O‘q-dorilar bilan ishlash davomida quyidagilar taqiqlanadi:
— o‘q-dorilarning qumga, moyga va olovga tegishi;
— belgilanmagan joylarda o‘q-dorilarni saqlash;
— o‘q-dorilarni o‘zga shaxslarga berish, ularni ut ochishni to‘xtatish marralarida va mashg‘ulotlar o‘tkazilgan joylarda qoldirish;
— o‘q-dorilarni qismlarga ajratish, ulardan poroxni olib, olovga tashlash;
- o‘q-dorilarni magazin sumkalarida va kiyim-kechak chuntaklarida qoldirish.
2-modul: Motoo‘qchi guruhining zirxli texnika qurollari.
Mavzu 9. Motoo‘qchi guruh o‘q otishini boshqarish (6 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). Motoo‘qchi bo‘linmani otishini boshqarish.
Otishni boshqarish asoslari, ta’rifi va mohiyati. Jangda otishni boshqarish bo‘yicha bajariladigan asosiy tadbirlar. Kunduzi va tunda turli vaziyatlarda jang olib borishda otishni boshqarishni usullari va yo‘llari.
Motoo‘qchi seksiyasini mudofaaada va hujumda otishini boshqarish. O‘t otish tizimini tashkillashtirish bo‘yicha seksiya komandirining ishi: jang maydonini kuzatish, otish istehkomlarini jihozlash, kunduzi va tunda otish uchun dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash. Otish kartochkasini tuzish.
Otishni boshqarish bo‘yicha mashqlar (vazifalar) yechish.
Mashg‘ulot 2 (2/2-soat, amaliy). Motoo‘qchi guruhini otishini boshqarish.
Motoo‘qchi guruhni mudofaaada va hujumda otishini boshqarish. Guruhni o‘t otish tizimini tashkillashtirish bo‘yicha komandirning ishi. Guruh o‘t otishini boshqarishning ko‘rinish cheklangan sharoitlarda, shaharda, tog‘larda, o‘rmonlarda va cho‘l hududlarida o‘ziga xos xususiyatlari. Uzoq masofaga otishni olib borish.
Kunduzi va tunda mudofaaa va hujum jangini olib borishda guruhni otishini boshqarish bo‘yicha mashqlar bajarish.
JANG OLIB BORISHNING TURLI SHAROITLARIDA, KUNDUZI VA TUNDA O‘Q OTISHNI BOSHQARISH USULLARI
1.Guruxni umumqo‘shin jang turlarida boshqarish.
Otish asoslari o‘q otishda yuz beradigan jarayonlarni tushunish va o‘q otishning usul va qoidalarini nazariy xolatlarini o‘z ichiga oladi.
Otish qoidalari o‘q otishni tayyorlash va uni olib borishning asosiy xolat va yo‘llanmalarini o‘z ichiga oladi. Ulardan otish vazifalarini ishonchli tarzda, oz vaqt va kam o‘q-dori ishlatilgan xolda bajarish uchun ‘ar-xil sharoitlarda turli nishonlarga qarata o‘t ochishda foydalaniladi.
O‘t ochish tayyorgarligi - bu shaxsiy tarkibni jangda o‘ziga biriktirilgan qurollardan turli nishonlarni yakson qilishga o‘qitishdir. O‘t ochish tayyorgarligi qurollarning tarkibiy qismlarini, otishning asos, usul va qoidalarini, qo‘l granatalarini uloqtirishning usul va qoidalarini, nishonlarni razvedka qilish usullari va ulargacha bo‘lgan masofani aniqlashni, shuningdek, o‘q otishni o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |