Farg’ona davlat universiteti fizika –matematika fakulteti amaliy matematika yo’nalishi 20. 07-guruh talabalasi aligavhar raxmonovning axborot



Download 103,56 Kb.
Sana23.02.2022
Hajmi103,56 Kb.
#144903
Bog'liq
27.04.2021 Aligavhar Raxmonov

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA –MATEMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI 20.07-GURUH TALABALASI ALIGAVHAR RAXMONOVNING AXBOROT


SOATI FANIDAN YOZGAN IJODIY ISHI.


Муҳаммад Али (1942)

Муҳаммад Али (Аҳмедов Муҳаммадали) 1942 йил 1 мартда Андижон вилоятининг Бўз туманида туғилган. Ўзбекистон халқ ёзувчиси (1992). Москвадаги М. Горький номидаги Адабиёт институтини тугатган (1966). «Фазодаги ҳислар» (1967), «Шафақ» (1968), «Оталар юрти» (1970), «Достонлар» (1974), «Оқ нур» (1977), «Илҳом париси» (1980), «Сен бир гулсан» (1989), «Она дуоси» (1994) ва бошқа шеърий асарлар муаллифи.«Улуғ салтанат» (2 китоб, 1999) тарихий романи ҳам бор. «Сарбадорлар» (1989) роман-дилогияси адибнинг насрдаги дастлабки асари. «Боқий дунё» (1981) шеърий романи Жиззах қўзғолони воқеаларига бағишланган.«Рамаяна» (1978), қорақалпоқ эпослари «Шаҳриёр» (1977), «Маспошшо» (1985), шунингдек, Р. Бёрнс, У. Табидзе, Байрон ва бошқа ёзувчиларнинг асарларини ўзбек тилига таржима қилган. Бердақ номидаги Қоракалпоғистон Республикаси Давлат мукофоти лауреати (1984), «Меҳнат шуҳрати» ордени билан мукофотланган (1999).
Atoqli oʻzbek shoiri, adib, tarjimon va olim Muhammad Ali 1942 yilning 1 martida Andijon viloyatining Boʻz tumanidagi Beshkal qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1959 yil Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Navoiy nomidagi oʻrta maktabni bitirdi. Moskvada Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida tahsil oldi (1960–1966). Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda muharrir (1967), boʻlim mudiri, bosh muharrir (1982), Oʻzbekiston televideniyesida bosh muharrir (1985), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarjima markazi raisi (1989), Oʻzbekiston Milliy universitetida kafedra mudiri (1994), “Oltin meros” jamgʻarmasi raisi (1999), Xalqaro Amir Temur fondi raisi(2003) boʻlib ishladi. 2013 yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida ishlamoqda.
Muhammad Ali XX asrning 50-yillari oxirida adabiyotga kirib keldi. Uning ilk sheʼri oʻn besh yoshida 1957 yil 17 fevralda hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida bosilgan.
Adibning 40 dan ortiq kitobi chop etilgan. Bular orasida “Fazodagi hislar”
(1967), “Shafaq” (1968), “Otalar yurti” (1970), “Oq nur” (1977), “Ilhom parisi”
(1980), “Sevsam, sevilsam”(1983), “Vechniʼy mir” (roman v stixax, 1984),
“Saz” (rus tilida, 1984), “Sen bir gulsan” (1989), “Ona duosi” (1994),
“Saylanma” (1997) “Men oʻzim, oʻzim”(2011) sheʼriy kitoblari alohida ajralib turadi.
Adib ijodida “Mashrab” (1966), “Gumbazdagi nur” (1967), “Beshgul” (1969), “Oshiqlar ertagi” (1975) dostonlari, “Boqiy dunyo” (1979) sheʼriy romani salmoqli oʻrin egallaydi. “Sarbadorlar” (1989) roman-dilogiyasi, “Ulugʻ saltanat” epopeyasi ‒ “Jahongir Mirzo” (2003), “Umarshayx Mirzo” (2006), “Mironshoh Mirzo” (2010), “Shohruh Mirzo” (2013), “Abadiy sogʻinchlar” (2005) romanxronikasi oʻquvchilarning sevimli asarlariga aylangan. “Ulugʻbek Mirzoning soʻnggi kuni” (2001), “Masposhsho va Oyparcha” (2002), “Hindiyona afsona” (2006), “Navoiy va Boyqaro”(2015) pyesalari ham adib qalamiga mansubdir.
Muhammad Ali bolalar uchun ham ijod qiladi. Uning “Ninachi haqida ertak” (1976), “Uch oltin gʻisht”(2015) kitoblari nashr etilgan.
Muhammad Alining “Oʻz-oʻzingni anglab yet” (1988), “Haqiqatdan chekinma, tarix!” (1990), “Qafasdagi bulbullar” (1996), “Amir Temur chamani”(2003), “Amir Temur va Yildirim Boyazid”(2007), “Tarix saboqlaridan xulosalar chiqarib yashaylik”(2014) nomli esselarida tariximizning dolzarb masalalari haqida bahs yuritadi. “Oshiq boʻlmay, Haq diydorin koʻrsa boʻlmas” (1992), “Men koʻrgan Amerika” (2000), “Amir Temur chamani” (2006), “Zamondoshim portretiga chizgilar”(2012,) “Oq laylak”(2015) kabi publitsistik ruhdagi kitoblari oʻquvchilar tomonidan qizgʻin kutib olindi.
Oʻzbek adabiyotida Sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi, uning xalqimiz suyadigan obrazlar qatoriga koʻtarilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. Ijod yoʻlining boshidayoq bu mavzuga tabu qoʻyilganiga qaramay, adib jasorat koʻrgizib, Amir Temur haqida sheʼrlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan “Gumbazdagi nur” dostonini yaratdi, maqola va esselarini eʼlon qildi. “Sarbadorlar”(1989) roman=dilogiyasida hali mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib prozada Amir Temur siymosini tasvirlab berdi, soʻng dadillik bilan “Ulugʻ saltanat” tarixiy epopeyasini yaratishga kirishdi va bu borada yigirma yil mehnat qildi. Epopeyada oʻzbek xalqining XIV asrdagi turmush-hayoti tasvirlanarkan, tarixiy hodisalar oqimida Amir Temur obrazining tadrijiy oʻsib borishi, uning xarakteridagi adolatparvarlik, halollik, mardlik va vatanparvarlik fazilatlari koʻrsatib berilgan.
Adib “Tanlangan asarlar”ining hozirgacha 3 jildi bosilib chiqdi(2011–2016).
Badiiy tarjimada ham adib faollardan hisoblanadi. Hind eposi “Ramayana”
(1978), qoraqalpoq eposlari “Shahriyor” (1977), “Masposhsho” (1985), shuningdek, Hoqoniy, Gyote, Byorns, Shiller, Bayron, Pushkin, Lermontov, Maxtumquli, Berdaq, Abay, Tagor, R. Hamzatov asarlaridan namunalar ham Muhammad Ali tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirilgan. U “Shahriyor” eposi tarjimasi uchun Berdaq nomidagi mukofotga loyiq koʻrilgan(1984).
Adib – filologiya fanlari nomzodi (1992). Uning asarlari jahonning yigirma beshdan ortiq tillariga tarjima qilingan. Adibning “Abadiy sogʻinchlar” romanxronikasi ingliz tiliga tarjima qilinib Toshkentda chop etildi (2006), “Jahongir
Mirzo” va “Umarshayx Mirzo” romanlari rus tilida(2015–2016), “Jahongir Mirzo” turk tilida nashr etilgan(Stambul, 2008).
Muhammad Alining pedagogik faoliyati ham diqqatga sazovor. U oʻn uch yil davomida (1992–2005) AQSHning Vashington universiteti talabalariga oʻzbek tili va adabiyotidan dars berdi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali “Mehnat shuhrati”(1999), “El-yurt hurmati”(2014) ordenlari bilan mukofotlangan. “Ulugʻ saltanat” tarixiy romandilogiyasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (2007).
Download 103,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish