Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,45 Mb.
bet117/245
Sana08.02.2022
Hajmi4,45 Mb.
#436313
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   245
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Fanlarni o‘qitish – bu o‘qitish xususiyatlarini tarbiyalash va takomillashtirish jarayoni bo‘lib, u ta’lim beruvchida ilmiy munosabatni va quyidagi xususiyatlarni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi:

  1. qiziqish (bilish xohishi) va faoliyat (biror narsani anqilash uchun biror narsa qilish xohishi);

  2. skeptitsizm (tez–tez uchraydigan fikrlarni sinchiklab ko‘rib chiqish xohishi);

  3. dalillar (bilim olishda isbotlash mantiqi va qoidalaridan foydalanish mahoratlari);

  4. xabardorlik (uning yordamida o‘ylash mumkin bo‘lishi uchun olam haqida axborotlar fondining mavjudligi);

  5. strategiyalar (izlash uchun qoidalar mavjudligi va ulardan foydalanish xohishlari);

  6. moyillik (Yangi bilimlarni olish natijasida ta’lim beruvchi o‘zini olam haqidagi fikrlash usulini qayta qurishni boshlashi uchun boshqalarning fikr va tushunchalarini qonuniyat asosida bir chiziqqa joylashi).

Demak, fanlarni o‘qitish jarayoni butun bir pedagogik jarayonda samarali faoliyat ko‘rsatishning didaktik asosidan iborat ekan.
Ta’lim jarayonida fanlar bo‘yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni ko‘nikmaga aylantirishgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qo‘llashga imkon beradi. Bunday mashg‘ulotlar tanlangan kasbi to‘g‘ri ekanligiga ishonch hissini tug‘diradi.
Umuman olganda ta’lim nazariyasi bo‘yicha donishmand allomalarimiz va mutaxassis–olimlar ko‘plab Shug‘ullanganlar. “Antik pedagogikada tabiatga, atrof – muhitga, o‘zaro insoniy munosabatlar majmuasi bo‘lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Bu vaqtlarda ta’lim – tarbiYaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo‘lgan. Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda mehnatsevarlik, ma’naviy – axloqiy sifatlar bilan uyg‘un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan. Bu pedagogik qarashlar mashhur “Avesto” (er. av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er. av. III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib O‘rta Osiyo, qadimgi Hindiston pedagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi kabi tushunchalar ilgari surildi.
Ta’lim nazariyasiga katta hissa qo‘shgan mutaxassis– olimlardan biri Yan Amos Komenskiy (1592 - 1670)dir. U ta’lim nazariyasi bo‘yicha birinchi fundamental asar yozgan olimdir. Uning asarining nomi “Buyuk didaktika”, deb atalib, u 1657 yilda nashr qilingan. YA.A.Komenskiy o‘z asarida qunt bilan ko‘p sonli bo‘limdan foydalangan holda ta’lim xususiyatlarini ko‘rib chiqadi, narsalar tabiatiga taYanib ta’limning “kelib chiqishini” va tamoyillarni shakllantiradi.
Amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Jon Dyui (1859 - 1952) ta’lim oluvchi faoliyatini faollashtiruvchi soha tarafdori sifatida maktablarni keskin Yangilashda qatnashdi. Bosh maqsad bilimni etkazib bermasdan, balki ta’limni shaxsiy tajriba asosida, ya’ni bolalarning tug‘ma qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish maqsadida u maktab tizimini isloh qilishni taklif etdi. An’anaviy ta’lim tizimiga qarshi Dyui va uning hamkorlari yaratgan konsepsiyasi (qarashlari tizimi) “ilg‘or” deb ataldi. Ilg‘orlar didaktikasi ko‘pincha erkin tarbiya g‘oyasiga taYangan. Erkin tarbiYani fransuz faylasuf–ma’rifatparvari J.J. Russo (1712 - 1778), nemis pedagogi F.A.Disterverg va o‘sha davrdagi ma’rifatparvar pedagoglardan, rus yozuvchisi, mutafakkir va pedagog L.N.Tolstoy (1828 – 1910) YAsnopolYanadagi maktabda bolalarni erkin tarbiyalash g‘oyasini namoyon etgan..
Umuman, ta’lim jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan tashkil topadi:
1. O‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish.
2. Uni tanlab olishi tushunchalarini hosil bo‘lishi.
3. Bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish.
4. Hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash.
Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi – fuqarolarga ta’lim–tarbiya berish, kasb–hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsion ta’minlash.

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish