Kichik kompyuterlar. Kichik kompyuterlar (mini-EXM) - ishonchli, uncha qimmat bo‘lmagan, foydalanishda qulay kompyuterlar, meynfreymlarga qaraganda bir muncha kam imkoniyatlarga ega. Mini-kompyuterlar (ulardan eng quvvatlilari supermini-kompyuterlar) quyidagi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi:
unumdorligi – 1000 MIPS gachan;
asosiy xotira sig‘imi – 8000 Mbayt gachan;
diskli xotira sig‘imi – 1000 Gbayt gachan;
qo‘llanadigan foydalanuvchilarning soni – 16 – 1024.
Mini-kompyuterlarning barcha modellari 32, 64 va 128 – razryadli mikroprotsessorlar to‘plamlari asosida loyixalashtiriladi. Ularning asosiy xususiyatlari:
aniq tadbiq soxasidan kelib chiqqan xolda unumdorlikning keng oralig‘i;
axborotni kiritish-chiqarish tizimli vazifasining ko‘pchiligini apparatli joriy etilishi;
ko‘p protsessorli va ko‘p mashinali tizimlarni oddiy joriy etilishi;
uzulishlarga ishlov berishning yuqori tezligi;
turli uzunlikdagi axborotlar o‘lchami bilan ishlash imkoniyati;
1.5-chizma. Katta xisoblash mashinasining tashqi ko‘rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |