Bolalar to’liq kun mobaynida bo’ladigan
guruhning kun tartibi
1
|
Kun tartibi
|
4-5 yosh
|
2
|
Bolalarni qabul qilish, mustaqil faoliyat, o’yinlar, ertalabki badantarbiya
|
7.00 – 8.20
|
3
|
Nonushtaga tayyorgarlik, nonushta
|
8.20- 8.50
|
4.
|
Mustaqil faoliyat, o’yinlar
|
8.50 – 9.00
|
5.
|
O’yinli ta’lim faoliyati
|
9.00-9.40
|
6.
|
Didaktik o’yinlar, mustaqil faoliyat
|
9.40-10.00
|
7.
|
Sayrga tayyorgarlik, sayr
|
10.00 –12.00
|
8.
|
Sayrdan qaytish, o’yinlar
|
12.00 –12.20
|
9.
|
Tushlikka tayyorgarlik, tushlik
|
12.20 -12.50
|
10
|
Uxlashga tayyorgarlik, kunduzgi uyqu
|
12.50-15.00
|
11
|
Uyqusiz vaqt
|
|
12
|
Tetiklashtiruvchi gimnastika, havo va suv muolajalari
|
15.00-15.10
|
13
|
Ikkinchi tushlikka (poldnik) tayyorgarlik, ikkinchi tushlik
|
15.15-15.30
|
14
|
Qo’shimcha ta’lim, badiiy adabiyot o’qish, mustaqil o’yin faoliyati
|
15.30-16.30
|
15
|
Sayr, mustaqil o’yin faoliyati
|
16.30-17.45
|
16
|
Bolalarning uyga ketishi
|
17.45-18.00
|
Izoh: har bir MTT bolalarning tashkilotda bo’lish soatlari miqdoridan kelib chiqqan holda va Sanitariya-gigiena talablariga muvofiq ravishda o’z kun tartibini ishlab chiqishi mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, o’yin-ta’lim faoliyati kunduzgi uyquni hisobga olgan holda – 15%, kunduzgi uyquni hisobga olmaganda – 38%, bolalarning ochiq havoda bo’lishi – 38%, mustaqil o’yin faoliyati – 24%, sog’lom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiena ko’nikmalari) – 20%, ota-onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti to’g’risida xabardor qilish – 3% ni tashkil etadi.
Oy va hafta mavzulari
Oylar
|
Oy mavzusi
|
Haftalar
|
Mavzusi
|
Sentyabr
|
« Ona yurtim- O’zbekiston »
|
1-hafta
|
“ O’zbekistonim mening Vatanim”
|
2- hafta
|
«Mening shahrim –mening mahallam»
|
3- hafta
|
«Men va mening oilam»
|
4- hafta
|
«Men va mening do’stlarim»
|
Oktyabr
|
« Oltin kuz »
|
1- hafta
|
« Oltin kuz »
|
2 hafta
|
« Tabiat omborxonasi: sabzavotlar,mevalar, rezavor mevalar»
|
3- hafta
|
Non hammasiga darkor
|
4 -hafta
|
O’zbekistonning oq oltini
|
|
|
Noyabr
|
Transport ko’cha harakati qoidalari
( KXK), Xayotiy faoliyat xavfsizligi qoidalari
|
1 - hafta
|
Quriqlik transport
|
2- hafta
|
Rangli svetafor
|
3- hafta
|
Favqulotda vaziyatlar xizmati
|
4- hafta
|
Barcha kasblar muhim
|
|
|
Oy va hafta mavzulari
Oylar
|
Oy mavzusi
|
Haftalar
|
Mavzusi
|
Dekabr
|
« Kumush kish »
|
1- hafta
|
Qish
|
2- hafta
|
Sog’lom tanda –sog’lom ruh
|
3- hafta
|
Ertaklar olamiga mehmon
|
4 hafta
|
Yangi yil nima?
|
Yanvar
|
« Mening yurtim-mening bog’cham »
|
1-hafta
|
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
|
2-hafta
|
Vatan himoyachilari kuni
|
3-hafta
|
Ertaklar olamiga mehmonda
|
4-hafta
|
Xushmuomalalik alifbosi
|
|
|
Fevral
|
Jonli va Jonsiz tabiat olami
|
1-hafta
|
Bolalar bog’chasi
|
2-hafta
|
O’zbekistonning buyuk simolari
|
3-hafta
|
Sevimli kitobim
|
4-hafta
|
Inson va kitob
|
|
|
Oy va hafta mavzulari
Oylar
|
Oy mavzusi
|
Haftalar
|
Mavzusi
|
Mart
|
« Go’zal bahor »
|
1- hafta
|
Onajonmlar kuni
|
2- hafta
|
Mavsumiy o’zgarishlar
|
3- hafta
|
Navro’z bayrami
|
4 hafta
|
Hasharotlar
|
Aprel
|
Osmon sirlari
|
1-hafta
|
Gullab yashnayotgan bahor
|
2-hafta
|
Fazo sirlari
|
3-hafta
|
Er kuni
|
4-hafta
|
Hayvonlar, o’simlik va odamlar hayotida havo va suv
|
5-hafta
|
|
May
|
Sehrli so’zlar
|
1-hafta
|
Men va mening uyim
|
2-hafta
|
Mebel
|
3-hafta
|
Idish tovoqlar
|
4-hafta
|
Bizning yordamchilarimiz maishiy
asboblar
|
|
|
Ta’limiy faoliyatlar nomi
№ t/ r
|
Ta’limiy faoliyatlar nomi
|
O’quv yili mobaynida
|
Sog’lomlashtirish davri mobaynida
|
Hafta mobaynida
|
Oy mobaynida
|
O’quv yili mobaynida
|
Hafta mobaynida
|
Oy mobaynida
|
|
1
|
Nutqni rivojlantirish
|
2
|
8
|
72
|
1
|
4
|
40
|
amaliy tajribalar
|
2
|
mantiqiy fikrlash
|
1
|
4
|
36
|
O’yinlar
|
1
|
37
|
|
Elementar matematika
|
3
|
Jismoniy tarbiya
|
2 (undan bittasi toza xavoda)
|
8
|
72
|
Xordiq
|
1
|
73
|
4
|
Musiqa
|
2
|
8
|
72
|
Xordiq
|
1
|
73
|
jami
|
|
6
|
24
|
216
|
1
|
7
|
223
|
Xaftalik ta’limiy faoliyatlar jadvali
-
№
|
Xafta kunlari
|
Ta’limiy faoliyatlar nomi
|
1
|
Dushanba
|
1. Markazdagi faoliyat
2.Musiqa
|
2
|
Seshanba
|
1.Nutq o’stirish
2. Markazdagi faoliyat
3.Jismoniy tarbiya
|
3
|
Chorshanba
|
1. Elementar matematika/ mantiqiy fikrlash
2. Markazdagi faoliyat
3. Musiqa
|
4
|
Payshanba
|
1. Nutq o’stirish
2. Markazdagi faoliyat
|
5
|
Juma
|
1. Markazdagi faoliyat
2. Jismoniy tarbiya
|
|
Jami
|
12
|
Ushbu reja maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan
« Ilk qadam » Davlat dasturi, «O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari asosida tuzildi.
Mashg’ulotlar rivojlanish markazlarida kuyidagi tartibda taqsimlab chiqildi:
Qurilish va konstruktsiyalash markazida- qurish-yasash ta’limiy faoliyat;
Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazida- badiiy adabiyot ta’limiy faoliyat va o’yinlar;
Til va nutq markazida-nutk o’stirish ta’limiy faoliyat, savodga o’rgatish ta’limiy faoliyat;
Ilm fan va tabiat markazida- atrof-olam bilan tanishtirish, tabiat bilan tanishtirish;
Sanat markazida- rasm chizish, loy yeki plastilin , applikatsiya mashg’ulotlari;
Aqliy rivojlanish markazida-elementar matematika ta’limiy faoliyat;
Sog’lomlashtirish markazida- jismoniy tarbiya ta’limiy faoliyat;
Musia va ritmika markazida- musiqa ta’limiy faoliyat
4-5 yosh bo’lgan guruhlarda nutq o’stirish ta’limiy faoliyatida sentyabrdan may oyigacha amalga oshiriladigan mavzular rejasi
Oy mavzusi
|
xafta
|
|
Xafta mavzulari
|
Sentyabr
Ona yurtim O’zbekistonim
|
1-xafta
|
“O’zbekistonim mening Vatanim”
|
“O’zbekistonim mening Vatanim”
suhbat
|
Zafar Diyor “Serquyosh o’lka” she’ri
|
2-xafta
|
«Menning shahar-mening mahallam»
|
”Mening ona shahrim” (hikoya).
|
”S” tovushi bilan tanishtirish
|
3-xafta
|
«Men va mening oilam»
|
Hamid Badalov “Mening oilam” (shaxsiy hayotdan).
|
«Men va mening oilam» (shaxsiy hayotdan hikoya).
|
4- xafta
|
«Men va mening do’stlarim»
|
“Men va mening do’stlarim” shaxsiy hayotdan hikoya).
|
L.Maxmudov “Barno” hikoyasi
|
Oktyabr
Rang-barang kuz
|
1-xafta
|
« Oltin kuz »
|
« Kuz fasli» (surat asosida hikoya tuzish).
|
Hamid Olimjon “Kuz” she’ri
|
2-xafta
|
Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar
|
“O’lkamiz meva va sabzavotlari” haqida suhat
|
S.G’ofurov “Soqolli shaftoli” hikoyasi
|
3-xafta
|
Non hammasiga darkor
|
T.Ortiqxo’jaev “Kulcha non” she’ri
|
Non turlari haqida
|
4-xafta
|
« O’zbekistonning oq oltini»
|
Paxtadan nimalar tayyorlanadi? sur’ati asosida suhbat
|
R.Mo’min “Oq paxta” she’ri
|
Noyabr
Transport. Yo’l harakati qoidalari.
|
1-xafta
|
Quriqlikdagi transportlar
|
”Har xil transportlarda sayohat qilamiz ” rasm asosida suhbat.
|
“S” tovushlar
|
2-xafta
|
Rangli svetafor
|
Svetaforning vazifasi hikoya tuzish
|
“Svetafor” she’ri
|
3-xafta
|
Favqulotda vaziyatlar xizmati
|
“O’t o’churuvchilar kasbi” rasm asosida hikoya qilish
|
“Z” tovushi
|
4-xafta
|
Barcha kasblar muhim
|
“Shifokorlik kasbi” sodda gaplar tuzish
|
|
Dekabr
« Kumush qish »
|
1-xafta
|
Qish
|
“Qor yoqqanda” (jamoa hayotidan hikoya).
|
T.Rahimova”Yog’di-yog’di” she’r
|
2-xafta
|
Sog’lom tanda –sog’lom ruh
|
“Qishki kiyimlar” hayotiy hikoya tuzish
|
“Sog’lom bo’laman” she’ri
|
3-xafta
|
Ertaklar olamiga mehmon
|
“To’g’rilik”, “Sher va sichqon” ertagi
|
“Ertaklar olamiga mehmonda” sodda gaplar tuzish
|
4-xafta
|
Yangi yil nima?
|
“Men yangi yil archasi bayramini qanday o’tkazaman” hayotiy hikoya tuzish
|
”R” tovushi
|
Yanvar
Bolalar
bog’chasi
|
1-xafta
|
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
|
“Bog’chamizning qishki manzarasi” hayotiy hikoya tuzish
|
“Halollik” (o’zbek xalq ertagi).
|
2-xafta
|
Vatan himoyachilari kuni
|
“Alpomish” dostonidan parcha o’qib berish
|
“Posbon bo’laman” she’r
|
3-xafta
|
Ertaklar olamiga mehmonda
|
“Mening o’yinchog’im” hayotiy hikoya tuzish
|
H.Rahmat “Yaxshi so’z”.
|
4-xafta
|
Xushmuomalalik alifbosi
|
A.Avloniy «Yaxshilik yerda qolmas»
|
Xushmuomalalik nimadan boshlanadi? hayotiy hikoya tuzish
|
Fevral
G’aroyib
dunyo
|
1-xafta
|
Bolalar bog’chasi
|
X.To’xtaboev “Hassa” hikoya
|
“Bizning bog’chamiz!” hayotiy hikoya tuzish
|
2-xafta
|
O’zbekistonning buyuk simolari
|
A.Avloniy “Yomon do’st” asari
|
Buyuk simolari (surat asosida hikoya tuzish).
|
3-xafta
|
Sevimli kitobim
|
A.Navoiy “Sher va durroj” masali
|
Ba’zi tovushlar talaffuzi (mashq).
|
4-xafta
|
Inson va kitob
|
“Bobur va kabutar” rivoyati
|
“Ch” tovushi.
|
Mart
Go’zal bahor
|
1-xafta
|
Onajonmlar kuni
|
Bahor keldi (tasvir asosida hikoya).
|
T. Yo’ldosh “Oyim uyda bo’lsalar”.
|
2-xafta
|
Mavsumiy o’zgarishlar
|
N.Polyakov “Bahor yomg’iri” she’ri
|
“Bahor” (surat asosida hikoya tuzish).
|
3-xafta
|
Navro’z bayrami
|
“Navro’z bayrami” (tasvirlovchi hikoya tuzish).
|
T.Bahromov “Sumalak” (she’r).
|
4-xafta
|
Hasharotlar
|
A.Avloniy “Asalari va pashsha ” qayta hikoya qilish
|
“Hasharotlar” (tasvir asosida hikoya).
|
Aprel
Er sayyorasi- umumiy uyimiz
|
1-xafta
|
Gullab yashnayotgan bahor
|
N.Raimova “Yolpiz” hikoya
|
“Gullab yashnayotgan bahor” (surat asosida hikoya tuzish).
|
2-xafta
|
Fazo sirlari
|
“Oyga sayohat” rasm asosida suhbat
|
“J” tovushi
|
3-xafta
|
Er kuni
|
V.Oseeva “Zag’izg’onlar” hikoya
|
“Er” sayorasi
|
4-xafta
|
Hayvonlar, o’simlik va odamlar hayotida havo va suv
|
“Jonli tabiat” (tasvirlovchi hikoya tuzish).
|
”Q” tovushi
|
May
Asboblar va
anjomlar
|
1-xafta
|
Men va mening uyim
|
“Mening uyim ” hayotiy hikoya tuzish
|
A.Avloniy “Aqlli bog’bon” (hikoya).
|
2-xafta
|
Mebel
|
“Bizning mebellarimiz” hayotiy hikoya tuzish
|
“Qizil qalpoqcha” (rus xalq ertagi).
|
3-xafta
|
Idish tovoqlar
|
Shuhrat “Zaynabning mushugi nega arazladi” hikoya
|
“Idish tovoqlar” (tasvirlovchi hikoya tuzish).
|
4-xafta
|
Bizning yordamchilarimiz maishiy
asboblar
|
“Maishiy asboblar bizning yordamchimiz” hayotiy hikoya tuzish
|
“L”, “R” tovushlari
|
Mavzu: Asarni qayta hikoya qilish. A.Avloniy «Yaxshilik yerda qolmas»
Maqsad: Bolalarni yaxshilik haqida tushunalarini shakllantirish. A.Avloniy «Yaxshilik yerda qolmas» asarni qayta hikoya qilish hikoyada kim-kimga yaxshilik qilganini eslash. Kabutarning ariga qilgan yaxshiligi haqida o’qib berish. Yaxshilik qilish albatta yaxshi natija berishini, sizga ham yaxshilik qaytishini bilib olish.
Asarni ketma-ket va aniq qayta so’zlab berishga o’rgatish.
Vazifalar:
Ertak mazmunini tushunishga o’rgatish. O’z nutqlarida sodda, yoyiq gaplarning turli xillaridan foydalanish.
Ovoz kuchining past-balandligini o’zgartirishni shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar asarni qayta hikoya qilib berishga o’rganadilar
O’z nutqlarida sodda, yoyiq gaplarning turli xillaridan foydalanishga o’rganadilar.
So’zlarda "Ch " tovushini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar:
Mashg’ulotning borishi. Bolalar yaxshilik qilish deganini qanday tushunasiz? Qaysi ertaklarda kim-kimga yaxshilik qilganini eslaysiz? Hozir men sizga kabutarning Ariga qilgan yaxshiligi haqida ertak o’qib beraman. Agar yaxshilab eshitsangiz yaxshilik qilish albatta yaxshi natija berishini, sizga ham yaxshilik qaytishini bilib olasiz. (Tarbiyachi masalni ifodali qilib o’qib beradi).
A.Avloniy.
«Yaxshilik yerda qolmas».
Bir Ari suv ustida uchib borur edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. qanotlari ho’l bo’lib, ucharga kuchi yetmadi. Buni bir kabutar ko’rib, Ariga rahmi kelib, darhol bir cho’pni tishlab, suvga tashladi. Bechora Ari bu cho’pni kema qilib, suv balosidan qutildi. Oradan ko’p o’tmadi. Bir bola tuzoq qo’yib, kabutarni tutmoqchi bo’ldi. Ari buni ko’rgan zamon kelib, bolaning qulog’ini chaqdi. Bola og’riqning alamidan tuzoqni tashlab, qulog’ini ushladi. Kabutar vaqtni g’animat bilib, uchib ketib o’limdan qutildi.
Ertak bo’yicha savollar:
1. Nima sababdan Ari suvga yiqildi?
2. Ari qanday qilib qutildi?
3. Ari qanday qilib Kabutarni o’limdan qutqardi?
Tarbiyachi masalni yana bir bor o’qib beradi, so’ngra 5-6 bolalar hikoyalarini eshitadi.
Tetiklashtiruvchi mashq (Ixtiyoriy)
Savod o’rganishga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
So’zlarda "Ch " tovushini mustahkamlash.
Chumchuq-oy bolasini,
Chaqirib “chiq-chiq”laydi.
Chatoq mushuk ko’rmasin,
Chiq uyga, “chiq-chiq”laydi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ertakning nomi nima ekan?
2. Nima sababdan Ari suvga yiqildi?
3. Ari qanday qilib qutildi?
4. Ari qanday qilib Kabutarni o’limdan qutqardi?
Mavzu: ”Har xil transportlarda sayohat qilamiz ” rasm asosida suhbat. «S», «Sh» tovushlarining to’g’ri talaffuzini mustahkamlash
Maqsad: Surat bo’yicha qisqa hikoya tuzish malakalarini mustahkamlash.
Vazifalar:
«S», «Sh» tovushlarining to’g’ri talaffuzini mustahkamlash. Nutq sur’atini boshqarishga o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Tarbiyachining savollari bo’yicha hikoya tuzishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: qo’g’irchoq-qiziqchi (masxaraboz) har bir bolaga nomlarida «S», «Sh» tovushi bo’lgan hayvonlar va narsalar tasvirlangan suratlar ( sochiq, soat, sabzi, avtobus, gilos, sher, sholg’om, shoftoli, toshbaqa, quyosh) kabilar beriladi.
Mashg’ulotning borishi
Qo’g’irchoq masxaraboz (qiziqchi) paydo bo’ladi: Salom bolalar! Sizlar meni tanidingizmi? Ha men qiziqchi masxarabozman. Men sizlar bilan o’ynagani keldim. Men topishmoq aytaman, topasizlarmi?
Chopsa chopilmaydi, ko’msa ko’milmaydi (soya).
Qanoti yo’q uchadi,
Oyog’i yo’q qochadi. (Shamol)
Po’stlari tukligina, mazasi totligina (Shaftoli)
Barakalla, mening topishmoqlarimni topdingiz. Endi sizlar topishmoq aytasiz. Men esa topaman (xohlagan bolalarni chaqiradi). Keyin tarbiyachi bolalarga suratlarni tarqatadi va ko’rib olishni taklif qiladi. Keyin «Kim o’z surati haqida so’zlab beradi?» deb so’raydi (4-5 bola javob beradi, zarur bo’lsa, tarbiyachi savollar bilan yordam beradi).
O’yin mashqi. «Avtomobil». Bolalar avtomobillar bo’ladilar garajdan chiqdi, deyishi bilan bolalar avtomobil bo’lib yuradilar, «biii-biii-biiib» tovush birikmalariga taqlid qiladilar. Tarbiyachi «garaj» deyishi bilan bolalar joylariga kelib o’tiradilar.
Shundan so’ng tarbiyachi bolalarga stol ustida yotgan suratlarni ko’rishni va nomida «Sh» va «S» tovushi bo’lganini tanlab olish topshirig’ini beradi. Bir bolani chaqiradi. Boshqa bolalar uning topshiriqni qanday bajarganligini tekshiradilar. Masalan: Saida, qaysi suratni olding, ko’rsat, nomini ayt? Bu so’zda «S» (yoki «Sh») tovushi bormi? (3-4 bolaning javobi tinglanadi). Keyin tarbiyachi quyidagi tovush birikmalari va so’zlarni aytadi. Keyin bolalar umumiy va yakka-yakka takrorlaydilar: so-so-so-sochiq, sha-sha-sha – bizning uyda bor tesha.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
- Qo’g’irchoq masxaraboz qanday topishmoqlar aytdi?
-Qanday suratlarni ko’rdik?
-«S» yoki «Sh» tovushi bor so’zlarni ayting.
-Qaytaramiz: so-so-so-sochiq, sha-sha-sha – bizning uyda bor tesha.
4-5 yosh bo’lgan guruhlarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limiy faoliyatida sentyabrdan may oyigacha amalga oshiriladigan mavzular rejasi
Oy mavzusi
|
xafta
|
|
Xafta mavzulari
|
Sentyabr
Ona yurtim O’zbekistonim
|
1-xafta
|
“O’zbekistonim mening Vatanim”
|
Geometrik shakllar va kubikni farqlash
|
2-xafta
|
«Menning shahar-mening mahallam»
|
Predmetlarni joylashuviga qarab
(oldinda, orqada, yuqorida, pastda)
|
3-xafta
|
«Men va mening oilam»
|
5 gacha sanoq ketma-ketligini bilish
|
4- xafta
|
«Men va mening do’stlarim»
|
Predmetlarni shakllarini nomlash (kvadrat, aylana, uchburchak).
|
Oktyabr
Rang-barang kuz
|
1-xafta
|
« Oltin kuz »
|
Predmetlarni uzun va qisqa, katta va kichikligiga nisbatan solishtirish
|
2-xafta
|
Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar
|
Sonning miqdoriy tarkibini bilish
|
3-xafta
|
Non hammasiga darkor
|
Matematik tushunchalardan foydalanadi: ko’p, kam , jami, shuncha
|
4-xafta
|
« O’zbekistonning oq oltini»
|
Geometrik shakllarga o’xshash predmetlarni topadi.
|
Noyabr
Transport. Yo’l harakati qoidalari.
|
1-xafta
|
Quriqlikdagi transportlar
|
“ko’p”, “oz”, “barobar” tushunchalarini taqqoslash orqali aniqlash
|
2-xafta
|
Rangli svetafor
|
Geometrik figura va shakllarni nomini biladi
|
3-xafta
|
Favqulotda vaziyatlar xizmati
|
Sutka qismlarini aniqlash (ertalab, peshin, kechqurun, kechasi)
|
4-xafta
|
Barcha kasblar muhim
|
Sonning miqdoriy tarkibini biladi
|
Dekabr
« Kumush qish »
|
1-xafta
|
Qish
|
2-3 ko’rinishda guruhga bo’lish
|
2-xafta
|
Sog’lom tanda –sog’lom ruh
|
Buyumlarni taqqoslash (katta, kichik, teng)
|
3-xafta
|
Ertaklar olamiga mehmon
|
Yarimta va to’liq shakllarni sonini farqlay oladi
|
4-xafta
|
Yangi yil nima?
|
Ketma-ketlikda sanaydi
|
Yanvar
Bolalar
bog’chasi
|
1-xafta
|
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
|
5 gacha bo’lgan tartib raqam bilan tanishtirish
|
2-xafta
|
Vatan himoyachilari kuni
|
Kengligi bo’yicha predmetlarni taqqoslash (ingichka, keng)
|
3-xafta
|
Ertaklar olamiga mehmonda
|
Bo’shliqda yo’nalish olishni biladi (oldinda, orqada, tepada, pastda, yaqin, uzoq)
|
4-xafta
|
Xushmuomalalik alifbosi
|
Predmetlarni katta-kichigi bo’yicha taqqoslash
|
Fevral
G’aroyib
dunyo
|
1-xafta
|
Bolalar bog’chasi
|
Butun va uning qismlari tushunchasi
|
2-xafta
|
O’zbekistonning buyuk simolari
|
“Ajoyib xaltacha” geometrik shakllardan
|
3-xafta
|
Sevimli kitobim
|
Buyumlarni eniga bo’yiga solishtirish
|
4-xafta
|
Inson va kitob
|
Predmetlarni taqqoslash (yupqa, qalin)
|
Mart
Go’zal bahor
|
1-xafta
|
Onajonmlar kuni
|
5 gacha sanash davomida geometrik shakllarni topish
|
2-xafta
|
Mavsumiy o’zgarishlar
|
Kunning turli davrlari: tong, kunduzi, oqshom, tunni farqlash
|
3-xafta
|
Navro’z bayrami
|
Fazoda mo’ljal olish (oldinda, orqada, yuqori- past, yaqin-uzoq)
|
4-xafta
|
Hasharotlar
|
Geometrik shakllar: doira, to’rtburchak, uchburchak shakllardan biror bir predmet hosil qilish
|
Aprel
Er sayyorasi- umumiy uyimiz
|
1-xafta
|
Gullab yashnayotgan bahor
|
Geometrik figura: konus
|
2-xafta
|
Fazo sirlari
|
Geometrik figura: tsilindir
|
3-xafta
|
Er kuni
|
Son va sanoqlar qatoridagi bog’liqlik
|
4-xafta
|
Hayvonlar, o’simlik va odamlar hayotida havo va suv
|
5 gacha sanashni mashq qilish
|
May
Asboblar va
anjomlar
|
1-xafta
|
Men va mening uyim
|
5 gacha sanashda geometrik shakllar va predmetlarning shakllari bilan taqqoslash
|
2-xafta
|
Mebel
|
Predmetlarga qarab ularning geometrik shakllarni ajratish va 5 gacha sanash
|
3-xafta
|
Idish tovoqlar
|
5 ta geometrik shakllar bilan amallar bajarish
|
4-xafta
|
Bizning yordamchilarimiz maishiy
asboblar
|
5 ta geometrik shakllarga o’xshash predmetlarni topish, predmetlarni guruhini taqqoslash
|
Mavzu: Narsalarni bo’lish usuli bilan 2 ta teng qismga bo’lishni o’rgatish
Maqsad:
Bolalarda butun va qism haqida tushuncha hosil qilish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar butun va qismni farqlashni bilib oladilar.
Bolalar butun va qism so’zlarini nutqda to’g’ri ishlatishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Har bir bolaga 2 tadan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’oz varag’i va qaychi.
Har bir bolaga 2 tadan oval shaklidagi oq qog’oz
“Domino” o’yini uchun kartochkalar.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, hammamiz qo’limizga to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’oz varag’ini olamiz. Uning uchlarini birlashtirib teng qilib buklaymiz. Buklangan chizig’idan yaxshilab barmoq yuritib chiqamiz. Endi qog’oz varag’ini ochamiz, qaychini olib buklangan chiziqdan qirqamiz. Bitta katta qog’ozni o’rtasidan bo’lib, 2 ta teng bo’lak yoki qism hosil qildik. Bu bo’laklar qanday shaklga o’xshaydi. To’g’ri to’rtburchak shakliga. Bu bo’laklarni butun varaqning ikkidan bir qismi deyishimiz ham mumkin. Endi bolajonlar, bo’laklardan birini olib butun varaq ustiga qo’yib o’lchab, taqqoslab ko’ramiz-qaysi katta? Qaysi kichik?
To’g’ri bolajonlar, butun varaq, qismdan katta. Bitta bo’lak butun varaqdan kichik.
Endi bolajonlar, 2 ta yarim bo’lakni birlashtirib qo’yamiz. Butunga teng bo’ldimi, yo’qmi?
Biz 2 ta yarim bo’laklarni birlashtirib, 1 ta butun to’g’ri to’rtburchakni hosil qildik.
Butun shaklni 2 xil usulda bo’yiga yoki eniga 2 ga bo’lishimiz mumkin:
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi hammangiz oldingizdagi oval shaklidagi varaqni olib mustaqil holda uni 2 ta teng qismga bo’ling.
Jamolbek, tushuntirib beringchi, siz ovalni nechta qismga bo’ldingiz? Bitta qism butundan kichkinami, kattami? (3-4 ta boladan so’raladi).
Qismlarni butun ovalning ustiga qo’yib o’lchab ko’riladi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir hammamiz butun ovaldan butun qovunni yasaymiz. Yarimta qismlarni yarimta qovun shakliga keltiramiz.
Buning uchun oval shaklidagi qog’ozga qalam bilan chiziqlar chizamiz va qovunimizning rangi qanday bo’lishini xohlasak o’sha rangda (sariq, yashil) bo’yaymiz. Mana qovunlarimiz tayyor bo’ldi. Endi ovalning qismlaridan qovunning yarimini o’xshatib chizib bo’yaymiz.
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bir qator bo’lib turib olinglar. Men «kvadrat» desam, kvadrat shaklida turib olasizlar. «2 ta kvadrat» desam, darrov 2 ga bo’linib, 2 ta kvadrat bo’lib turasizlar. Men «doira» desam, doira shaklida turib olasizlar. «2 ta doira» desam, darrov 2 ga bo’linib, 2 ta doira bo’lib turasizlar. “Uchburchak” desam, uchburchak shaklida, “2 ta uchburchak” desam, 2 ta uchburchak shaklida turasizlar.
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o’yin: “Qiziqarli domino”
“Domino” o’yini uchun tayyorlangan kartochkalarda butun va yarimta holda tasvirlangan geometrik shakllar: uchburchak, beshburchak, oltiburchak, sakkizburchak, kvadrat, doira, oval shakllari bo’ladi. Bolalar bu kartochkalarni bo’lib oladilar va domino o’yini qoidalariga rioya qilib o’ynaydilar. Faqat o’yin davomida qanday shaklning butun yoki qismni qo’yganligini ovoz chiqarib aytishlari lozim.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ikkita qismdan nechta butun yasash mumkin?
2. Bitta butunni nechta qismga bo’ldik?
3. Butun kichkinami yoki qismmi?
4. Qanday holda qism hosil bo’ladi?
5. Butun kattami yoki qism kattami?
6. Butun qovunni necha qismga bo’ldik?
7. To’g’ri to’rtburchakning 2 dan bir qismini ko’rsating.
8. Domino o’yinini qaysi shakllarning butun va yarimta qismlari
yordamida o’ynadik?
Mashg’ulot yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Mavzu: Kun va tunning ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarning taqsimlanishi haqidagi tasavvurlarni kengaytirish
Maqsad:
Bolalarning kun va tun ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarning taqsimlanishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Kutilayotgan natija:
Bolalarning kun va tun ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarning taqsimlanishi haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar:
Quyosh, oy, yulduzlar tasviri
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, men sizlarga kecha «Kenja botir» o’zbek xalq ertagini aytib bergan edim. Kelinglar, bolalar, ertakni yana bir bor eslaylik. Qadim zamonda uchta aka-ukalar bor ekan, to’ng’ich va o’rtancha akalari maqtanchoq, odobsiz ekanlar. Kenja botir bo’lsa aqlli va odobli ekan. Bir kuni ular yashaydigan yurtda tun bo’libdi va odamlar uxlash uchun yotibdilar. Odamlar rosa uyquga to’yib uyg’onishsa ham tong otmabdi. Odamlar uxlayverib zerikib, qorinlari ochqab ketibdi. Oxiri tashqariga chiqib, osmonga qarashsa, osmonda oy ham, yulduzlar ham yo’q emish. Odamlar yonma-yon tursa ham bir-birini ko’ra olmas emish. SHunda keksalar, «Ha, bundan 100 yil oldin ham xuddi shunday bo’lgan edi, quyosh, oy va yulduzlarni yana devlar o’g’irlab ketibdi. Kim ularni devlardan qaytarib olib keladi?», deyishibdi. Uch aka-uka yo’lga tushibdilar, ko’p sarguzashtlarni boshidan o’tkazibdilar. Nihoyat Kenja botir o’zining aqli va donoligi bilan quyosh, oy va yulduzlarni qaytarib olib kelibdi va bu yurtda vaqt o’z iziga tushibdi.
Bolalar agar quyosh, oy, yulduzlar bo’lmasa biz vaqtni bilishga qiynalar ekanmiz-a?
Bolalar kelinglar «Topgan-topaloq» o’yinini o’ynaymiz. Men sizlarga biror bir vaqtni ta’riflab beraman, ta’rif bo’yicha sizlar bu qaysi vaqt ekanligini topasizlar.
-U vaqtda insonlardan oldin qushlar uyg’onadi va bir-biri bilan suhbatlashib sayraydi. Bu qaysi vaqt? (Tong, sahar).
- U vaqtda onalarimiz bizga nonushta tayyorlaydilar va biz nonushta qilib bo’lib bog’chaga kelamiz. (Ertalab).
-Mashg’ulotlarni o’tib bo’lib sayrga chiqamiz va o’ynaymiz.
(Kunduzi).
-U vaqtda sayrdan kelib, yuz-qo’llarimizni yuvib, ovqatlanamiz, so’ng biroz dam olish uchun uxlashga yotamiz. (Tushlik).
- Biz bog’chada uxlab turamiz va ovqatlanamiz, bu qaysi vaqt?
(Peshin).
-U vaqtda biz bog’chadan uyga ketamiz. (Kechqurun).
-U vaqtda barcha uxlaydi, shunda itlar qarovullik qiladi. (Tun).
Tarbiyachi o’yin davomida bolalarga yana tushuncha berib boradi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi ushbu topishmoqning javobini toping:
Har kun yerga tushadi
Ikkita sara parda
Ikki rangda ikkovi
Oq parda, Qora parda
Tushganda qora parda
Oq parda berkinadi
Oqi tushsa agarda
Qorasi chekinadi (Kun va Tun)
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: «Pantomimo»
Tarbiyachi bolalarni 3 tadan qilib guruhlarga bo’lib har bir guruhga o’yin shartini tushuntiradi. O’yin sharti: kun-tun qismlarini ovozsiz harakatlar bilan ko’rsatib berish.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Siz ertalab bo’lganini qanday bilasiz?
2. Bog’chaga qaysi vaqtda kelasiz?
3. Tush bo’lganini qanday bilamiz?
4. Bog’chadan uyga qaysi paytda ketamiz?
5. Osmonga oy qachon chiqadi?
Mashg’ulot yakunida bolalarni rag’batlantirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. T., 2018.
“Ilk qadam” dasturi..T., 2018.
Rahmonqulova Z.A., Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish. Metodik qo’llanma. T., 2007.
Nutq o’stirish mashg’ulot ishlanmalari (katta va tayyorlov guruhlar). Metodik qo’llanma. Tuzuvchilar: F.R.Qodirova, M.Fayzullaeva. T., 2007.
Rahmonqulova Z.A., Qurbonova N., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish. Metodik qo’llanma, T., 2009.
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiyalashyuksak ma’naviyatli kelajak avlodni tarbiyalash negizidir. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. T., 2009.
Ibragimova Z., Maktabgacha ta’lim muassasalarida badiiy adabiyot. (ilk, kichik, o’rta, katta va tayyorlov guruhlar uchun mashg’ulotlar to’plami). T., 2012.
Rahmonqulova Z.A., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish (kichik guruh uchun). Metodik qo’llanma, T., 2012.
Rahmonqulova Z.A., Qurbonova N., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish (o’rta guruh uchun). Metodik qo’llanma, T., 2012.
Rahmonqulova Z.A., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish (katta guruh uchun). Metodik qo’llanma, T., 2012.
Rahmonqulova Z.A., Qurbonova N., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish (tayyorlov guruhi uchun).
Metodik qo’llanma, T., 2012.
Nutq o’stirish, savodga tayyorgarlik. Tuzuvchilar: Fayzullaeva M. va b. Suratli qo’llanma. T., 2014.
Sog’ tanda sog’lom aql. Tuzuvchilar: Fayzullaeva M. va b. Suratli qo’llanma. T., 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |