Quyidagi savollarga javob bering.
1. Abu Nasr Forobiyning“Baxt-saodatga erishuv”asarining mazmun moxiyatini tushuntirib bering.(O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.K.Xoshimov., S.Ochil.Toshkent “O‘qituvchi” 1995 yil.106-109 betlar)
2. Abu Nasr Forobiyning pedagogik fikrlarini hozirgi zamon pedagogikasi bilan uzviy bog‘liq tomonini taqqoslang
24- mavzu : Abu Ali ibn Sino ta’lim – tarbiya haqida.
Reja
Ibn Sino fanlar tasnifi to‘g‘risida. Ibn Sino aqliy va jismoniy tarbiya haqida.
Abu Ali ibn Sino ta’limotida ta’lim va tarbiya usullari, shakl va metodlari.
Ibn Sino pedagogik qarashlarining hozirgi davrdagi ahamiyati.
SHarqda "SHayx ar - Rais" nomi bilan mashhur bo‘lgan allomalardan biri o‘rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar katori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhyp yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona kishlogida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko‘chib o‘tgach, u boshlang‘ich maktabda o‘qiy boshlaydi. Undagi tug‘ma qobiliyat, o‘tkir zehn, kuchli xotira o‘zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh xamda uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ularning ilmiy munozara o‘tadigan oilaviy muhit yosh Ibn Sinoga ham ta’sir etadi. SHu bilan birga uning bolalik va o‘smirlik yillari o‘tgan Buxoro shahri Somoniylar davrining yirik madaniy markazi hisoblanar edi. Buxoroda ko‘plab madrasa, kasalxona nodir kitoblar saqlanadigankutubxonabo‘lgan. Jaxonning turli mamlakattalaridan kelgan olimlarning munozaralarida yosh Ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan xind hisobi, fiqxdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdullox Notiliydan falsafa mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. SHundan so‘ng Ibn Sino o‘zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug‘ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim bergan kishi buxorolik Abu Mansur Qamariy bo‘ldi. Ibn Sino so‘ngra falsafani o‘rganishga kirishadi. Ayniqsa, Arestotel falsafasini, uning “Metafizika" asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to‘liq o‘zlashtirib oladi.
X asr oxiri - XI asr boshlariga kelib, o‘lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. SHu tufayli Ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko‘chib o‘tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy boshqarayotgan "Ma’mun akademiyasida" ilmiy ish bilan shug‘ullana boshlaydi. Xorazmda o‘zining yirik asari - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish olib boradi.
Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlariniijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. SHuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o‘ringa tibbiyot fanlarini qo‘yadi. Falsafani esa ikki guruhga , ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo‘ladi. Nazariy guruh kishilarni o‘zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo‘llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nima qilishimiz kerakligini o‘rgatadi deydi.
U birinchi o‘ringa etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Abu Ali Ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga dav’at etadi. CHunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonuniyatlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson kiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, deydi. "Ey birodarlar! “Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolothosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir".
Talabaga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchidir. SHunga ko‘ra Ibn Sinoo‘qituvchining qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo‘l-yo‘riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi.
-ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziktira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
- Har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur, deydi olim.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o‘rin berilgan. CHunki inson avvalo oilada kamolotga etadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari hunarmand, dexqonlar mehnatini ulug‘laydi va qimorboz, sudxo‘rkabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to‘g‘ri talqin etadi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy-estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga etishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa Ibn Sinoning tarbiya sohasidagi katta xizmatlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ibn Sino inson kamolotida aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyaning o‘zaro aloqada amalga oshirishning ilmiy ta’limotini, usullarini yaratib,ta’lim-tarbiya sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug‘laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini tinmay targ‘ib qildi.
Ibn Sinoning inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina emas, balki mustaqil risolalarida axloqiy masalalarni chuqur ilmiy-amaliy jihatdan ifodalagan , ilm-fan sohasida tarbiyashunos olim sifatida ham tadqiq etish, o‘rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.
Ibn Sino inson kamolotida qanday tarbiyalarning aloqada amalga oshirishning ilmiy ta’limotini , usullarini yaratdi.
a) Aqliy, axloqiy, jismoniy.
b) Aqliy, axloqiy, estetik.
v) Aqliy, axloqiy, iqtisodiy.
g) Aqliy, axloqiy.
2. Ibn Sino inson salomatligini saqlash faoliyatining boshqa barcha tomonlarini bilan bog‘lab olib borish g‘oyasini qaysi asarida ilgari suradi.
a) "Xay ibn YAkzon".
b) "Kitob at - ishorat va at tanbixon".
v) "Tib qonunlari".
g) "Tadbiri manzil".
3.Kimga qanday pandu-nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil”.
a)Amir Unsurul-Maoliy Kaykovus.
b)Abu Ali ibn Sino.
V)Axmad YUgnakiy.
4.SHarq “Uyg‘onish davri”ga oid ilm-fan rivojlanishidagi uch yo‘nalish bu
A)Matematika –tibbiyot, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’limiy-axloqiy.
B)Ta’limiy falsafiy, ta’limiy-axloqiy, matematika-tabiyot.
V)Matematika-tabiyot, ijtimoiy-falsafiy, ta’limiy-axloqiy.
5. Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ta’lim-tarbiyaga ta’rif bergan alloma....
A)Al-Xorazmiy.
B)Al-Farobiy.
V) Al-Farg‘oniy.
6. “Donishnoma” asarining muallifi
A) Ibn Sino.
B) Farobiy.
V) Al-Motrudiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |