ADABIYOTLAR
Hashimov K, Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: “O‘zbekiston milliy kutubxonasi” nashriyoti, 2005.
Hoshimov K., Ochil S. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 1999.
Hoshimov K., Ochil S. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 2010.
Niyozov G‘., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari. – T.: “NOSHIR”, 2011.
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnahrda
pedagogik fikrlar rivoji.
REJA
1.Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.
2. Navoiyning maktab va madrasaslar rivojiga qo‘shgan hissasi.
3. Navoiyning o‘qituvchi(mudarris) to‘g‘risidagi fikrlari.
4. Abduraxmon Jomiyning pedagogik qarashlari.
5. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari.
6.“Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar taraqqiyotidagi o‘rni.
TaYanch tushunchalar: Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, “Axloqiy Jaloliy”, “Mahbub-ul-qulub”, madrasa.
Buyuk mutafakkir olim Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalarini rivojlantirish bilan birgalikda ta’lim-tarbiYani ham takomillashtirishga e’tibor bergan. Uning hamma asarlarida tarbiyaga oid qarashlar o‘z ifodasini topgan. Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ifodalagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonning mazmuni, yo‘llari, usullarini bayon etadi. U inson kamolotida ilm -fanning o‘rniaql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiYaning mohiyatini yoritib beradi.
Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan deb biladi. U insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqaruvchi omil deb ta’riflaydi. Shunga ko‘ra o‘z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo‘lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi deb hisoblaydi. Chunki egallashdan maqsad ham xalqning, o‘z mamlakatining baxt-saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishdan iboratdir deb ta’kidlaydi.
U bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.
Alisher Navoiy «Ixlosiya» deb nomlangan madrasa va uning qoshidamaktablar ochadi. Madrasa va maktabda ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda katta intizom va talabga rioya qilishni talab etadi.
Alisher Navoiy o‘zi barpo etgan «Ixlosiya» madrasasida o‘z zamonasiga etuk muddarislarini yig‘adi va ilm izlagan talabalar ana Shu madrasalarda peshvolaridan tahsil oldilar.
YAxshi xulq asosi-odob,u Navoiy nazarida barcha insoniy xislatlar boshlanishi sanaladi. Komil insonga xos xislatlar ana Shunga bog‘liq pavishda ta’rif beriladi. Navoiy o‘zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy-tarbiyaviy-axloqiy asarlarida o‘zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlar deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik va boshqalarni tuShungan, ana Shu xislatlar tarkib topgan insonda yomonlik, razillik bo‘lmasligi kerak deb hisoblaydi.
Insonni har tomonlama etuk inson bo‘lib shakllanishida Navoiy jismoniy tarbiYani ham muhimligini ta’kidlab o‘tadi. Uni biz Navoiyning «Farxod va SHirin» asaridagi Farxod obrazida o‘z qahramonini jismonan etuk yaratganidan bilamiz. Uning qahramonlari har qanday qiyinchilikni o‘z kuchlari, aqli bilan bararaf etadi. U Yana bola tarbiyasida oila ya’ni, ota-ona tarbiyasi muhimligini ta’kidlab o‘tadi. U tarbiya va ta’lim ota-ona hamda o‘qituvchi tomonidan olib borishi lozim deydi.
U o‘zining «Xamsa», «Maxbub ul-qulub», «Munojot», «Vaqfiya» asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarni ko‘rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O‘z davrdagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o‘qituvchi xaqida gapirar ekan, muallim o‘z shogirdlarini ham, o‘zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo‘lishi zarur deydi. O‘ziga ham, o‘qituvchiga ham talabchan bo‘lishni o‘qituvchini jamiyatda obro‘li va hurmatga loyiq inson bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda xurmat kilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.
Navoiyning haqiqiy insonn-pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to‘g‘ri, sahovatli, odobli, kamtar, hayoli, muruvvatli shaxs. Bu xislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana Shu oliyjanob xislatlarni tarbiyalash kerak deydi va axloqiy fazilatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tuShuntiradi.
Alisher Navoiy “Xayratul- abror” dostonining o‘n birinchi maqolatida ilmni Shunday sharhlaydi va uni quyosh,oy va kunduzga o‘xshatib, u insonni baxt-saodatga eltadi, demoqchi bo‘ladi.
“Maxbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘ta qattiqqo‘l, johil va ta’magirliklarini:”Maktab tutuvchi gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga rag‘batlangan. Ularni kaltaklashga o‘rgangan. O‘zi rahmsiz, miyasi po‘lat va ko‘ngli toshdir. G‘azabli qoshi chimirilgan, gunohsizlarga achchiqlanishga odatlangandir, Ularning ko‘pchiligida ko‘ngil qattiqligi va ta’ma kasalligi oshkor va o‘zlari aql kamligiga giriftor. Ammo yosh bolalar tabiyatidagi qaysarlikni qiynalib rom qiluvchi va kichkinalarning olazarak harakatini do‘q bilan tartibga soluvchidir. Agarchi qiliqlaring qo‘polligi namoyondir, ammo o‘zlari yosh bolalar kelishmaganliklarini silliqlashtirishga yirik egovdir”, -deb qoralash bilan birga o‘qituvchi mehnatining haqqini xolisona baholaydi.
Alisher Navoiy o‘qituvchining xurmatini qanchalik joyiga qo‘ysa, unga bo‘lgan talabni xam Shunchalik oshiradi. Ayniqsa madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma’naviy pok bo‘lishlarini talab etadi: ”mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgizmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgazmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bo‘lmasa... YAramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa; qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir,yomon odatni tarqatuvchidir”.
Nuriddin Abduraxmon Jomiy –musulmon sharqida katta Shuxrat buyuk olim, fors – tojik mumtoz adabiyotining ulug‘ namoyondasi.
Jomiy yaxshilik,shafqatlilik,olijanoblilikni inson hayotining maqsadi qilib qo‘yish, har bir inson hayotda shodlik va baxtli bo‘lishni istasa, u o‘zidan keyingi avlodlarga yaxshilik xotirasi qoldirishi kerakligi g‘oyasini ilgari suradi.Jomiy o‘z asarlarida, ayniqsa nasriy yo‘lda yozilgan “Bahoriston” asarida ta’lim-tarbiya masalalari xususida fikr bildiradi.Jomiyning fikricha, ilm inson uchun hayotga yo‘l ochuvchi va uni o‘z maqsadiga ergashtiruvchi omildir.Ilm va hunarni yoshlikdan egallash kerak. Ilm insonga hamma narsani oson va puxta anglab olishga yordam beradi, mehnatni engillashtiradi.
Eng zarur bilimni qunt bilan o‘rgan,
Zarur bo‘lmaganin axtarib yurma.
Zarurini xosil qilgandan keyin,
Unga amal qilmay umr o‘tkurma.(A.Jomiy. Bahoriston.T.,”YOsh gvardiya”,1979,15 bet)
Jomiy Jomiy o‘z pedagogik qarashlarida manmanlik, kekayishlarni qoralaydi, g‘ururlikni nodonlikning belgisi deb biladi.U inson xatto boshqalardan biror sifati bilan yuqori darajali bo‘lsa ham, kamtar bo‘lish kerakligini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |