Molekulyar massa - Molekulyar massa — kimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S atom massasining ‘/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar atom massasi larining yigʻindisi.
- Baʼzan maʼlum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanadi. Mas, havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat boʻlsa ham, uning oʻrtacha mol. m. bor.
Molekulyar massa - Havoning hisoblab topilgan oʻrtacha mol. m. 29 ga teng . Mol. m. — moddaning asosiy tavsiflaridan biri. U, shuningdek, polimer moddalarning xossalarini belgilovchi asosiy omildir. Mol. m., asosan, bugʻning zichligini oʻlchash orqali, osmotik bosim orqali (Vant—Goff krnuni asosida), bugʻ bosimining tushishi, eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash temperaturasi pasayishi (krioskopiya) yoki kaynash temperaturasi koʻtarilishini (ebuli-oskopiya) oʻlchash orqali topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |