Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Testga qanday talablar qo‘yiladi?



Download 4,45 Mb.
bet150/245
Sana08.02.2022
Hajmi4,45 Mb.
#436313
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   245
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

8. Testga qanday talablar qo‘yiladi?
A. moslik (adekvatlilik), oddiylik, aniqlik.
B. oddiylik, aniqlik va muayYanlik.
S. adekvatlilik, oddiylik, aniqlik va muayYanlik.
D. moslik (adekvatlilik), oddiylik, aniqlik va muayYanlik.
10-seminar mashg‘uloti.

Mavzu: Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish – milliy tarbiYaning bosh maqsadi.


REJA:
1.Tarbiya mazmuni. Tarbiya mazmunini belgilovchi omillar (xalq og‘zaki ijodi, san’at, adabiyot va milliy madaniyat (urf-odat, marosim, an’ana va bayram) namunalari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari, ajdodlar tajribasi).
2.Tarbiya turlari: ma’naviy-axloqiy, fuqarolik (vatanparvarlik, baynalminallik), aqliy, jismoniy, mehnat, iqtisodiy, ekologik, estetik, huquqiy va jinsiy tarbiya.
3.Milliy tarbiya – “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashning muhim omili.
4.Xorijiy mamlakatlar tarbiya konsepsiyasining asosiy g‘oyalari.


Maqsad: Talaba yoshlarni tarbiyaning nima ekanligi, uning inson kamolatidagi roli haqida tushuntirish.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, usuli va tashkil etilish masalalarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazaridan yondoshish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqazo etmoqda. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiyasi borasidagi boy tajribalarga taYanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda maktabshunoslik bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya shaxsning muayYan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy-ijtimoiy tajribaga suYangan holda olib boriluvchi faoliyat jarayonidir. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayYan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Turli makon va zamonda g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohatlar olib borilmoqda. Islohatlarning asosiy g‘oyasi Respublikaning rivojlanishi va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi.
Tarbiya-shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘zarobog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi shakllana boradi. His-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki extiyoj va hohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari, shaxsga tashqi omillarning hox salbiy, hox ijobiy ta’siri bolaning ularga munosabati bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbida paydo bo‘layotgan munosabatini, turli kechinmalarni qanday anglashni baholashni xis qilinishi. Ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar murakkablashib boradi.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchining onginigina emas, balki xis-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan hulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga, xissiyotiga va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi, o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismlari ham ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida amalga oshiriladi.
Umumiy pedagogik jarayonda tarbiya muhim o‘rin tutadi. Shaxsni shakllantirish boshqaruv, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldindan belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etilib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi.
Tarbiya jarayonining natijasi barkamol shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlikni, Shuningdek, o‘qituvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog etakchi rol o‘ynaydi. Chunki u ijtimoiy tarbiYaning umumiy maqsadlari mohiyatini tuShunadi, maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlari va usullari asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondoshishi bilan muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin.
Shaxsning ko‘pdan-ko‘p hislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o‘zaro mustahkam bog‘langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit ravishda rivojlanadi.
Bola o‘sib va rivojlanib borgan sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi.
Yaxlit yondoshish ob’ektiv ravishda aqliy, g‘oyaviy, siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya birligini o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va ommaviy shakllari qo‘shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik jarayonni vujudga keltirish va bu jarayonlarga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirishga, uning atrof-tevarakka, jamiyatga, odamlarga, o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirishga, kengaytirishga qaratilgan. SHaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil bo‘lsa, uning ma’naviy dunyosi Shunchalik boy bo‘ladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli xarakterga ega. YA’ni bola shaxsining qaror topishi, oila, maktab, jamoatchilik ijtimoiy muhit, Shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi bevosita va bilvosita ta’sirlari ostida ro‘y beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil tavsifda bo‘lmaydi. Bu narsa o‘quvchilarning psixologik, individual-tipologik, fiziologik va jismoniy xususiyatlariga, ularning hayoti va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq.
Tarbiya jarayoni odatda o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususiyatlarini bartaraf etish bilan qo‘shib olib boriladi.
O‘zini-o‘zi tarbiyalash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda, salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi.
O‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni tavsifidagi zararli sifatlarni yo‘qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir. Bola hulqidagi og‘ishlar oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulq hosil qilgan sabab sharoit o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta’sirini oila, ota-ona ham ma’qullashi lozim.
Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o‘zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Tarbiya turlari axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiYaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan bir qator vazifalarni amalga oshiradi.
Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni taribyalashning mazmuniga va yo‘nalishiga qo‘yiladigan eng muhim talablarni belgilab, beruvchi asosiy g‘oya va qoidalar yig‘indisiga aylanadi.
Tarbiya jarayonni ilg‘or tamoyillarga amal qilinishi uning samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. TarbiYaning maqsadi yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi:

  1. Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalari ustunligi:

  1. Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlar ustunligi:

  2. Tarbiyada izchillik va tizimlilik:

  3. TarbiYani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish:

  4. TarbiYani mehnat bilan bog‘lash:

  5. Tarbiyalanuvchi shaxsni hurmat qilish:

  6. Tarbiyada o‘quvchining yosh va individual xususiyatini hisobga olish.

  7. Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash:

  8. Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga taYanib, salbiy tomonlarga yo‘qotish.


Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish