GLOSSARIY
Fan bo‘yicha qisqacha izoxli lugat.
«Axloq», «xulq» va «atvor» so’zlari arabcha so’z bo’lib, ular o’zbek tilida ham o’z ma’nosida qo’llaniladi. Axloq kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmuidir. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, hamma soxalarda kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyalarini bajaradi.
Bakalavriat- o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi negizida oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt yildan kam bo’lmagan taYanch oliy ta’limidir.
Bilish, anglash-dunyo haqidagi Yangi bilimlar xisoblanadigan sub’ekt va ob’ektning o’zaro ta’sirini, voqelikning ruxiyatda qayta ta’sir etilishi va aks ettirish jarayonidir.
Dars- ma’lum maqsad asosida, belgilangan vaqtda aloxida, bir xil yoshdagi o’quvchilar, yoshlar bilan uqituvchi raxbarligida olib boriladigan ta’lim jarayoni.
Darslik- maxsus ravishda o’quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi.
Jamoa-insonparvarlik va javobgarlik ma’suliyatlariga bog’liqligi bilan xarakterlanadigan munosabatlar hamda xamkorlikdagi ijtimoiy ijobiy faoliyatiga asoslangan, kishilarning tashkil etilgan umumiyligi, jamoasidir.
Idrok- mazkur muddatda sezgi organlarida ularning bevosita ta’sir etishi davomidagi bir butun hodisalar yoki narsalarning inson ongida aks etishidir.
Maqsad-bo’lgusi natijalar haqida xar doim aqlan o’lab ko’rilgan, rivojlantirilgan xayoliy tasavvurlar, kelgusidagi rejalar.
SHaxs dinamikasi - kishilarning ontogenetik rivojlanishini o’z ichiga olgan xolda sub’ektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o’zgarish jarayoni.
SHaxsiy fazilat - shaxs tomonidan o’zining axloqiy, ruxiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o’rnini anglay olish xususiyati.
E’tiqod - shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va xodisalarning qalban va asosli ishonch bilan bog’langan, uning atrof-muxitga xamda o’zining xatti-harakatlariga bo’lgan sub’ektiv munosabati.
Evristika ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko’rsatmalari.
Empirik - tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich tadqiqot ob’ekti to’grisida xar tomonlama tasavvur xosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va xodisalar moxiyatiga erishishga bo’lgan talab o’rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash.
Estetik tarbiya – go’zallikni xis qilish, atrof-muxitdan go’zallikni payqay olish va tuShunishga bo’lgan qobiliyatni tarbiyalash.
Extiyoj - individning biror narsa-xodisaga muxtojligi va kishining ruxiy quvvati xamda faolligi manbai xisoblanadigan asosiy xususiyati.
Extimollik - tasodifiylik, pedagogik xayotdagi o’zgarishlarni aniq aytib berish mumkin bo’lmagan, extimol kutilgan jarayon.
O‘yin faoliyatnini bir turi bo’lib, ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va bunyod etishga, o’z xatti-harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi.
O‘z-o‘zini baholash - shaxsning o’z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baxolay olishi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash I) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruxiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
O’qitish - ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan o’qituvchining faoliyati.
O‘qitish - 1) ta’limning o’ziga xos usuli bo’lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) talaba va o’qituvchi, talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi o’laroq atrof-muxit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o’rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni.
O’qituvchining innovatsion faoliyati - ijtimoiy pedagogik fenomen bo’lib, ijobiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.
O’qitish vazifasi - ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari.
O’qitish turlari - sokratcha suxbat metodi, ta’lim berish, izoxlash-namoyish etish asosida o’qitish, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, o’quv jarayonini algoritmlash, differensiatsiyali hamda indnvidual ta’lim va boshqalar.
O’Qish – o’quvchinnng o’z qobiliyati, bilimi, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan harakat.
Talabalarni kasbga yo’naltirish - talaba-yoshlarga kelajakda o’z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish texnik tadbirlarnnng asoslangan tizimi.
O’quv-bilish faoliyati - insoniyat tomonidan to’plangan madaniy boylikni egallash bilan bog’lik faoliyat.
O’quv faoliyati - shaxsning Yangi bilim, malaka va ko’nikmalarni egallash jarayoni.
Qiziqish - shaxs harakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalishining ongli shakli.
Xalollik - shaxsiy va ijtimoiy majburiyatlarni, axloqiy me’yorlarni rostgoylik bilan saqlash.
Xasad – o’zgalarninig muvaffaqiyatlarini ko’ra olmaslikdan kelib chiqadigan tuygu.
Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilgor va Yangi pedagogik tajribalarni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |