Stolning chuqurlashtirilgan qismidan kerakli asboblar va materiallarni qo‘yish uchun foydalaniladi. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi. Iskanja ishlov beriladigan detalni kerakli holatda mahkam o‘rnatish hamda bo‘shatib olish uchun ishlatiladi. Dastgohda ishlov berilayotgan materialni to‘g‘ri o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilmagan holda bajariladigan ishlar sifatli bo‘lmaydi hamda ishlovchi va uning atrofidagi odamlar uchun xavfli sanaladi. Shu bilan birga ishlatilayotgan asboblarga ham ortiqcha zarar yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |