Hozirgi ishchilarning faoliyati uning kasbiy mahoratiga aniq talablar qo`yadiki, ularning eng muhimlari qo`yidagilar: chuqur umumta`lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik; kasbiy faoliyatning to`xtovsiz ravishda takomillashib borishi va uning natijasi-mehnat unumdorligining o`sishida va bajarilayotgan ishlarning sifatini oshirishda yuqori natijalarga erishish; o`z bilimini o`zi muntazam ravishda oshirib borishi, novatorlar va ishlab chiqarish ilg`orlarining ijobiy tajribalarini qidirish, o’rganish va ulardan ijodiy foydalanish. Shu boisdan ishlab chiqarish faoliyati jarayonida bilimlarni to`xtovsiz chuqurlashtirib borish bizning davrimizning eng muhim, ajralmas belgilaridan biri bo`lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |