xodimlarni  tanlab  olish  va  ularni  o‘qitib-o‘rgatish  bilan  
shug‘ullanadi.  Mehmonxonalar  xodimlarni  o‘qitib o‘rgatishga  katta  mablag‘lar sarflaydi.   
Xodimlarning  kasbiy  layoqati  xizmatlar  sifatini  boshqarishda  juda  muhim 
ahamiyatga  ega.  Mehmonxona  ma’muriyati  xodimlar  yuqori  sifatli   xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur malaka va bilimga ega bo‘lishlari haqida  muttasil qayg‘urishi  kerak.  
Ikkinchi tizim – xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimi.  
Mehmonxona korxonalarining omilkor rahbarlari iste’molchining 
mehmonxonaga  munosabati  xodimlarning  kayfiyatiga  ko‘p  jihatdan  bog‘liq  deb hisoblaydilar. Ular ichki marketing faoliyatini olib boradilar va yuqori  sifatli xizmat ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantiradilar. Xizmatlarning  rahbarlari xodimlarning o‘z ishidan qanoatlanish darajasini muttasil kuzatib  borishlari kerak.  Agar  mehmonxona  rahbariyati  xodimlarga  hayotiy   muammolarini  hal  qilishga  yordam bersa, ularning o‘z ishidan qanoatlanganlik darajasi oshadi. 
Uchinchi  tizim  –  mehmonxonada  sifat  ustidan  nazorat  va  xizmatlar   ko‘rsatish jarayonini  standartlashtirish  tizimi.  Odatda  mehmonxona   ma’muriyati  xizmatlar ko‘rsatish taomillari ro‘yxatini sxema ko‘rinishida ishlab chiqadi.  
Biroq,  ortiqcha  standartlashtirish  ko‘rsatiladigan  xizmatni   qashshoqlashtirishini nazarda tutish kerak. Xizmatni konveyerga qo‘yishga  yoki harajatlarni kamaytirishga bo‘lgan urinishlar mehmonxonaning rentabelligini qisqa muddatga oshirishi mumkin. 
Ayni  vaqtda,  bunday  harakatlar  mehmonxonaning  uzoq  muddatli   istiqbolda yangixizmatlarni  o‘z  faoliyatiga  joriy  etish,  shuningdek   xizmatlar  ko‘rsatishning yuqori  darajasini  saqlab  qolish,  mijozlarning   o‘zgaruvchi  talablari  va  istaklariga moslashish qobiliyatini susaytiradi.  
To‘rtinchi tizim – mehnat unumdorligini nazorat qilish tizimi.  
Mehmonxona rahbariyati kam harajatlar bilan  mehnat unumdorligini  oshirishga harakat qilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun odatda quyidagi usullar qo‘llanadi: 
Xodimlarning kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirish. 
Sifatga ziyon yetkazmasdan, ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini ko‘paytirish. 
Xizmatlar ishlab chiqarish texnik ta’minotini yaxshilash. 
Xizmat ko‘rsatishda inson mehnati harajatlarini kamaytiruvchi yangiishlovlar va ixtirolarni amalga joriy etish. 
Xizmat  ko‘rsatishni  tabaqalashtirish  –  mijoz  umid  qiluvchi  asosiy   xizmatlar to‘plamiga ikkilamchi (qo‘shimcha) xizmatlar to‘plamini ishlab chiqish. 
Mijozlarni o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga da’vat etish (restoranda shved stoli). 
Mehnat  unumdorligining  o‘sishiga  turtki  beruvchi  yangitexnologiyalarni 
qo‘llash. 
Beshinchi  tizim  –  shikoyat  va  takliflarni  tahlil  qilish,  mijozlarni  o‘rganish, 
raqiblarning  xizmatlari  sifatini  o‘z  xizmatlari  sifatiga  solishtirish  tizimi   yordamida mijozlarning ko‘rsatilgan xizmatlardan qanoatlanganlik darajasini  nazorat qilish.  
Mijozlarning  shikoyatlaridan  raqiblar  oldida  muayyan  ustunlikka  erishish 
manbai  sifatida  foydalanuvchi  mehmonxonalar  mazkur  ustunlikni  boy   bermaslik 
uchun  shikoyatlarga  ishlov  berishning  oqilona  mexanizmini  yaratadilar.   Shikoyatlar 
ishni  takomillashtirish  yo‘llarini  ko‘rsatadi,  norozi  mijozni  qanoatlantirish  imkonini beradi.  
O‘tkazilgan tadqiqotlar namunali mehmonxona strategik rejalashtirish tizimining 
mavjudligi,  rahbariyatning  xizmatlar  sifatini  oshirishga  intilishi,  xizmat   ko‘rsatish standartlarining  yuqoriligi,  xizmatlar  ko‘rsatilishi  ustidan  nazorat  tizimi, iste’molchilarning shikoyatlarini qondirish tizimining mavjudligi bilan  
tavsiflanishini  ko‘rsatdi.  Bunda  xodimlarga  va  haridorlarning   qanoatlanganlik darajasiga alohida e’tibor beriladi.
Xulosa
Xizmat  ko‘rsatish  sifatini  oshirish  dasturi  mehmonxonaning  barcha   bo‘limlari faoliyatini  o‘z  ichiga  oladi.  Korxonada  sifatni  yalpi   boshqarishning  mufassal taomilini  tavsiflash  mazkur  dasturning  vazifasiga  kirmaydi.  Biroq,  mehmonxonada xizmat  ko‘rsatish  sifatini  oshirish  uchun,  ishlab  chiqiladigan  dastur  5  asosiy prinsipni o‘z ichiga olishi lozim.  
1. Oqilona  rahbarlik.  Mehmonxona rahbariyati korxonaning  vazifalari va  uning kelgusida rivojlanishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Ammo shuning o‘zi kifoya emas. Rahbarlar bu tasavvurni qo‘l ostidagi xodimlarga yetkazishlari va ularni bunga  ishontira  olishlari  ham  kerak.  Yaxshi  rahbarlar   xizmatchilarni  ishontirish orqali sifatli xizmat ko‘rsatishga erishishni asosiy maqsad deb biladilar. 
2.  Mehmonxonaning  barcha  bo‘limlariga  marketing  yondashuvini  joriy   etish. Marketing  konsepsiyasi  uni  butun  tashkilotga  to‘la  joriy  etishni   nazarda  tutadi. Mehmonxonada  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatish  bo‘yicha   marketing  funksiyalarini bajarish faqat marketing bo‘limi xodimlarining  vazifasi emasligini doim yodda tutish zarur.  Mazkur  bo‘limdan  tashqari,   marketing  unsurlari  mehmonxonadagi  har  bir  bo‘lim ishida mavjud bo‘lishi kerak.  
3. Mijozlarning talab va ehtiyojlarini tushunish. Mijozlar sifatni juda yaxshi  his qiladilar.  Yuqori  sifatli  xizmat  ko‘rsatadigan  mehmonxona  bozor  o‘zidan  nimani talab  qilishini  yaxshi  biladi.  Mehmonxona  taklif  qiluvchi   xizmat  muayyan  bozorga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.  
4.  Mehmonxona  biznesining  maqsadlari  va  vazifalarini  tushunish.   Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish butun mehmonxona jamoasi uyushqoqlik  bilan , bahamjihat ishlashini  taqozo  etadi.  O‘z  ishi  butun  jamoa   faoliyatining  natijasiga  ta’sir ko‘rsatishini  har  bir  bo‘lim  xizmatchilari   yaxshi  tushunishlari  kerak.  Ayrim mehmonxonalarda xodimlarga  chaparasta xizmat ko‘rsatish o‘rgatiladi, ya’ni xodim har  xil  ishlarni  bajaradi.  Bu  xodimga  turdosh  kasblarni  o‘zlashtirish  va  boshqa ixtisosliklar  bo‘yicha ishlarning mohiyatini tushunib yetish imkonini beradi.  
5.  Ishda  asosiy  tashkiliy  prinsiplarni  qo‘llash.  Mehmonxona  ishi  yaxshi 
rejalashtirilishi  va  oqilona  boshqarilishi  lozim.  Bu  ish  boshqarish   konsepsiyasining loyihasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Boshqarish shunday tashkil etilishi kerakki,mehmonxonada  xizmat  ko‘rsatish  mijoz  o‘zi   tanlagan  mehmonxona  segmentida muayyan  naf  ko‘rishini  ta’minlasin.   Bunda  mehmonxona  xodimlarini  boshqaruv axboroti  bilan    ta’minlovchi   tizimlar  tashkil  etilishi  lozim.   Mazkur tizimlar xodimlarni  yollash  va  ularni  o‘qitib-o‘rgatish,  xizmatlarni  harid  qilish  taomillari, 
boshqaruv  axboroti  tizimi,  nomerlarni  bronlashtirish  tizimi,  mehmonxona 
uskunalariga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  tizimi,  sifatni  nazorat  qilish,   ta’minot tizimlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Sifatli  xizmat  ko‘rsatish   ta’minlanuvchi mehmonxonalarda operatsion jarayonlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi.  

Foydalanilgan adabiyotlar:

 www.tripadvisor.ru

Mirzayеv Q.J., Musayеv B.Sh. Mеhmonxona xo’jaligi mеnеjmеnti. - Samarqand, 2010. –25 b

 Xoliqulov A.N. “Mеhmonxonalarda sеrvis sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlari (Samarqand mеhmonxonalari misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissеrtatsiyasi avtorеfеrati. – Samarqand, SamISI, 2011. – 10 b

Mirzaеv Q.J., Musaеv B.Sh. Mеhmonxona xo’jaligi mеnеjmеnti. - Samarqand, 2010. – 29 b

Xoliqulov A.N. “Mеhmonxonalarda sеrvis sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlari (Samarqand mеhmonxonalari misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissеrtatsiyasi avtorеfеrati. – Samarqand, SamISI, 2011. – 28 b

Xoliqulov A.N. “Mеhmonxonalarda sеrvis sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlari (Samarqand mеhmonxonalari misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissеrtatsiyasi avtorеfеrati. – Samarqand, SamISI, 2011. – 28 b




Download 38,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish