O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi – 1) o’quvchilarda 9-sinfni bitirgandan keyin muayYan kasb sohasida o’rta maxsus ma’lumot hosil qilishga yo’naltirilgan ta’lim muassasasi; 2)O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’limturlaridan biri. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, umumiy o’rta ta’lim negiziga asoslanadi.
O’rta maxsus o’quv yurtlari – O’zbekiston Respublikasida sanoat, qurilish, transport va aloqa, qishloq xo’jaligi, madaniyat va san’at, sog’liqni saqlash va boshqa sohalar uchun kadrlar tayyorlab beruvchi o’quv muassasalari.
O’rta ta’lim –1) umumiy ta’limbosqichlaridan biri; 2) shaxsning jamiyat ijtimoiy hayotida ongli va faol ishtirok etishiga imkon beruvchi bilim, malaka va ko’nikmalar darajasi.
O’smir –11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarning rivojlanish davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |