2-topshiriq.
«BBB» TEXNIKASI:
TaYanch tushunchalar
|
Bilaman
|
Bilishni xoxlayman
|
Bilib oldim
|
qulog‘i og‘irlik
|
|
|
|
Anomal bola
|
|
|
|
Korreksiya
|
|
|
|
Nutqiy buzilish
|
|
|
|
Aqliy zaiflik
|
|
|
|
Logopedik punkt
|
|
|
|
Ijtimoiy reabilitatsiya
|
|
|
|
20-seminar mashg‘uloti.
Mavzu:Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.
REJA:
1. Eng qadimgi davrda tarbiYaning kelib chiqishi.
2. Ibtidoiy odamlar hayotida tarbiYaning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Qadimgi davlatlar So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim-tarbiYaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
4. «Avesto»ning yaratilish tarixi, mundarijasi.
5. «Avesto»da ta’limi-axloqiy masalalarning ifodalanishi.
6. Urxun-Enasoy obidalarining ta’limiy-tarbiyaviy mohiyati.
7. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘atut turk» asarida ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar.
Maqsad: Eng qadimgi yodgorliklarda inson tarbiyasiga oid fikrlarning mohiyati, yodgorliklarni dunyo miqyosidagi tarixiy, tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyati,eng qadimgi yodgorliklarda inson tarbiyasiga oid fikrlarning mohiyati haqidagi bilimlari chuqurlashadi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillarda Baktriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iena, Parfiya, Zarafshan vohalari Parkana kabi o‘lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o‘zbek xalqining ildizi hisoblangan. Sak-massagetlar so‘g‘diyonalar, xorazmiylar, baxtarlar, chochliklar, va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Bu elatlar yashagan xududlarga o‘ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Ajdodlarimizning bu qadimiy madaniyatiga ta’lim-tarbiyaga oid boy meros ham kiradi. Hozirgi turkiy va forsiy zabon xalqlarning bizgacha etib kelgan muhim arxeologik topilmalari tarixchilar, adabiyot va san’at namoyondalarining ijodiy merosi, san’ati va adabiyot namunalari buning dalilidir.
Turkiy va forsiy zabon xalqlarning hayot kechirish san’ati donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib borliqqa amaliy munosabatda bo‘lish namunasi ifodalangan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixichisi Gerodotning (tarix), Strabunning (geografiya), asarlari. Maxmud Qoshqariyning (Devonu lug‘otut turk), O‘rxun-Enisey bitiklari va boshqalar Shu kabi adabiy-tarixiy manbaalardan saqlangan va Shular orqali bizgacha etib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Tarbiya insoniyatning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishida ta’sir etgan bo‘lsa, insonning shakllana borishi ham o‘z navbatida insoniyat jamiyatning tarkib topa borishiga yordam bergan. Insonning o‘z-o‘zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan bu tarixiy jarayonni bilish inson tafakkurining qadimgi davrlardan boshlab bosqichma-bosqich rivojlanishi va Shu bilan birga insonning ham tobora shakllana borganligi haqida to‘la tassavur hosil qilishga imkon beradi. Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari orzu umidlari, xislatlar qadimgi eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasida topgan. Ruhga sig‘inish-onimizm ajdodlar ruhiga sig‘inish-totemizm sexrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va merosimlar aks etgan afsonalar rivoyatlar eng qadimgi avlodimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda uch asosiy manbaaga taYanishimiz mumkin.
Xalq og‘zaki ijodi materiallari;
Buyuk adiblar alomatlarning ijodiy meros;
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar;
Ma’lumki, o‘tmishda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga yordam bergan. Tarixchilar va tarixchi pedagoglarning ko‘rsatishicha kishilarning mehnat faoliyati yosh jihatdan ko‘rsatishicha kishilarning mehnat faoliyati yosh jihatdan uch guruhga bo‘lingan:
Bolalar va o‘smirlar
Hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar
Keksalar
Ibtidoiy jamiyat davrida bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib u hayot kechirish va mehnat qilishga o‘rgangan. O‘g‘il bolalar erkaklar bilan bajariladigan ov qilish, qurol yasash kabi ishlarni bajarsa, qizlar ayollar mehnati bilan tanishar ekan. Bola ma’lum tayyorgalikdan so‘ng sinovdan o‘tib keyin amaliy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi.
Urug‘chilik jamoasi bosqichida bolalar mehnati, kasb-xunarga intilish faollashib bordi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshladilar asta-sekin tarbiya tizimiga harbiy vatanparvarlik tarbiyasining boshlang‘ich turlari kirib kela boshladi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan maktablariga va yozuvga ehtiyoj sezila boshlagan. Dastlab suratkashlik rivojlanib piktografik xat, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish ususli paydo bo‘ldi va tarqaldi. Eramizdan oldingi birinchi ming yillar o‘rtalarida oromiy yozuvda, Aleksandr Makidonskiy istilosidan so‘ng yunon yozuvi va Shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlarda qo‘llanib kelingan. YUnon oromiy alifbosi asosida Xorozm, Sug‘d, Baxtriya yozuvlar shakllangan. Eramizdan oldin tahminan 484-431 yillarida yashagan yunon tarixchisi Gerodotning «tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va masgetlarning ta’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan: «Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir» -deydi olim, Shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘il bolaga ega bo‘lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning ko‘p o‘g‘li bo‘lsa, unga har yili sovg‘a salomlar yuborgan. Bundan tashqari ular tarbiyada bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O‘g‘il bolani 5-20 yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamon otishga, to‘g‘rilikga o‘rgatishgan. Bolani 5 yoshgacha otasiga ko‘rsatmaganlar Chunki bola vafot etsa otasining qayg‘urmasligi uchun. Bola 5 yoshgacha ayollar tarbiyasida bo‘lgan. Bola xech qachon ota-onasini bexurmat qilmagan. Ular ota-onasiga xurmatsizlikni faqat nikohsiz tug‘ilgan boladan kutish mumkin deb hisoblagan. Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik hisoblangan deydi. Ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l yuvmaganlar. Ular daryoni muqadas sanaganlar.
Gerodotning bu ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bizning vijdonlarimiz farzandlarini jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy hikoyachisi kuchli va botir etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Erkaklargina emas hatto ayollar ham jasorat ko‘rsatgan yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Sug‘d yozma yodgorliklari orasida «eski xatlar» nomi bilan yuritiladigan va V.B.Xenning tomonidan aniqlangan qimmatli manbalar bor. Bu hatlar eramizning boshlaridagi sug‘d yozuvi haqida ma’lumot beradi. «Eski xatlar» Dunxuan shaxri (SHarqiy Turkiston) yaqinidagi Sagdo qishlog‘ida yashagan sug‘dlik tijorat savdo aholining Samarqandga o‘z ona yurtiga yozgan shaxsiy xatlaridir. Boshqa bir Xitoy tarixchisi Syuan-Szin esa Samarqand aholisining axloqiy va xulq odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bu ma’lumotlar qadimgi bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan Harbiy-jismoniy mashqlarga va xunarga o‘rgatilganligi ta’limdan maqsad-bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi. Shuning bilan birga eng qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og‘zaki ijodi namunalari-afsonalari, qaxromonlik eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralaridan ko‘ramiz. Chunki xalq donishmatligining ko‘zgusi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalar umumlashgandir.
Miflar asosida yaratilgan qaxromonlik eposlari uchun zamin tayyorlanadi. Bu qaxramonlik eposlarida vatan va erkinlikka bo‘lgan muhabbat o‘z yurti va jonajon qabilasi uchun jonini fido etish, shon-sharaf or-nomus uchun kurash tuyg‘ulari ifodalanadi. Bizgacha etib kelgan epik rivoyatlarda ajdodlarimiz vatanparvarlik kurashi va ifodasini topgan. Vatanni xalqni sevish, or-nomus va do‘stlarga, safdoshlarga sadoqat kabi insoniy tuyg‘ular, burch xissi, vatanni va xalq uchun o‘z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatlarga bardosh berish-ularning asosiy xislatlaridir.
Jasurlik, kuchlilik, mardlik-qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bo‘lgan fazilat sanalgan. Ayniqsa, tarixiy shaxslar bilan bog‘liq rivoyatlar buning dalilidir. Chunki ularda muayYan shaxs faoliyati donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxsga ega bo‘lgan axloqiy fazilatlar: nazokatga, aql-idrok, vafo va muhabbat, sadoqat, adolat, odamiylik kabilari ulug‘langan.
Eposlarda xotin-qizlarning fidoiyligi jasorati, aql-idroki, erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko‘rsatganliklari ayniqsa yorqin ifodalangan.
Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryo asosiy tarmog‘i O‘zbey orqali Kaspiy dengizga quyilgan. Uning o‘ng qirg‘og‘idagi erlar Turon, chap qirg‘og‘idagi erlar esa Eron deb yuritilgan. Eramizdan oldin Ahmoniylar, Saklar va Massagetlar qabilalariga ketma-ket hujum qilib turishgan. Ana Shu tarixiy voqealar sak va massagetlarning eposlarida o‘z ifodasini topgan.
Xalqimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, xulq-atvoriga oid xislatlari bu kabi rivoyatlarda, eng qadimgi yodgorliklarda mif va afsonalarda, Avesto, SHohnoma kabi asarlarda saqlanib bizgacha etib kelgan.
Qadimgi ajdodlarimiz insonda juda qadrlaydigan xislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo‘lgan. Bu xislatlar o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar ibtidoiy urug‘chilik, qabilachilik, turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikki katta kuch-yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi yovsiz ko‘rash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo‘lgan.
Buni biz eng qadimgi kishilarning qo‘shiq va lirik she’rlarida ham ko‘ramiz. Bu qo‘shiq va lirik she’rlar IX-asrda yashagan ulug‘ olim Maxmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari orqali bizgacha etib kelgan.
Eramizdan oldingi ming yillar o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qaxramonlik mazmunidagi afsona va rivoyatlardan biri zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»dir.
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, uning ilk saxifalari Zardush tomonidan 548-529 yillar orasida Amudaryo soxillarida yaratilgan. Keyinchalik janubiy Eronda otashparastlik dinining ulamo-xinlari tomonidan to‘ldirilib takomillashtirilgan.
80-yillarning o‘rtalariga kelib barcha tadqiqotchilar «Videvdad»da uchraydigan Mavr, Baxtriya, Xitoy, Sug‘d, Xorazm, Amudaryo, Sirdaryo kabi jug‘rofik atamalarga asoslanib, «Avesto»ning vatani Markaziy Osiyo va unga chegaradosh yurtlardir, degan qat’iy xulosaga keladilar. Haqiqatdan ham «Avesto»dagi jug‘rafiya doim ma’lumotlar bu xulosani tasdiqlaydi.
Arablar 8-asrda Eronni bosib olgan zardushtiylikka sadoqatini saqlagan bir necha ming maxalliy aholi janubiy Xindistonga qochib o‘tdilar. Ular qadimgi madaniyat, adabiyot va e’tiqodiga doir yodgorliklarni ham o‘zlari bilan eltadilar. 1723 yili ingliz olimi Jorj Bouje «Avesto»ning bir necha nusxasini Xindistondan eltib, Oksford kollejining kutubxonasiga topshirdi.
Hozirgi ana Shu dasxatlardan biri Bombeydagi Koma sharqShunoslik ilmgoxida saqlanadi. Bu ilmgoh zardushtiylarning madaniy markazi bo‘lib, Shu jamoa mablag‘i hisobiga ishlaydi. Kitob 1615 yilda parfiyoni yozuvida ko‘chirilgan bo‘lib, 672 betdan iborat.
«Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, ilm-fan, hayotning barcha sohalari bo‘yicha mukammal ma’lumot beradigan ulkan, eng ko‘xna manba hisoblanadi.
Grek olimi Pliniy «Avesto»ni 2 million baytdan iborat degan edi. Biz unda Markaziy Osiyo, Eron va Ozarboyjon xalqlarining eng qadimgi marosimlari: urf-odat, e’tiqod, ibodat paytida qiroat qiladigan oyatlari, diniy marosimlarda ijro etadigan qo‘shiqlari, minglab xalq oxanglari haqida ma’lumot olamiz. Bundan tashqari, kitobda qadimgi xalq og‘zaki ijodiga taalluqli yagona syujetlar-dostonlar, parchalar mavjud.
Bundan tashqari, «Avesto»da eramizda oldingi ikki minginchi yillardan tortib to oltinchi asrlargacha bo‘lgan davrdagi Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixiga doir, Sirdaryo va Amudaryo soxillarida yashaydigan xalqlarning ijtimoiy turmushiga oid ma’lumotlar bor. CHunonchi, kitobda Shu zaminlarda istiqomat qilgan xalqlarning kasb-kori, savdo-sotig‘i, qo‘shni xalqlar bilan munosabatlari bayon qilingan: har bir kasb xunar egasining jamiyatda tutgan o‘rni alohida qayd etilgan, dehqonlar bilan chorvadorlar jamiyat moddiy ne’matlarini yaratuvchilar sifatida ta’riflangan.
Zardushtiylik ta’limotida jismoniy va ma’naviy dunyo uch hayotiy davrga bo‘linadi.
Eng qadimgi davr;
Hozirgi davr;
Bo‘lg‘usi hayot;
Zardusht ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. O‘smir balog‘at yoshiga etganda Zardusht qonunlari ahloqiy yo‘riqlar o‘rgatilgan. O‘smirlarning xudojo‘y mehankash adolat uy niyatlari, so‘zlari ishlarida xalollikka alohida e’tibor berishilgan. Zardushtiylikning ahloqiy yo‘riqlariga ko‘ra insonning o‘z burchini xis etishning birinchi belgisi poklik hisoblangan. «Avesto»da insonning barkamol bo‘lib etishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor berilgan. Bu ahloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyingi yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarda ham asos bo‘lgan desak ham hatto qilmaymiz. Unda insonning har tomonlama mukammal kamol topishi zarur bo‘lgan barcha talablar hayotiy yo‘l-yo‘riqlar o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklar va turkiy xalqlar axloq-odob tizimining o‘ziga xos an’anaviy xususiyatlari.
Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o‘ziga xos xususyatga ega bo‘lib ular Yangi davr kishisini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «O‘rxun Enisey» yodgorliklari, irq yozuvchilari (tabirnoma) kabilardir. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va rumiy yozuvlarda bitilgan Urxun Enisey bitiklari 6-8 asrlarida yozib qoldirilgan bo‘lib ularda ta’lim tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. Toshga o‘yib yozilgan Urxun Enisey yodgorliklari daslab Enisey xavzasida so‘ngra Mo‘xilistonning Urxun daryosi bo‘yida topilib Daniyalik olim Vilgelm Tomson 1893 yilda bu yozuvlarni o‘qigan va unda ta’lim-tarbiyaga oid noyob ma’lumotlar bitilganligini ta’kidlagan. Bitik toshlarida turk xoqonlarining yurishlari bu yurishlarida ko‘rsatgan jasoratlari ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekanligi bayon etiladi.
O‘z vatanning mustaqiligi uchun ko‘rash, xalqni asoratdan olib chiqish ularning birligini, ta’minlash xoqonlar Bumin, Istami, Eltarish va uning o‘g‘illari Bilga xoqon va lashkari boshi Qul tegin ma’naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi.
Masalan, Kul tegin bitigida u xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelajagini o‘ylaydigan jonkuyar sarkarda, o‘z manfaatidan vatan manfaatini yuqori qo‘yuvchi shaxs sifatida ta’riflanadi. Kul tegin Eltarish xaqonning kichik o‘g‘li u 731-yil 27 fevralda 47 yoshida vafot etadi. Bitik tosh 732-yil o‘rnatilgan, bu bitik toshda barcha voqealar Kul tegining akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning haqiqiy ismi Mug‘ilyon bo‘lgan. Bitigni mualifi Kul tegining jiYani Yo‘llug‘ tegindir. Kul tegin bitigida Bilga xoqonning og‘ayinlariga qarindosh tegindir. Kul tegin bitigida Bilga xoqonning og‘ayinlariga qarindosh urug‘lariga murojaat ularning xatolari tufayli turk elida ko‘p falokatlar yuz bergani ifodolanadi. Turkiylarning Harbiy yurishlari, ularga qo‘shni bo‘lgan tabg‘achlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga kulfatlar tushgani, ularni yolg‘onchilik, firibgarlik qurboni bo‘lganligi ta’kidlangan. «Oltin, kumush ichkilik, ipakni Shuncha hisobsiz berayotgan tabg‘ach xalqlari so‘zi shirin, ipak kiymi nafis ekan. SHirin so‘zi ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni Shu xilda yaqinlashtirar ekan. YAxshi qo‘shni bo‘lganidan keyin yozuv ilmini bu erda o‘rganar ekan. YAxshi dono kishini yaxshi alp kishini yo‘latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug‘i, xalqi, uyi, yopingichiga qo‘ymas ekan. SHirin so‘ziga nafis ipakiga aldanib, ko‘p turk xalqi, o‘lding».
Qul tegin bitigida Bilga xokon eng muhim insoniy xislatlar hayoti zaruriyatlar haqida pand nasihat bayon etgan. Turk xalqi birlashmagani, bir- biriga ishonmagani uchun xiyla va firib qurboni bo‘lib tabgachlar ularni qul va cho‘ri etgani qashshoq, ersiz va mute bo‘lganligini kuyinib so‘zlaydi.
Bilga xoqon turk eli o‘rtasida elparvar xoqon deb tanilgan edi. U turk xalqining vatani abadiy bo‘lishi uchun kurashadi. Xalqqa qarata Shunday o‘git qilar edi: Vatanni saqlab qolmoq faqat xoqonga emas, xalqqa ham bog‘liq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir.
To‘nyuquq bitigi esa 310 misradan iborat bo‘lib 717-718 yillarda To‘nyuquq hayotligida yozilgan. Bu bitigda To‘nyuquq vatanparvar shaxs sifatida nomoyon bo‘ladi. To‘nyuquqdagi insoniy fazilatlar ezgulik insonparvarlik xislatlari uning qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi obro‘sini Yanada oshirib yuboradi. Masalan, uning asirlarini o‘z yurtlariga jo‘natib yuborishi boshqa dushman qabilalarining ham bosh egib kelishiga, bu esa ezgulik bilan yovo‘zlik, qoniqishning oldini olish mumkinligini ko‘rsatadi. U adolatsizlik qilmadi, insonparvarlik namunasini ko‘rsatdi, ammo Shu bilan birga xoqonlik qonunlarini, manfaatlarini qattiq himoya qilib, jasorat namunasini ko‘rsatdi.
YUqoridagi yozuvlardan tashqari, alplarning jangovarligiga, axloq- odobi va bilimiga bag‘ishlangan bitigtoshlar ham ko‘p topilgan.
YUqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, garchi O‘rxun Enisey yozma yodgarliklari berish vosita ta’lim- tarbiya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lmasa ham, ulardan o‘sha davr axloqiy qoida va talablari yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin.
Xoqonlar va alplarning jangovar faoliyati, turmush tarzi, vatanparvarlik, birdamlik, ittifoq bo‘lib yashashga intilish, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi xislatlari jami har bir a’zolari axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim fazilatlar sifatida ma’rifiy qadryatlarimiz tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi ma’rifiy yodgorliklarimizdan irq bitigi ta’birnoma ham ta’lim-tarbiya tarixida o‘z o‘rniga ega. Mazkur qo‘lyozma XIX asrning oxirda sharqiy Turkistonning Dunxuvan degan joydan topilgan. Irq bitigida eng qadimgi ajdodlarimizning xalq og‘zaki ijodiga xos mifiologik hamda totemistik ifodalar o‘z aksini topgan. An’anaga ko‘ra har bir epizodda yaxshi g‘oyalar ta’rif etiladi.
Voqealar tush va uning ta’birlari tarzida bayon etiladi. Inson doimo farovon hayot kechirishni orzu qilgan. Ana Shu ezgu orzuga etishda u qiyinchiliklarga duch kelgan. Lekin inson bu qiynchiliklarni iloxiy qudrat-tangri yordamida engib o‘tgan o‘zi uchun go‘zal hayot ta’min etgan. Ammo yaxshilik bor joyda unga yomonlik ham ro‘baro‘ keladi. Tush ta’birlarida yomon hodisa voqealar zamirida yomonlik yotishi ifodalanadi:
«Men olti boshli ilonman,
Oltin korkin-ko‘rsog‘imni
Qilich bilan chopib,
Mening tanamni yo‘l chetiga,
Boshimni uyim yo‘liga qo‘yishdi»,-deyishdi
bilib qo‘ying: bu-yomon
Lekin xalq kelajakka yomonlik ustida yaxshilik, ezgulik g‘olib kelishiga ishongan:
Tong ota boshladi,
So‘ng uning izidan yo yorildi,
So‘ng quyosh chiqdi,
Hamma er yorug‘ bo‘ldi, deyishdi,
Bilib qo‘ying:-bu yaxshi.
«Irk bitigi»ning asosida inson, uning qayg‘u, quvonchi, shodligi, orzu-istaklari yotadi. Eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrgacha yaratilgan ma’rifiy yodgorliklarda irk bitigi singari inson kamolotini qo‘yilish katta o‘rin egalaydi. Ularda ajdodlarimizning xulq odobiga oid dastlabki tasavvurlari, ezgulikka bo‘lgan intilishlari ifodalangan. Bularning hammasi davrimiz tarbiyaviy muammolarini hal qilishda o‘z dolzarbligi bilan muhimdir.
Mavzu bo‘yicha testlarni ishlang.
Quyidagi qadimiy yodgorliklardan qaysilari eng qadimgi turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklaridan hisoblanadi?
A) O‘rxun-Enisey, «Avesto»;
B) Ink yozuvlari, «Avesto»;
V) «Avesto», Ink yozuvlari, O‘rxun - Enisey;
G) O‘rxun- Enisey, Irk yozuvlari;
Turkiy xalqlar axloq-odob tizimining o‘ziga xos an’anaviy xususiyatlar nimadan iborat?
A) Yangi davr kishisining tarbiyalashda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar berishadi;
B) Tarixiy ma’lumotlar berishadi;
V) Tarixni ifodalovchi manba sifatidadir;
G) Kelajak sari intiluvchi xalqimizning tarbiyasi uchun muhim manba;
3.Eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo xududida YUnon va Oromiy alifbosi asosida qaysi yozuvlar shakllangan?
A) Xorazm, Baqtriya, YUnon;
B) Xorazm, Sug‘d, YUnon;
V) Xorazm, YUnon;
G) Sug‘d, Baxtriya;
4.Zardushtiylikning axoloqiy yo‘riqlarga ko‘ra insonning o‘z burchini xis etishning eng birinchi belgisi nima hisoblangan?
A) Boylik;
B) Mehnatsevarlik;
V) Ma’naviy poklik;
G) To‘g‘ri so‘zlilik;
5. «Avesto» kim tomonidan yaratilgan?
A) Aleksandr Makedonskiy tomonidan;
B) Noma’lum kishi tomonidan;
V) Otashparastlik dini kohinlari tomonidan;
G) Zardusht tomonidan;
6. «Avesto» inson kamoloti uchun qanday ahamiyatga ega?
A) «Avesto»da haqiqat uchun kurash ta’limoti mavjud;
B) YOmonlik va yaxshilik orasidagi kurashdan iborat;
V) «Avesto» tarixiy manba;
G) «Avesto»da inson mehnati tufayli barcha yomonliklardan
qutilish mumkin degan ulug‘ g‘oya yotadi;
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar.
1.Eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklar turkiy xalqlar axloq-odob tizimining o‘ziga xos an’anaviy xususiyatlarini mohiyatini aniqlang;
2.Eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklar turkiy xalqlar axloq-odob tizimining o‘ziga xos an’anaviy xususiyatlarini bir-biri bilan taqqoslang
3.«Avesto»dagi inson tarbiyasiga oid ta’limotni tahlil
qiling .
21-seminar mashg‘uloti.
Do'stlaringiz bilan baham: |