1-topshiriq.
Insondagi yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlar mavzusida kichik insho yozing.
2-topshiriq
Quyidagi pedagogik masalalarni eching.
1-masala.
Adabiyot darsida bolalar adabiy portretning yaratilishi ustidi ishlashardi. O‘qituvchi o‘quvchilarning har biriga ularning o‘zlariga yakindan tanish bo‘lgan kishining tashqi qiyofasini tasvirlashni tavsiya qildi. Barcha bolalar o‘z daftarlari ustiga egildilar...
Shu payt bir o‘jar bola o‘z yozganlarni ovoz chiqarib, butun sinfga o‘qib bera boshladi... o‘qituvchi esa sekingina “oh” deb yubordi: portretda, o‘quvchi tasvirda uning ko‘rimsiz tashqi qiyofasidagi alomatlar Shunchalik mohirlik bilan tasvirlangan ediki, u gap kim to‘g‘risida ketayotganligini darhol payqadi. Ha? U o‘zini tanidi! Baqirib yuborgisi, bu yaramas bolani jim bo‘lishga majbur qilgisi, sinfdan qochib chiqib ketgisi keldi...
Yuzaga kelgan vaziyatda o‘qituvchi o‘zini qanday tutsa pedagogik maqsadga muvofiq bo‘ladi?
O‘qituvchining xulq-atvorini, uning tutayotgan pozitsiyasini baholang. Bu vaziyatni yuzaga keltirish bilan u qanday muammoni hal etyapti?
Bunga o‘xshash vaziyatlar qaysi jihatlari bilan o‘ziga xoslikni tashkil qiladi? Bunday vaziyatlar har vaqt ham sodir bo‘lib turadimi? Ularning sodir bo‘lishiga nima sabab bo‘lishi mumkin?
a) bu vaziyatda o‘qituvchi bosiq, og‘ir, bo‘lishi kerak. Hatto kulimsirab qo‘yishi mumkin. Chunki bola mavzuga to‘la amal qilyapti;
b) o‘quvchi mavzuni to‘la yoritgan, lekin o‘zini tuta bilmadi. O‘qituvchi baqirmasligi kerak edi. Bu bilan u o‘qituvchining nihoyatda mahoratga ega bo‘lishi kerakligini muammo qilib qo‘ymoqda;
v) o‘quvchilarda bunday xislatlar bo‘lishi tabiiy. Bunday vaziyatlar doim bo‘lib turadi. Bolalar o‘zini ko‘rsatishni yaxshi ko‘radi.
a) o‘qituvchi bolani jim o‘tirishga majbur qilishi kerak;
b) o‘quvchi yaxshi ish qilmayapti, bu bilan u o‘ylab topshiriq berish kerakligini eslatadi;
v) dars jarayonida bunday bolalar bilan ishlash kerakligini eslatyapti. Bunday hodisalar tez-tez bo‘lib turadi. Bularning sodir bo‘lishiga sabab o‘zini maqtasin deb qiladi.
a) o‘quvchi jim bo‘lishiga erishsin;
b) o‘quvchi o‘qituvchisiga yaxshi ko‘rinish uchun, bunday ish bilan bolalar har xil ekanligini bildirmoqchi;
v) bunday voqealar bo‘lib turadi. Bularning sodir bo‘lishiga tarbiya sababchidir.
a) o‘quvchiga baqirish, do‘q urish kerak;
b) o‘quvchi o‘zini ko‘rsatmoqchi, qanday muammoni hal qilyapti ekan ?
v) goh-gohida sodir bo‘ladi, bilmadim.
3-topshiriq
Milliy tarbiya –“ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashning muhim omili mavzusi bo‘yicha ma’ruza tezisini tuzing.
11- seminar mashg’uloti
Do'stlaringiz bilan baham: |