Farg‘ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti,,fizika“ yo‘nalishi


Yorug’liikning majburiy sochilishi



Download 385,14 Kb.
bet3/7
Sana13.07.2022
Hajmi385,14 Kb.
#787490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Optika kurs ishi. Karimov Umidjon-2(6)

1.2 Yorug’liikning majburiy sochilishi.
Moddaga intensivligi uncha katta bo’lmagan odatdagi yorug’lik tushayotgan bo’lsa yorug’likning spontan sochilishi ro`y beradi. Bu sochilish modda zarralari: elektron, atom, molekula, molekulyar komplekslar va boshqa tuzilmalar harakatining yorug’lik maydoni ta’sirida o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi. Sochilish intensivligi tushayotgan yorug’lik intensivligidan juda kichik qismini, taxminan 10-8- 10-6 qismini tashkil qiladi. Tushayotgan yorug’lik intensivligi oshsa sochilish intensivligi ham oshib boradi. Ammo tushuvchi yorug’lik intensivligi juda katta bo’lganda, bu yorug’lik to’lqinini damlash to’lqini deb yuritiladi, yorug’lik yutilishida klassik qonunlardan chetlanish kuzatiladi, muhitning chiziqli bo’lmagan hususiyati namoyon bo’ladi. Yorug’likning majburiy sochilishi yuz beradi. Endi faqat damlash to’lqini ta’sirida emas, balki sochilayotgan yorug’lik to’lqini ta’sirida muhit zarralari harakatining o’zgarishi natijasida ham yorug’lik sochiladi. Muhit zarralariga damlash to’lqini chastotasi wH, sochilgan yorug’lik chastotasi , w1 bu chastotalar farqiga teng bo’lgan-muhit zarralarining hususiy tebranish chastotasi -da tebranayotgan kuchlar ta’sir qiladi va zarralar tebranishining rezonans uyg’onishiga olib keladi. Rezonans tebranish amplitudasining oshib ketishi yorug’lik sochilishini yanada kuchaytiradi, bu o’z navbatida zarrachalar tebranishini kuchaytiradi. Chunki endi sochilishga sabab bo’lgan zarrachalar tebranishini tushuvchi nur bilan sochilgan ikkilamchi nur tebranishlari birgalikda uyg’otayapdi, sochilishning intensivligi damlash to’lqini intensivligiga tenglasha borishi zarrachalar tebranishini kuchaytira boradi. Shunday qilib, sochilgan yorug’likning o’zi yorug’lik sochilishini kuchaytiradi, zarralarni yorug’lik sochishiga majbur qiladi. Shu sababli bu sochilishni majburiy yorug’lik sochidlishi deb ataladi.
Majburiy sochilish paytida sochilgan nur muhitdan chiqib ketsa spontan sochilishdagi kabi kogerent bo’lmaydi. Sochuvchi muhit optik rezonator ichiga kiritilgan bo’lsa, sochilgan nurning rezonator kuzgularidan ko’p marta qaytishi natijasida sochilgan chastotali nur juda kuchaygan kogerent nurlanishga aylanadi. Albatta, bu xildagi majburiy nurlanish damlash nurining ma’lum bir chegaraviy qiymatidan (buni porog, ya’ni busag’a qiymati ham deyiladi) keyin boshlanadi. Kuchaygan majburiy sochilish hisobidan hosil bo’lgan bu kogerent nurlanish yo’nalishi rezonatorning yasalishi va hossalari bilan belgilanadi. Damlash nuri va sochilish nuri intensivliklari juda katta bo’lganidan majburiy sochilishdan boshqa nochiziqli optik va akustik hodisalar ham yuz berishi mumkin.
Yorug’likning majburiy sochilishiga misol qilib quyidagi nochiziqli hodisalarini ko’rsatish mumkin: majburiy kombinasion sochilish, majburiy Mandelshtam-Brillyuen sochilishi, Reley chizig’i qanotining majburiy sochilishi, majburiy entropiyali sochilish, majburiy temperaturali sochilish, majmburiy konsentratsiyali sochilish, molekulalarning aylanma tebranish majburiy sochilishi, siljish to’lqinlaridan majburiy sochilish, spin to’lqinlaridan majburiy sochilish, sirtdagi to’lqinlardan majburiy sochilish va hakozolar. Yorug’likning majburiy sochilishlarining hammasi uchun ikkita umumiylik borligini hisobga olish kerak: birinchidan, tushayotgan damlash yorug’lik to’lqini muhitning nochiziqligi hisobiga muhit ichida intensiv kogerent ichki tebranishlarni hosil qiladi, bu zarralarning tebranishlari, akustik to’lqinlar va hakozolar bo’lishi mumkin; ikkinchidan, o’z navbatida bu ichki kogerent to’lqinlar yorug’likning yanada kuchli sochilishiga sabab bo’ladi. Bu ikki jarayon, yorug’likning muhitga, muhitning yorug’likka ta’siri bir vaqtda bir-biriga bog’langan holda sodir bo’ladi.
Yorug’likning majburiy sochilish hodisasidagi jarayonlar chiziqli bo’lmagan optikaning, bir qarashda bir-biriga hech a’loqasi bo’lmagan, ko’plab hodisalarning asosini tashkil etadi. Shu sababli majburiy sochilishni o’rganish yorug’lik va moddaning o’zaro ta’sirini tadqiq etish ishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Yorug’likning majburiy sochilishi yorug’likni parametrik generasiya qilishiga uxshaydi.
Kritik opalessensiya. Juda muhim bo’lgan bir xususiy holda bir jinlilikning buzilishiga olib keladigan sababni M.Smoluxovskiy ko’rsatib berdi.
Gaz yoki suyuqlikning kritik temperaturasida yorug’lik intinsiv ravishda sochilishi ko’pdan beri ma’lum edi. Somoluxovskiy kritik temperaturada muhitning siqiluvchamligi juda kata ekanligiga diqqat qildi. Bunday sharoitda kichikroq hajmlar o’rtacha zichlikdan sezilarli chetlanishlar paydo bo’lishi mumkin., chunki siqiluvchanlik katta bo’lishi issiqlik harakati kichik hajmlarda zichlik fluktatsiyalari yuzga keltirishga qodir ekanligini bildiradi. Optik birjinslilikning buning oqibatida bo’ladigan buzilishi yorug’likning ko’p sochilishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib Somoluxovskiy kritik opalessensiya hodisasini izohlab berdi.
b) Yorug’likning suyuqlik sirtida sochilishi. Hajmda bo’ladigan sochilishga o’xshagan hodisalar suyuqlik sirtida ham bo’lishi mumkin.
Suyuqlikning tinch sirti ko’zguga o’xshaydi, unga tushayotgan yorug’lik ma’lum bir yo’nalishda tekis qaytadi. Biroq yorug’lik sirti ma’lum bir sababdan g’adir- budur bo’lib qolsa, yorug’likning bir muncha qismi chetga tarqoq holda sochiladi.
Suyuqlikning tekis sirti, umuman aytganda, molekulyar harakat tufayli muttasil “buzilib” turishi kerak. va bu notekisliklar to’lqin uzunligiga yaqin bo’lib qolganda yorug’lik tekis qaytmay, suyuqlik sirti xira bo’lib qoladi.
Biroq odatdagi sharoitlarda bu g’adir- budirlik kam bo’ladi., sabab sirt taranglik kuchlari.
Ikki suyuqlik chegarasida bu kapilyar kuchlar odatda suyuqlik bilan gaz orasidagi chegaradagidan kichik bo’ladi. Bu kuchlar aralashishning kritik temperaturasi yaqinida ayniqsa kichik bo’ladi. Haqiqatan ham, bu holda yorug’lik chegaradan Frenel qonunlari bo’yicha qaytibgina qolmay, balki hamma tomonga intinsiv ravishda sochiladi. Yaxshi sharoitlarda molekulyar ga’dir-budurliklar shunchalik katta bo’ladiki, bunda yorug’lik katta burchak ostida tushganda ham tekis qaytmaydi; tekis qaytishning yo’qolishito’lqin uzunligi kichik bo’lgan yorug’likda kuzatish oson, xira sirtlarda shunday bo’lishi kerak edi
c) Yorug’likning toza moddada molekulyar sochilishi. Yorug’likning toza moddada molekulyar sochilishi sababini Somoluxovskiy ko’rsatib bergan bo’lib, quyidagidan iborat: muhit molekulalarining issiqlik harakati statistik harakterda bo’lgani sababli muhitda zichlik fluktatsiyalari sodir bo’ladi.
Zichlikning Δρ fluktuatsiyasi sindirish ko’rsatkichining Δn fluktuatsiyasiga yoki dielektrik singdiruvchanlikning Δε fluktuatsiyasigasabab bo’ladi, bular esa aslida optik bir jislimasliklardan iborat.
Bu holda sochilgan yorug’likning intinsivligi optic bir jinslimaslik bilan aniqlanadi. Sochilgan yorug’likning intinsivligi Δε ning ishorasiga bog’liq bo’lmagani uchun intinsivlik ga proporsional bo’ladi.

Download 385,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish