Tarbiya uylari – qarovsiz va etim bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchi maskan.
Tarbiyaviy jarayon – jamiyat a’zolarining ijtimoiy tajribasi, xulq-atvori, me’yorlarini o’quvchilarga singdirish jarayoni.
Tarbiyaviy munosabatlar – insonlar o’rtasidagi doimiy munosabatlar (aloqalar), tajriba almashishdan iborat bo’lib, shaxsni rivojlantirish, mustaqil ma’lumot, ta’lim olish va o’z-o’zini tarbiyalashni amalga oshirishga xizmat qiladigan jarayon.
Tarbiyaviy muhit – shaxsni shakllantiruvchi tabiat hodisalarini anglash, ijtimoiy munosabatlar tizimi, tafakkur, hamda turmush tarzi va shaxslararo munosabatlarga kirishish jarayoni.
Tarbiyaviy texnologiYaning komplektlilik xususiyati – o’rganilayotgan texnologik jarayon barcha elementlarining o’zaro aloqadorligini taqozo etadigan va uning mazmunini xilma-xilligi, ko’p omilliligidan iborat bo’lgan ijtimoiy-tarbiyaviy texnologiyalar.
Tarbiyalanganlik – o’quvchi yoki talabaning ijtimoiy tajribani o’zlashtirganlik darajasi.
Tarbiyalanuvchi – tarbiyaviy ta’sir ob’ekti hisoblangan shaxs
Tarbiyalash – shaxsni maqsadli shakllantirish jarayoni. Mustaqil O’zbekistonda tarbiya, asosan, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida, shaxsni har tomonlama rivojlanishiga hamda faol va ongli insonni tayyorlashga qaratiladi.
Tarbiyalovchi ta’lim – tarbiya elementlarini o’zida mujassamlashtirgan ta’lim jarayoni.
TarbiYani tashkil etish shakllari — tarbiyaviy ishlar mazmunini ifodalovchi tarbiyaviy vosita va tashkiliy usullar majmui, tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro birgalikdagi faoliyati, aniq harakat va vaziyatlarni tashkil etish tartibi.
Tarbiyachi – keng ma’noda tarbiYani amalga oshiruvchi yoki tashkil qiluvchi muallim, murabbiy yoki ta’lim-tarbiya jarayonini boshqaruvchi shaxs. Tor ma’noda o’quv – tarbiya muassasalarida bolalar va o’smirlar orasida tarbiYani olib boruvchi mas’ul shaxs.
Tarbiyachining shaxsiy namunasi – ota-ona, o’qituvchi va boshqa obro’-e’tiborli shaxsning hayoti va faoliyati bilan bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish imkoniyati.
Jamoa- (lotincha “kollektivus” – yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil etilgan guruh.
Jamoa – 1) yagona jamiyat va kishilar uchun foydali maqsad, faoliyatga ko’ra birlashgan, jamiyat va kishilar manfaatini ko’zlaydigan kishilarning tashkiliy guruhi; 2) kishilarning qadimiy uyuShuv shakli.
Jamoaviylik – jamoa bilan birdamlik, o’zini jamoaning bir bo’lagi deb his qilish tuyg’usi.
Jamoa an’analari– bu barqarorlashgan odat bo’lib, ularni jamoa a’zolari birdek qo’llab-quvvatlaydilar. Jamoa an’analari mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Tarbiya metodi— tarbiyaviy ta’sirni amalga oshirish va tarbiya vazifalarini hal etishning umumiy majmui.
Tarbiya metodlari – shaxsni shakllantirish uchun tarbiyalanuvchida ehtiyoj hissini uyg’otish, o’zini tutish ko’nikmalarini hosil qilish uchun qo’llaniladigan usullar majmuasi.
Tarbiya psixologiyasi – pedagogik psixologiYaning shaxsning aqliy, axloqiy hamda estetik jihatdan tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |