Farg‘ona, 2021-2022 “ Muhandislik kommunikatsiya qurilishi ” kafedrasi


REAGENT XO‘JALIGI VA MIQDORLOVCHILAR



Download 2,49 Mb.
bet14/61
Sana14.04.2022
Hajmi2,49 Mb.
#551056
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Bog'liq
2 5193151322458691209

REAGENT XO‘JALIGI VA MIQDORLOVCHILAR


Tozalash bekatlaridagi suvni kogulatsiyalash bekatlarida reagentxo‘jalik inshootlari va miqdorlovchiqurilmalar quriladi. Suv tozalash bekatlariga etkazib beriladigan kogulantlar quruq holatda yoki aralashmalar konsentratsiyasi holida bo‘lishi mumkin. Kogulantlarni tozalash va suvga tindirgich yoki muallaq cho‘kmali tindirgichlargacha etib borguncha solish mumkin. Kogulantlarni tozalanadigan suvga aralashma eritma yoki kukun, mayda donador holida solinadi. Quruq hollardagi reagentlarning o‘yilgan yoki maxsus idishlarda, yuqori konsentratsiyali aralashmalarning maxsus sig‘imlarida saqlash mumkin. Hozirgi vaqtda kogulantlarni suyuq holda saqlash keng tarqalgan. Buning uchun katta hajmdagi sig‘imlarga kogulant bo‘laklari solinib, 30% dan yuqori konsentratsiyali aralashma tayyorlanadi. Konsentratsiyali aralashma kerak bo‘lgan vaqtda taqsimlash bakiga uzatiladi,u erda kerakli miqdorda suv aralashtirilib,talab etilgan konsentratsiya holiga keltiriladi. SHundan so‘ng miqdorlovchi qurilma orqali suvga solinadi. Aluminiy sulfat tuzi quruq holda bo‘laklar shaklidatozalashbekatlarigakeltiriladi va qatlamlari balandligi 1,5—2 m bo‘lgan to‘kilgan holda zaxirada saqlanadi. Zaxiradagi kogulantlar eritishuchun maxsus sig‘imlargasolinib, suvda konsentratsiyasi 10—17% ga etguncha eritiladi. Shundan so‘ng ular tindiriladi va sarflanuvchi baklarga yuborilib, konsentratsiyasi 4—10% ga etguncha suv bilan aralashtiriladi, shu konsentratsiyali kogulant eritmasi miqdorlovchilar orqali suvga qo‘shiladi.
Kogulantlar baklarda eritilganda, ularning erish samaradorligini oshirish maqsadida havo yuboriladi, ularni mexanik aralashtirgichlar yordamida aralashtirish va nasoslar yordamida to‘xtovsiz sirkulyatsiyalash mumkin. Kogulantlarni eritish va taqsimlash sig‘imlari kichik qurilmalar uchun plastmassali yoki yog‘ochli, katta qurilmalar uchun temir-betonli bo‘lishi mumkin.
REAGENTLARNI SUV BILAN ARALASHTIRISH
Suvtarkibigaqo‘shiladiganreagentlarsifatli ta’sir qilishi uchun ularning suv bilan tez va to‘la aralashishini ta’minlash lozim. Bu maxsus qurilma — aralashtirgichlar yordamida amalga oshiriladi.
Reagent eritmasi miqdorlovchilardan o‘tgandan so‘ng aralashtirgichning boshqismiga yokiularga suv uzatadigan quvur oldiga yuboriladi. Mavjud aralashtirgichlar ishlash xususiyatiga ko‘ra, ikkiga bo‘linadi: gidravlik, ya’ni reagentlarsuvning o‘z oqimidan foydalangan holda va mexanik, ya’ni aralashtirish harakat qiladigan mexanizmlar ishtirokida amalga oshiriladi. Birinchi guruh aralashtirgichlargatik, to‘siqli, teshikli va suv oqimliqurilmalar kiradi.
Teshiklar arashtirgichlar temir – beton yoki metalldan yasalgan tarnovning ichigatik to‘siqlar o‘rnatilgan inshootdir. Odatda uchtato‘siq o‘rnatiladi. To‘siqlar orasidagi masofa aralashtirgichning eniga teng qilib olinadi. Suvning aralashtirgichdagi oqish tezligi oxirgi to‘siqdan so‘ng 0,6 m/sek va o‘rtacha oqish tezligi 1 m/sek ga tengdir. Bir to‘siqdagi teshiklarning umumiy maydoni yig‘indisi w=q/u0 , har bir teshikning yuzasi w0= w/n, bu erda n — teshiklar soni, amalda teshiklarning diametri 20—100 m bo‘ladi. Har bir to‘siqning teshiklarida yo‘qoladigan b o s i m h = u02/( m2 2g), bu erda, m — sarf koeffitsienti 0,65— 0,75 ga tengdir. To‘siq oldidagi suv sathi to‘siqlardagi barcha teshiklarsuvostidabo‘lishi kerak. Teshikliaralashtirgichlarda reagent suvbilanyaxshiaralashadi. To‘siqli aralashtirgichlar, bu to‘g‘ri to‘rtburchaklitarnov bo‘lib, undaketma-ket bir nechta tirqishlito‘siqlar o‘rnatiladi. Bu tirqishlarsuvoqimiyo‘nalishi va oqim tezligini o‘zgartirish maqsadida quriladi. Suvning tarnovdagi 0,6 m/sek va tirqishlardagi oqish tezligi 1 m/sek ga teng. To‘siqlar orasidagi masofa tarnov enining ikki baravariga teng qilinadi.
Tik (o‘ramli) aralashtirgichlar silindrik yok irejada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning ostki qismi konus yoki piramida shaklida bo‘ladi. Tozalanadigan suv ostki qismda joylashtirilgan quvur orqali uzatiladi, reagent eritmasi konus qismida joylashtirilgan quvur orqali yuboriladi. Aralashtirish suv oqimi tezligining o‘zgarishi tufayli amalga oshiriladi. Suv quvurdan chiqqanda aralashtirgichning tor qismidan keng konusli qismiga o‘tishi natijasida oqim tezligi o‘zgaradi. Aralashgansuvaralashtirgichning yuqori qismida joylashtirilgan tarnov orqali oqib ketadi. Aralashtirgichning konusli qismining tor yuzasida suv oqish tezligi 1 m/sek, silindrik qismida 25 mm/ sek ga teng. Kamerada suvning bo‘lish vaqti 1,5—2 min. Konus qismining qiyaligi 30—45°. Bunday aralashtirgichlar suvni tindirish va yumshatishda ishlatiladi. Ba’zi bir qurilmalarda reagentlarni suv bilan aralashtirish maxsusqurilmalarsiz,ya’ni reagent eritmalari nasoslarning suv tortish quvurlariga yoki tozalash inshootlariga suv uzatuvchi quvurlargato‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishorqaliamalga oshiriladi.
Mexanik aralashtirgichlarda suvni reagentlar bilan aralash-tirish majburiy aralashtirish orqali amalga oshiriladi. Odatda ular silindrik yoki rejada to‘rtburchak shaklidagi rezervuar bo‘lib, balandligi enidan ikki baravar katta bo‘ladi. Bunda apparat diametrining aralashgich diametriga nisbati 2—6 qiymatga teng bo‘lishi mumkin. Aralashtirish uchun propellerli, turbinali, parrakli aralashtirgichlardan foydalaniladi. Ular tik o‘qda joylashtirilgan iuchun radialva aksialoqim hosil qiladi. O‘qdagi aralashtirgichlar soni aralashtirgich chuqurligiga ko‘ra aniqlanadi. Mexanik aralashtirgichlarda suv 0,75 min dan 5 min gacha bo‘lishi mumkin.

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish