Nutqida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq – faqatgina insonga xos bo‘lgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to‘ldirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, oldini olish va korreksiya bilan korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya(yunoncha logos – so‘z va paideia - tarbiyalash) Shug‘ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o‘z-o‘zilan yo‘qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korreksion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o‘ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo‘ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug‘ilishning cho‘zilib ketishi yoki tez sodir bo‘lishi, yo‘ldoshga o‘ralib qolishi, bolaning noto‘g‘ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko‘rsatilmasligi, chala tug‘ilish kabi holatlar sabab bo‘ladi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:
tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;
psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Tibbiy-psixologik turda ko‘riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
og‘zaki nutqning buzilishi;
yozma nutqning buzilishi.
Og‘zaki nutqning buzilishi o‘z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko‘ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi)ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo‘llashdagi buzilishlar.
Maktab o‘quvchilarida nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy buzilishi bo‘lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilish, nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va tuzilishi uning oldini olish, maxsus (korreksion) o‘qitish va tarbiya masalasi bilan logopediya Shug‘ullanadi. “Logopediya” termini yunonchadan tarjimasi “to‘g‘ri nutqni tarbiyalash” ma’nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli mutaxassislar - fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan o‘rganiladi.
Nutqiy buzilishi bo‘lgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida funksional yoki organik chetlanishlar ko‘zga tashlanadi. MiYaning organik zararlanishi sababli issiq, transportda yurish, arg‘imchoqda ko‘p vaqt tebranish bolalarga yomon ta’sir ko‘rsatadi, boshlari og‘riydi ko‘ngillari ozadi va boshlari aylanadi. Tez charchab qoladilar, qattiq ta’sirlanishlari, jahllari chiqish bilan ajralib turadilar. Ular emotsional barqaror emaslar, ularning kayfiyatlari tez o‘zgaradi, serjahl, agressiv, bezovta bo‘ladilar. Shuningdek, ularda sustlik va lanjlik kuzatiladi. Bunday bolalar tinch o‘tira olmaydilar, butun dars davomida ishchanlik va diqqatini saqlab turish qiyin bo‘ladi. Juda tez xafa bo‘ladilar, gapga quloq solmaydilar. Tanaffusdan keyin esa darsda diqqatlarini jamlashlari qiyin bo‘ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy xotiraning bo‘shligi, yaxshi tuShunmaslik holatlari kuzatiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi. Logopedik punkt vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘quvchilar bilan logopedik puntkda korreksion ishlar butun o‘quv yili davomida individual va guruhli shaklda olib boriladi. Nutqi buzilganlik o‘ta jiddiy bo‘lsa o‘qitish maxsus ta’lim muassasalarida olib boriladi. Bunda o‘quvchi bilan davolash-sog‘lomlashtirish va psixologik-pedagogik ishlarni birga olib borish nutqiy buzilishni tuzatishning muhim sharti hisoblanadi.
Logopedik yordam ko‘rsatish sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy ta’minlash tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik dispanserlarda logopedik kabinetlari mavjud bo‘lib, bu erda nutqida buzilishi bo‘lgan bolalarga logopedik yordami ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |