Claroline- erkin va ochiq kodli masofaviy o’quv kurskarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga yo’naltirilgan dasturiy majmua hisoblanadi.Tizim Luvenada (Belgiya) universitetining pedagogika va multimedia institutida yaratilgan.Dasturiy majmuadan foydalanish GNU (General Public License) asosida amalga oshiriladi,ya’ni bepul foydalanish mumkin.Tizim ishlashi uchun serverda PHP/MySQL/Apachelarning o’rnatilishi talab qilinadi.Tizim Windows 98 va NT,Mandrake Linux 8.1 muhitiga o’rnatilgan EasyPHP tizimda testdan o’tkazilgan.Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Tizim 2000 dan ortiq talabalarni bir vaqtning o’zida qabul qilish mumkin. Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan barcha talablarga javob beradi,xususan,foydalanuvchilarni ro’yxatdan o’tkazish,tizimda foydalanuvchilarning(fan o’qituvchisi,o’quvchi va mehmon) rollarini administrator tomonidan belgilashi,o’quv kurslarini yaratish,ularning tarkibini tahrirlash,talabalar bilimini nazorat qilish,monitoring olib boorish,nazorat natijalarini tahlil qilish,tizim ichida foydalanuvchilar o’rtasida kommunikatsiya elementlaridan(chat,forum,qisqa xabarlar jo’natish modullaridan)foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi.Tizimda boshqa LMS lar singari quyidagi ko’rsatilgan o’qitish modullari :Forums,Materials,Messenger,Chat,Exercises,Group work,Student tracking,Kalendar,Viki va boshqa modullari mavjud.Boshqa LMS lar singari IMS va SCORM standartlarini qo’llab-quvvatlaydi. Claroline dasturiy majmuasining imkoniyatlaridan demonstratsiya rejimida foydalanib ko’rish mumkin,buning uchun http://demo.claroline.net havolasiga murojaat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator,fan o’qituvchisi,o’quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi mumkin.O’quv modulini yozish vaqtida tizimning barqaror versiyasi Claroline 1.11.8.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.clarolinr.net.
Moodle-Web muhitida o’qitish v aonline rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogic dasturiy majmua hisoblanadi.Tizimda mavjud o’qitish modullari:Forums,Materials,Messenger,Chat,Exercises,Group work,Student tracking va ancha ko’p bo’lgan boshqa modullari mavjud.
Boshqa LMS lar singari IMS,SCORM va boshqa standartlarni qo’llab-quvvatlaydi.Tahlillar shuni ko’rsatadiki, boshqa LMS tizimlariga qaraganda ,eng ko’p qo’shimcha plagin va modullari mavjud bo’lgan dasturiy majmua aynan ,Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi.Hozirgi vaqtda dunyoning ko’p davlatlarining o’quv muassasalarida masofaviy ta’lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o’quv jarayonini boshqaruvchi Web’gayo’naltirilgan maxsus tizim bo’lib, internet tarmog’ida foydalanishga mo’ljallangan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsesori,Web-xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows,Linux,Mac OS X, Novwll Netware). O’quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi Moodle 2.5. Tizimning rasmiy internet manzili:http://www.moodle.org
Do'stlaringiz bilan baham: |