Fargona davlat universiteti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Kurs ishining tarkibi va mazmunini yoritish qoidalari



Download 46,07 Kb.
bet6/10
Sana21.05.2022
Hajmi46,07 Kb.
#605500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Makroiqtisodiyot-kurs ishi услубий курсатма

Kurs ishining tarkibi va mazmunini yoritish qoidalari


“Iqtisodiyot” kafedrasi “Makroiqtisodiyot” fanidan talabalar tomonidan tayyorlanadigan kurs ishiga qo’yiladigan majburiy talablarni belgilaydi va bu talablarni talabalar e’tiboriga etkazadi. Kurs ishini tayyorlash jarayonida savollar bo’yicha ayrim o’zgarishlar kiritilishi mumkin. Kurs ishi kirish, reja, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’ladi.
Kurs ishini mazmuniga ko’ra savollar bir-biridan farq qilishi va bir-birini mantiqiy bog’lashi talab etiladi. Kurs ishini umumiy hajmi qo’lyozmada 3600 so’zdan oshmasligi tavsiya etiladi.
Har bir savol o’rganilayotgan muammoning echimini ochib beruvchi asosiy natijalardan iborat xulosalar bilan yakunlash tavsiya etiladi.
1-jadval

Kurs ishlar tarkibi





Kurs ish tarkibi

Yoritiladigan asosiy masalalar

Tavsiya
etilayotgan hajmi, bet

Mundarija




1

Kirish

Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ob’ekti va predmeti, amaliy ahamiyati va ishning tarkibiy
tuzilishi

4-5

I. Bob

Mavzuning nazariy asoslarini bayon etuvchi savollar

8-10

II. Bob

Mavzuning hozirgi holati tahlilidan kelib chiquvchi savollar

10-12

III Bob

Mavzu bo’yicha ilgari surilayotgan asosiy g’oyalar, tajribalar

8-10




va mavjud tizimni takomillashtirish yo’nalishlari bo’yicha
talaba tomonidan ilgari surilayotgan savollar turkumi




Xulosa

Tadqiqot mavzusi yakunlari bo’yicha xulosalar va takliflar

4-5

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, mavzu bo’yicha maxsus adabiyotlar, ilmiy ishlar, maqolalar, yo’riqnomalar, statistik
ma’lumotlar manbalari

2-3

Ilovalar

Mavzuga tegishli bo’lgan har qanday qo’shimcha statistik ma’lumotlar, jadvallar, chizmalar, diagrammalar, me’yoriy
hujjatlardan ko’chirmalar va boshqalar

4-5

Kurs ishining kirish qismida hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xukm surayotgan davrdagi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, inqirozga qarshi Davlat dasturi talablari va mamlakat iqtisodiy siyosatining istiqbolli yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda tanlangan mavzuning dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, mavzuning o’rganilganlik darajasi, maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ob’ekti va predmeti va ishning tarkibiy tuzilishi mazmunan yoritiladi.


Maqsad va vazifalar kurs ishining asosiy mazmunini aks ettirish va qanday vazifalarni echishga yo’naltirilganini ko’rsatib berishi lozim.
Birinchi bobda kurs ishining nazariy asoslari bayon etilib, mavzuning ilmiy va uslubiy jihatlariga qaratiladi. Bunda hozirgi davrda bu mavzuga bo’lgan nazariy yondoshuvlar, masalaning mohiyati, muammoni echishning asosiy omillari va talabaning ilmiy, nazariy qarashlariga bo’lgan munosabati bildiriladi.
Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, alohida savollarda mavzuga oid muayyan uslubiy masalalarni ham ko’rib chiqish foydadan xoli emas. Albatta, talaba uchun mavzuning nazariy va uslubiy jihatlarini ishlab chiqish og’ir. Ammo, mavzuda ko’rib chiqilayotgan masalalarni echimiga oid ilmiy-uslubiy yondoshuvlar va ularning samaradorligini baholash mezonlariga umumiy baho berib ketish mumkin.
Ikkinchi bobda odatda muayyan mavzu bo’yicha o’rganilayotgan muammoning umumiy holatini tahlil etishga bag’ishlanadi. O’rganilayotgan ob’ektning tashkiliy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil etish etarlicha chuqur va maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi, masalaga oid haqiqiy ma’lumotlarga asoslanishi lozim. Ishda korxonaning oxirgi 3-5 yillik ma’lumotlari tahlili asos qilib olinishi lozim.
Savollarning yoritilishi korxonaga oid umumiy ma’lumotlar va uning tabiiy-ishlab chiqarish sharoitlarini tahlil etish bilan boshlanadi. Korxonaning hajmi, ishlab chiqarish salohiyati, ixtisoslashuvi, mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi kabi bir qator ko’rsatkichlarni tahlil etishda ularning real tabiiy va ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq holda ochib berish maqsadga muvofiq. Bunda keyingi yillarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda yuz bergan o’zgarishlar, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, hozirgi kunda mavjud kamchilik va muammolar hamda ularni keltirib chiqargan sabablarga keng o’rin berish lozim.
Tahlillar olib borilgan ob’ekt misolida ilmiy mavzu tahliliy-hisoblar, jadvallar, diagrammalar, grafiklar va chizmalar orqali ochib beriladi.
Uchinchi bobda muallif tahlillar asosida mavzuni takomillashtirish bo’yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi, ilgari surilayotgan takliflar amaliy jihatdan asoslanadi.
Eslatma: Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, zaruriy me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan, ishlab chiqarishni tashkil etish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan qurollangan, xo‘jalik yuritish tizimlari bilan yaqindan tanish bo‘lsagina ilmiy asoslangan xulosa va takliflar bera olishi mumkin.
Xulosa va takliflar kurs ishining mazmuni bayon etilishini yakunlaydi. Unda talaba olib borgan ilmiy izlanishlarning natijalari umumlashtiriladi. Xulosa va takliflar aniq, qisqa va tushunarli tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid masalalarni o’zida aks ettirishi lozim.

Xulosa va takliflar kurs ishining kirish qismida yoritilgan maqsad va vazifalarga to’liq mos kelishi hamda ish oldiga qo’yilgan vazifalar qanday echilganini ko’rsatishi lozim. Takliflar aniq natijalarga, tajribalarga asoslangan holda ko’rsatib berilishi, zaruriy hisob-kitoblar va ma’lumotlar bilan mustahkamlanishi maqsadga muvofiq.


Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish. Adabiyotlar ro’yxati kurs ishining oxirgi qismida keltiriladi va adabiyotlar qa’iy tarzda quyidagi tartibda berilishi lozim.
1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 2.O’zbekision Respublikasining Qonunlari.

  1. Prezident farmonlari va xukumat qarorlari.

  2. O’zbekiston Respublikasini Prezidenti SH. Mirziyoevning asarlari.

  3. Ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalar va boshqa adabiyotlar (alfavit tartibiga ko’ra).

  4. Ilmiy maqolalar.

  5. Yo’riqnomalar, turli akt materiallari va boshqalar.

  6. Statistik to’plam materiallar, korxona hujjatlari va materiallari.

Adabiyotlar ro’yxatida kurs ishi jarayonida foydalanilgan barcha ma’lumotlarning manbalari ko’rsatilishi lozim.
Zarur hollarda adabiyotlar keltirilgan iqtiboslarning manbasi albatta o’sha betda ko’rsatilishi, shu jumladan jadval yoki sxema manbasi ham o’sha betda ko’rsatib borilishi lozim. Agar jadval yoki chizma muallif tomonidan tayyorlangan bo’lsa, qaysi manbadan foydalanib tayyorlanganligi ham ta’kidlab o’tiladi.
Kurs ishini bajaruvchi talaba ish jarayonida ko’rib chiqqan lekin kurs ishi uchun ishlatilmagan, maxsus materiallar yoki faqat xizmat bo’yicha foydalanish uchun chop etilgan materiallar ro’yxatini ko’rsatmaydi.
Adabiyotlar ro’yxatida quyidagilar ko’rsatilishi shart:

  • muallifning ismi-sharifi, adabiyotning nomi, chop etilgan manzili, nashriyotdan chiqqan yili va foydalanilgan saxifalari.

  • ro’znoma va oynomalardagi maqolalar ham adabiyotlar singari rasmiylashtirilib, unda muallifning ismi-sharifi, ro’znoma yoki oynamaning nomi, raqami, sanasi va foydalanilgan betlari ko’rsatiladi.


Download 46,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish