Xulosa - Xulosa
Maktab ustaxonalarida ishlashda texnika xavfsizlik qoidalaridan foydalanish eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Mehnatkashlarning sog’ligini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratib berish, kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohatlarini yo’qotish O’zbekiston Respublikasi hukumatining asosiy g’amxo’rliklaridan biridir. Ustaxonalarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida turli xil noxushliklar kelib chiqadi. Asbob uskunalardan noto’g’ri foydalanish, haddan ortiq charchash holatlari ham kuzatiladi. Ustaxonalrda ishga kirishishdan oldin, albatta, qo’lqoplardan foydalanishni unutmasligimiz lozim. Xar bir ishni boshlashdan avval birinchi navbatda ziyrak bo’lmog’imiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |