Фарғона тумани халқ таълими бўлимига қарашли


Bolalar to’liq kun mobaynida bo’ladigan



Download 341 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2022
Hajmi341 Kb.
#454154
1   2
Bog'liq
кичик вариатив

Bolalar to’liq kun mobaynida bo’ladigan
guruhning kun tartibi

1

Kun tartibi

4-5 yosh

2

Bolalarni qabul qilish, mustaqil faoliyat, o’yinlar, ertalabki badantarbiya

7.00 – 8.20

3

Nonushtaga tayyorgarlik, nonushta

8.20- 8.50

4.

Mustaqil faoliyat, o’yinlar

8.50 – 9.00

5.

O’yinli ta’lim faoliyati

9.00-9.40

6.

Didaktik o’yinlar, mustaqil faoliyat

9.40-10.00

7.

Sayrga tayyorgarlik, sayr

10.00 –12.00

8.

Sayrdan qaytish, o’yinlar

12.00 –12.20

9.

Tushlikka tayyorgarlik, tushlik

12.20 -12.50

10

Uxlashga tayyorgarlik, kunduzgi uyqu

12.50-15.00

11

Uyqusiz vaqt




12

Tetiklashtiruvchi gimnastika, havo va suv muolajalari

15.00-15.10

13

Ikkinchi tushlikka (poldnik) tayyorgarlik, ikkinchi tushlik

15.15-15.30

14

Qo’shimcha ta’lim, badiiy adabiyot o’qish, mustaqil o’yin faoliyati

15.30-16.30

15

Sayr, mustaqil o’yin faoliyati

16.30-17.45

16

Bolalarning uyga ketishi

17.45-18.00

Izoh: har bir MTT bolalarning tashkilotda bo’lish soatlari miqdoridan kelib chiqqan holda va Sanitariya-gigiena talablariga muvofiq ravishda o’z kun tartibini ishlab chiqishi mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, o’yin-ta’lim faoliyati kunduzgi uyquni hisobga olgan holda – 15%, kunduzgi uyquni hisobga olmaganda – 38%, bolalarning ochiq havoda bo’lishi – 38%, mustaqil o’yin faoliyati – 24%, sog’lom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiena ko’nikmalari) – 20%, ota-onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti to’g’risida xabardor qilish – 3% ni tashkil etadi.


Oy va hafta mavzulari

Oylar

Oy mavzusi

Haftalar

Mavzusi

Sentyabr

« Ona yurtim- O’zbekiston »

1-hafta

“ O’zbekistonim mening Vatanim”

2- hafta

«Mening shahrim –mening mahallam»

3- hafta

«Men va mening oilam»

4- hafta

«Men va mening do’stlarim»

Oktyabr

« Oltin kuz »

1- hafta

« Oltin kuz »

2 hafta

« Tabiat omborxonasi: sabzavotlar,mevalar, rezavor mevalar»

3- hafta

Non hammasiga darkor

4 -hafta

O’zbekistonning oq oltini







Noyabr

Transport ko’cha harakati qoidalari
( KXK), Xayotiy faoliyat xavfsizligi qoidalari

1 - hafta

Quriqlik transport

2- hafta

Rangli svetafor

3- hafta

Favqulotda vaziyatlar xizmati

4- hafta

Barcha kasblar muhim







Oy va hafta mavzulari



Oylar

Oy mavzusi

Haftalar

Mavzusi

Dekabr

« Kumush kish »

1- hafta

Qish

2- hafta

Sog’lom tanda –sog’lom ruh

3- hafta

Ertaklar olamiga mehmon

4 hafta

Yangi yil nima?

Yanvar

« Mening yurtim-mening bog’cham »

1-hafta

Maktabgacha ta’lim tashkiloti

2-hafta

Vatan himoyachilari kuni

3-hafta

Ertaklar olamiga mehmonda

4-hafta

Xushmuomalalik alifbosi







Fevral

Jonli va Jonsiz tabiat olami

1-hafta

Bolalar bog’chasi

2-hafta

O’zbekistonning buyuk simolari

3-hafta

Sevimli kitobim

4-hafta

Inson va kitob









Oy va hafta mavzulari

Oylar

Oy mavzusi

Haftalar

Mavzusi

Mart

« Go’zal bahor »

1- hafta

Onajonmlar kuni





2- hafta

Mavsumiy o’zgarishlar



3- hafta

Navro’z bayrami

4 hafta

Hasharotlar

Aprel

Osmon sirlari

1-hafta

Gullab yashnayotgan bahor

2-hafta

Fazo sirlari

3-hafta

Er kuni

4-hafta

Hayvonlar, o’simlik va odamlar hayotida havo va suv

5-hafta




May

Sehrli so’zlar

1-hafta

Men va mening uyim

2-hafta

Mebel

3-hafta

Idish tovoqlar

4-hafta

Bizning yordamchilarimiz maishiy
asboblar









Ta’limiy faoliyatlar nomi

№ t/ r

Ta’limiy faoliyatlar nomi

O’quv yili mobaynida

Sog’lomlashtirish davri mobaynida

Hafta mobaynida

Oy mobaynida

O’quv yili mobaynida

Hafta mobaynida

Oy mobaynida




1

Nutqni rivojlantirish

2

8

72

1

4

40

amaliy tajribalar

2

mantiqiy fikrlash

1

4



36



O’yinlar



1



37




Elementar matematika

3

Jismoniy tarbiya

2 (undan bittasi toza xavoda)

8

72

Xordiq

1

73

4

Musiqa

2

8

72

Xordiq

1

73

jami




6

24

216

1

7

223

Xaftalik ta’limiy faoliyatlar jadvali



Xafta kunlari

Ta’limiy faoliyatlar nomi

1

Dushanba

1. Markazdagi faoliyat
2.Musiqa

2

Seshanba

1.Nutq o’stirish
2. Markazdagi faoliyat
3.Jismoniy tarbiya

3

Chorshanba

1. Elementar matematika/ mantiqiy fikrlash
2. Markazdagi faoliyat
3. Musiqa

4

Payshanba

1. Nutq o’stirish
2. Markazdagi faoliyat

5

Juma

1. Markazdagi faoliyat
2. Jismoniy tarbiya




Jami

12

Ushbu reja maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan
« Ilk qadam » Davlat dasturi, «O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari asosida tuzildi.
Mashg’ulotlar rivojlanish markazlarida kuyidagi tartibda taqsimlab chiqildi:
Qurilish va konstruktsiyalash markazida- qurish-yasash ta’limiy faoliyat;
Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazida- badiiy adabiyot ta’limiy faoliyat va o’yinlar;
Til va nutq markazida-nutk o’stirish ta’limiy faoliyat, savodga o’rgatish ta’limiy faoliyat;
Ilm fan va tabiat markazida- atrof-olam bilan tanishtirish, tabiat bilan tanishtirish;
Sanat markazida- rasm chizish, loy yeki plastilin , applikatsiya mashg’ulotlari;
Aqliy rivojlanish markazida-elementar matematika ta’limiy faoliyat;
Sog’lomlashtirish markazida- jismoniy tarbiya ta’limiy faoliyat;
Musia va ritmika markazida- musiqa ta’limiy faoliyat
4-5 yosh bo’lgan guruhlarda nutq o’stirish ta’limiy faoliyatida sentyabrdan may oyigacha amalga oshiriladigan mavzular rejasi





Oy mavzusi

xafta




Xafta mavzulari

Sentyabr
Ona yurtim O’zbekistonim

1-xafta

“O’zbekistonim mening Vatanim”

“O’zbekistonim mening Vatanim”
suhbat

Zafar Diyor “Serquyosh o’lka” she’ri

2-xafta

«Menning shahar-mening mahallam»

”Mening ona shahrim” (hikoya).

S” tovushi bilan tanishtirish

3-xafta

«Men va mening oilam»

Hamid Badalov “Mening oilam” (shaxsiy hayotdan).

«Men va mening oilam» (shaxsiy hayotdan hikoya).

4- xafta

«Men va mening do’stlarim»

“Men va mening do’stlarim” shaxsiy hayotdan hikoya).

L.Maxmudov “Barno” hikoyasi

Oktyabr
Rang-barang kuz

1-xafta

« Oltin kuz »

« Kuz fasli» (surat asosida hikoya tuzish).

Hamid Olimjon “Kuz” she’ri

2-xafta

Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar

“O’lkamiz meva va sabzavotlari” haqida suhat

S.G’ofurov “Soqolli shaftoli” hikoyasi

3-xafta

Non hammasiga darkor

T.Ortiqxo’jaev “Kulcha non” she’ri

Non turlari haqida

4-xafta

« O’zbekistonning oq oltini»

Paxtadan nimalar tayyorlanadi? sur’ati asosida suhbat

R.Mo’min “Oq paxta” she’ri

Noyabr
Transport. Yo’l harakati qoidalari.

1-xafta

Quriqlikdagi transportlar

”Har xil transportlarda sayohat qilamiz ” rasm asosida suhbat.

“S” tovushlar

2-xafta

Rangli svetafor

Svetaforning vazifasi hikoya tuzish

“Svetafor” she’ri

3-xafta

Favqulotda vaziyatlar xizmati

“O’t o’churuvchilar kasbi” rasm asosida hikoya qilish

Z” tovushi

4-xafta

Barcha kasblar muhim

“Shifokorlik kasbi” sodda gaplar tuzish




Dekabr
« Kumush qish »

1-xafta

Qish

“Qor yoqqanda” (jamoa hayotidan hikoya).

T.Rahimova”Yog’di-yog’di” she’r

2-xafta

Sog’lom tanda –sog’lom ruh

“Qishki kiyimlar” hayotiy hikoya tuzish

“Sog’lom bo’laman” she’ri

3-xafta

Ertaklar olamiga mehmon

“To’g’rilik”, “Sher va sichqon” ertagi

“Ertaklar olamiga mehmonda” sodda gaplar tuzish

4-xafta

Yangi yil nima?

“Men yangi yil archasi bayramini qanday o’tkazaman” hayotiy hikoya tuzish

”R” tovushi

Yanvar
Bolalar
bog’chasi



1-xafta

Maktabgacha ta’lim tashkiloti

“Bog’chamizning qishki manzarasi” hayotiy hikoya tuzish



“Halollik” (o’zbek xalq ertagi).

2-xafta

Vatan himoyachilari kuni

“Alpomish” dostonidan parcha o’qib berish

“Posbon bo’laman” she’r

3-xafta

Ertaklar olamiga mehmonda

“Mening o’yinchog’im” hayotiy hikoya tuzish

H.Rahmat “Yaxshi so’z”.

4-xafta

Xushmuomalalik alifbosi

A.Avloniy «Yaxshilik yerda qolmas»

Xushmuomalalik nimadan boshlanadi? hayotiy hikoya tuzish

Fevral
G’aroyib
dunyo

1-xafta

Bolalar bog’chasi

X.To’xtaboev “Hassa” hikoya

“Bizning bog’chamiz!” hayotiy hikoya tuzish

2-xafta

O’zbekistonning buyuk simolari

A.Avloniy “Yomon do’st” asari

Buyuk simolari (surat asosida hikoya tuzish).

3-xafta

Sevimli kitobim

A.Navoiy “Sher va durroj” masali

Ba’zi tovushlar talaffuzi (mashq).

4-xafta

Inson va kitob

“Bobur va kabutar” rivoyati

Ch” tovushi.



Mart
Go’zal bahor



1-xafta

Onajonmlar kuni





Bahor keldi (tasvir asosida hikoya).



T. Yo’ldosh “Oyim uyda bo’lsalar”.

2-xafta

Mavsumiy o’zgarishlar



N.Polyakov “Bahor yomg’iri” she’ri

“Bahor” (surat asosida hikoya tuzish).

3-xafta

Navro’z bayrami

“Navro’z bayrami” (tasvirlovchi hikoya tuzish).

T.Bahromov “Sumalak” (she’r).

4-xafta

Hasharotlar

A.Avloniy “Asalari va pashsha ” qayta hikoya qilish

“Hasharotlar” (tasvir asosida hikoya).

Aprel
Er sayyorasi- umumiy uyimiz

1-xafta

Gullab yashnayotgan bahor

N.Raimova “Yolpiz” hikoya

“Gullab yashnayotgan bahor” (surat asosida hikoya tuzish).

2-xafta

Fazo sirlari

“Oyga sayohat” rasm asosida suhbat

J” tovushi

3-xafta

Er kuni

V.Oseeva “Zag’izg’onlar” hikoya

“Er” sayorasi

4-xafta

Hayvonlar, o’simlik va odamlar hayotida havo va suv

“Jonli tabiat” (tasvirlovchi hikoya tuzish).



Q” tovushi

May
Asboblar va
anjomlar

1-xafta

Men va mening uyim

“Mening uyim ” hayotiy hikoya tuzish

A.Avloniy “Aqlli bog’bon” (hikoya).

2-xafta

Mebel

“Bizning mebellarimiz” hayotiy hikoya tuzish

“Qizil qalpoqcha” (rus xalq ertagi).

3-xafta

Idish tovoqlar

Shuhrat “Zaynabning mushugi nega arazladi” hikoya

“Idish tovoqlar” (tasvirlovchi hikoya tuzish).

4-xafta

Bizning yordamchilarimiz maishiy
asboblar

“Maishiy asboblar bizning yordamchimiz” hayotiy hikoya tuzish

“L”, “R” tovushlari

Mavzu: Asarni qayta hikoya qilish. A.Avloniy «Yaxshilik yerda qolmas»
Maqsad: Bolalarni yaxshilik haqida tushunalarini shakllantirish. A.Avloniy «Yaxshilik yerda qolmas» asarni qayta hikoya qilish hikoyada kim-kimga yaxshilik qilganini eslash. Kabutarning ariga qilgan yaxshiligi haqida o’qib berish. Yaxshilik qilish albatta yaxshi natija berishini, sizga ham yaxshilik qaytishini bilib olish.
Asarni ketma-ket va aniq qayta so’zlab berishga o’rgatish.
Vazifalar:

  • Ertak mazmunini tushunishga o’rgatish. O’z nutqlarida sodda, yoyiq gaplarning turli xillaridan foydalanish.

  • Ovoz kuchining past-balandligini o’zgartirishni shakllantirish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalar asarni qayta hikoya qilib berishga o’rganadilar

  • O’z nutqlarida sodda, yoyiq gaplarning turli xillaridan foydalanishga o’rganadilar.

  • So’zlarda "Ch " tovushini mustahkamlash.

  • Kerakli jihozlar:

  • Mavzuga oid rasmlar

Mashg’ulotning borishi. Bolalar yaxshilik qilish deganini qanday tushunasiz? Qaysi ertaklarda kim-kimga yaxshilik qilganini eslaysiz? Hozir men sizga kabutarning Ariga qilgan yaxshiligi haqida ertak o’qib beraman. Agar yaxshilab eshitsangiz yaxshilik qilish albatta yaxshi natija berishini, sizga ham yaxshilik qaytishini bilib olasiz. (Tarbiyachi masalni ifodali qilib o’qib beradi).


A.Avloniy.
«Yaxshilik yerda qolmas».
Bir Ari suv ustida uchib borur edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. qanotlari ho’l bo’lib, ucharga kuchi yetmadi. Buni bir kabutar ko’rib, Ariga rahmi kelib, darhol bir cho’pni tishlab, suvga tashladi. Bechora Ari bu cho’pni kema qilib, suv balosidan qutildi. Oradan ko’p o’tmadi. Bir bola tuzoq qo’yib, kabutarni tutmoqchi bo’ldi. Ari buni ko’rgan zamon kelib, bolaning qulog’ini chaqdi. Bola og’riqning alamidan tuzoqni tashlab, qulog’ini ushladi. Kabutar vaqtni g’animat bilib, uchib ketib o’limdan qutildi.
Ertak bo’yicha savollar:
1. Nima sababdan Ari suvga yiqildi?
2. Ari qanday qilib qutildi?
3. Ari qanday qilib Kabutarni o’limdan qutqardi?
Tarbiyachi masalni yana bir bor o’qib beradi, so’ngra 5-6 bolalar hikoyalarini eshitadi.
Tetiklashtiruvchi mashq (Ixtiyoriy)
Savod o’rganishga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
So’zlarda "Ch " tovushini mustahkamlash.
Chumchuq-oy bolasini,
Chaqirib “chiq-chiq”laydi.
Chatoq mushuk ko’rmasin,
Chiq uyga, “chiq-chiq”laydi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ertakning nomi nima ekan?
2. Nima sababdan Ari suvga yiqildi?
3. Ari qanday qilib qutildi?
4. Ari qanday qilib Kabutarni o’limdan qutqardi?


Mavzu: ”Har xil transportlarda sayohat qilamiz ” rasm asosida suhbat. «S», «Sh» tovushlarining to’g’ri talaffuzini mustahkamlash
Maqsad: Surat bo’yicha qisqa hikoya tuzish malakalarini mustahkamlash.
Vazifalar:

  • «S», «Sh» tovushlarining to’g’ri talaffuzini mustahkamlash. Nutq sur’atini boshqarishga o’rgatish.

Kutilayotgan natijalar:
Tarbiyachining savollari bo’yicha hikoya tuzishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: qo’g’irchoq-qiziqchi (masxaraboz) har bir bolaga nomlarida «S», «Sh» tovushi bo’lgan hayvonlar va narsalar tasvirlangan suratlar ( sochiq, soat, sabzi, avtobus, gilos, sher, sholg’om, shoftoli, toshbaqa, quyosh) kabilar beriladi.
Mashg’ulotning borishi
Qo’g’irchoq masxaraboz (qiziqchi) paydo bo’ladi: Salom bolalar! Sizlar meni tanidingizmi? Ha men qiziqchi masxarabozman. Men sizlar bilan o’ynagani keldim. Men topishmoq aytaman, topasizlarmi?
Chopsa chopilmaydi, ko’msa ko’milmaydi (soya).
Qanoti yo’q uchadi,
Oyog’i yo’q qochadi. (Shamol)
Po’stlari tukligina, mazasi totligina (Shaftoli)
Barakalla, mening topishmoqlarimni topdingiz. Endi sizlar topishmoq aytasiz. Men esa topaman (xohlagan bolalarni chaqiradi). Keyin tarbiyachi bolalarga suratlarni tarqatadi va ko’rib olishni taklif qiladi. Keyin «Kim o’z surati haqida so’zlab beradi?» deb so’raydi (4-5 bola javob beradi, zarur bo’lsa, tarbiyachi savollar bilan yordam beradi).
O’yin mashqi. «Avtomobil». Bolalar avtomobillar bo’ladilar garajdan chiqdi, deyishi bilan bolalar avtomobil bo’lib yuradilar, «biii-biii-biiib» tovush birikmalariga taqlid qiladilar. Tarbiyachi «garaj» deyishi bilan bolalar joylariga kelib o’tiradilar.
Shundan so’ng tarbiyachi bolalarga stol ustida yotgan suratlarni ko’rishni va nomida «Sh» va «S» tovushi bo’lganini tanlab olish topshirig’ini beradi. Bir bolani chaqiradi. Boshqa bolalar uning topshiriqni qanday bajarganligini tekshiradilar. Masalan: Saida, qaysi suratni olding, ko’rsat, nomini ayt? Bu so’zda «S» (yoki «Sh») tovushi bormi? (3-4 bolaning javobi tinglanadi). Keyin tarbiyachi quyidagi tovush birikmalari va so’zlarni aytadi. Keyin bolalar umumiy va yakka-yakka takrorlaydilar: so-so-so-sochiq, sha-sha-sha – bizning uyda bor tesha.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
- Qo’g’irchoq masxaraboz qanday topishmoqlar aytdi?
-Qanday suratlarni ko’rdik?
-«S» yoki «Sh» tovushi bor so’zlarni ayting.
-Qaytaramiz: so-so-so-sochiq, sha-sha-sha – bizning uyda bor tesha.


4-5 yosh bo’lgan guruhlarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limiy faoliyatida sentyabrdan may oyigacha amalga oshiriladigan mavzular rejasi





Oy mavzusi

xafta




Xafta mavzulari

Sentyabr
Ona yurtim O’zbekistonim

1-xafta

“O’zbekistonim mening Vatanim”

Geometrik shakllar va kubikni farqlash

2-xafta

«Menning shahar-mening mahallam»

Predmetlarni joylashuviga qarab
(oldinda, orqada, yuqorida, pastda)

3-xafta

«Men va mening oilam»

5 gacha sanoq ketma-ketligini bilish

4- xafta

«Men va mening do’stlarim»

Predmetlarni shakllarini nomlash (kvadrat, aylana, uchburchak).

Oktyabr
Rang-barang kuz

1-xafta

« Oltin kuz »

Predmetlarni uzun va qisqa, katta va kichikligiga nisbatan solishtirish

2-xafta

Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar

Sonning miqdoriy tarkibini bilish

3-xafta

Non hammasiga darkor

Matematik tushunchalardan foydalanadi: ko’p, kam , jami, shuncha

4-xafta

« O’zbekistonning oq oltini»

Geometrik shakllarga o’xshash predmetlarni topadi.

Noyabr
Transport. Yo’l harakati qoidalari.

1-xafta

Quriqlikdagi transportlar

“ko’p”, “oz”, “barobar” tushunchalarini taqqoslash orqali aniqlash

2-xafta

Rangli svetafor

Geometrik figura va shakllarni nomini biladi

3-xafta

Favqulotda vaziyatlar xizmati

Sutka qismlarini aniqlash (ertalab, peshin, kechqurun, kechasi)

4-xafta

Barcha kasblar muhim

Sonning miqdoriy tarkibini biladi

Dekabr
« Kumush qish »

1-xafta

Qish

2-3 ko’rinishda guruhga bo’lish

2-xafta

Sog’lom tanda –sog’lom ruh

Buyumlarni taqqoslash (katta, kichik, teng)

3-xafta

Ertaklar olamiga mehmon

Yarimta va to’liq shakllarni sonini farqlay oladi

4-xafta

Yangi yil nima?

Ketma-ketlikda sanaydi

Yanvar
Bolalar
bog’chasi



1-xafta

Maktabgacha ta’lim tashkiloti

5 gacha bo’lgan tartib raqam bilan tanishtirish

2-xafta

Vatan himoyachilari kuni

Kengligi bo’yicha predmetlarni taqqoslash (ingichka, keng)

3-xafta

Ertaklar olamiga mehmonda

Bo’shliqda yo’nalish olishni biladi (oldinda, orqada, tepada, pastda, yaqin, uzoq)

4-xafta

Xushmuomalalik alifbosi

Predmetlarni katta-kichigi bo’yicha taqqoslash

Fevral
G’aroyib
dunyo

1-xafta

Bolalar bog’chasi

Butun va uning qismlari tushunchasi

2-xafta

O’zbekistonning buyuk simolari

“Ajoyib xaltacha” geometrik shakllardan

3-xafta

Sevimli kitobim

Buyumlarni eniga bo’yiga solishtirish

4-xafta

Inson va kitob

Predmetlarni taqqoslash (yupqa, qalin)



Mart
Go’zal bahor



1-xafta

Onajonmlar kuni





5 gacha sanash davomida geometrik shakllarni topish

2-xafta

Mavsumiy o’zgarishlar



Kunning turli davrlari: tong, kunduzi, oqshom, tunni farqlash

3-xafta

Navro’z bayrami

Fazoda mo’ljal olish (oldinda, orqada, yuqori- past, yaqin-uzoq)

4-xafta

Hasharotlar

Geometrik shakllar: doira, to’rtburchak, uchburchak shakllardan biror bir predmet hosil qilish

Aprel
Er sayyorasi- umumiy uyimiz

1-xafta

Gullab yashnayotgan bahor

Geometrik figura: konus



2-xafta

Fazo sirlari

Geometrik figura: tsilindir

3-xafta

Er kuni

Son va sanoqlar qatoridagi bog’liqlik

4-xafta

Hayvonlar, o’simlik va odamlar hayotida havo va suv

5 gacha sanashni mashq qilish

May
Asboblar va
anjomlar

1-xafta

Men va mening uyim

5 gacha sanashda geometrik shakllar va predmetlarning shakllari bilan taqqoslash

2-xafta

Mebel

Predmetlarga qarab ularning geometrik shakllarni ajratish va 5 gacha sanash

3-xafta

Idish tovoqlar

5 ta geometrik shakllar bilan amallar bajarish

4-xafta

Bizning yordamchilarimiz maishiy
asboblar

5 ta geometrik shakllarga o’xshash predmetlarni topish, predmetlarni guruhini taqqoslash





Mavzu: Narsalarni bo’lish usuli bilan 2 ta teng qismga bo’lishni o’rgatish
Maqsad:

  • Bolalarda butun va qism haqida tushuncha hosil qilish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalar butun va qismni farqlashni bilib oladilar.

  • Bolalar butun va qism so’zlarini nutqda to’g’ri ishlatishni o’rganadilar.

Kerakli jihozlar:

  • Har bir bolaga 2 tadan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’oz varag’i va qaychi.

  • Har bir bolaga 2 tadan oval shaklidagi oq qog’oz

  • “Domino” o’yini uchun kartochkalar.

Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, hammamiz qo’limizga to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’oz varag’ini olamiz. Uning uchlarini birlashtirib teng qilib buklaymiz. Buklangan chizig’idan yaxshilab barmoq yuritib chiqamiz. Endi qog’oz varag’ini ochamiz, qaychini olib buklangan chiziqdan qirqamiz. Bitta katta qog’ozni o’rtasidan bo’lib, 2 ta teng bo’lak yoki qism hosil qildik. Bu bo’laklar qanday shaklga o’xshaydi. To’g’ri to’rtburchak shakliga. Bu bo’laklarni butun varaqning ikkidan bir qismi deyishimiz ham mumkin. Endi bolajonlar, bo’laklardan birini olib butun varaq ustiga qo’yib o’lchab, taqqoslab ko’ramiz-qaysi katta? Qaysi kichik?
To’g’ri bolajonlar, butun varaq, qismdan katta. Bitta bo’lak butun varaqdan kichik.
Endi bolajonlar, 2 ta yarim bo’lakni birlashtirib qo’yamiz. Butunga teng bo’ldimi, yo’qmi?
Biz 2 ta yarim bo’laklarni birlashtirib, 1 ta butun to’g’ri to’rtburchakni hosil qildik.
Butun shaklni 2 xil usulda bo’yiga yoki eniga 2 ga bo’lishimiz mumkin:




Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi hammangiz oldingizdagi oval shaklidagi varaqni olib mustaqil holda uni 2 ta teng qismga bo’ling.
Jamolbek, tushuntirib beringchi, siz ovalni nechta qismga bo’ldingiz? Bitta qism butundan kichkinami, kattami? (3-4 ta boladan so’raladi).
Qismlarni butun ovalning ustiga qo’yib o’lchab ko’riladi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir hammamiz butun ovaldan butun qovunni yasaymiz. Yarimta qismlarni yarimta qovun shakliga keltiramiz.
Buning uchun oval shaklidagi qog’ozga qalam bilan chiziqlar chizamiz va qovunimizning rangi qanday bo’lishini xohlasak o’sha rangda (sariq, yashil) bo’yaymiz. Mana qovunlarimiz tayyor bo’ldi. Endi ovalning qismlaridan qovunning yarimini o’xshatib chizib bo’yaymiz.
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bir qator bo’lib turib olinglar. Men «kvadrat» desam, kvadrat shaklida turib olasizlar. «2 ta kvadrat» desam, darrov 2 ga bo’linib, 2 ta kvadrat bo’lib turasizlar. Men «doira» desam, doira shaklida turib olasizlar. «2 ta doira» desam, darrov 2 ga bo’linib, 2 ta doira bo’lib turasizlar. “Uchburchak” desam, uchburchak shaklida, “2 ta uchburchak” desam, 2 ta uchburchak shaklida turasizlar.
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o’yin: “Qiziqarli domino”
“Domino” o’yini uchun tayyorlangan kartochkalarda butun va yarimta holda tasvirlangan geometrik shakllar: uchburchak, beshburchak, oltiburchak, sakkizburchak, kvadrat, doira, oval shakllari bo’ladi. Bolalar bu kartochkalarni bo’lib oladilar va domino o’yini qoidalariga rioya qilib o’ynaydilar. Faqat o’yin davomida qanday shaklning butun yoki qismni qo’yganligini ovoz chiqarib aytishlari lozim.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ikkita qismdan nechta butun yasash mumkin?
2. Bitta butunni nechta qismga bo’ldik?
3. Butun kichkinami yoki qismmi?
4. Qanday holda qism hosil bo’ladi?
5. Butun kattami yoki qism kattami?
6. Butun qovunni necha qismga bo’ldik?
7. To’g’ri to’rtburchakning 2 dan bir qismini ko’rsating.
8. Domino o’yinini qaysi shakllarning butun va yarimta qismlari
yordamida o’ynadik?
Mashg’ulot yakunida bolalarni rag’batlantirish.

Mavzu: Kun va tunning ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarning taqsimlanishi haqidagi tasavvurlarni kengaytirish
Maqsad:

  • Bolalarning kun va tun ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarning taqsimlanishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.

Kutilayotgan natija:

  • Bolalarning kun va tun ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarning taqsimlanishi haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.

Kerakli jihozlar:

  • Quyosh, oy, yulduzlar tasviri

Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, men sizlarga kecha «Kenja botir» o’zbek xalq ertagini aytib bergan edim. Kelinglar, bolalar, ertakni yana bir bor eslaylik. Qadim zamonda uchta aka-ukalar bor ekan, to’ng’ich va o’rtancha akalari maqtanchoq, odobsiz ekanlar. Kenja botir bo’lsa aqlli va odobli ekan. Bir kuni ular yashaydigan yurtda tun bo’libdi va odamlar uxlash uchun yotibdilar. Odamlar rosa uyquga to’yib uyg’onishsa ham tong otmabdi. Odamlar uxlayverib zerikib, qorinlari ochqab ketibdi. Oxiri tashqariga chiqib, osmonga qarashsa, osmonda oy ham, yulduzlar ham yo’q emish. Odamlar yonma-yon tursa ham bir-birini ko’ra olmas emish. SHunda keksalar, «Ha, bundan 100 yil oldin ham xuddi shunday bo’lgan edi, quyosh, oy va yulduzlarni yana devlar o’g’irlab ketibdi. Kim ularni devlardan qaytarib olib keladi?», deyishibdi. Uch aka-uka yo’lga tushibdilar, ko’p sarguzashtlarni boshidan o’tkazibdilar. Nihoyat Kenja botir o’zining aqli va donoligi bilan quyosh, oy va yulduzlarni qaytarib olib kelibdi va bu yurtda vaqt o’z iziga tushibdi.
Bolalar agar quyosh, oy, yulduzlar bo’lmasa biz vaqtni bilishga qiynalar ekanmiz-a?
Bolalar kelinglar «Topgan-topaloq» o’yinini o’ynaymiz. Men sizlarga biror bir vaqtni ta’riflab beraman, ta’rif bo’yicha sizlar bu qaysi vaqt ekanligini topasizlar.
-U vaqtda insonlardan oldin qushlar uyg’onadi va bir-biri bilan suhbatlashib sayraydi. Bu qaysi vaqt? (Tong, sahar).
- U vaqtda onalarimiz bizga nonushta tayyorlaydilar va biz nonushta qilib bo’lib bog’chaga kelamiz. (Ertalab).
-Mashg’ulotlarni o’tib bo’lib sayrga chiqamiz va o’ynaymiz.
(Kunduzi).
-U vaqtda sayrdan kelib, yuz-qo’llarimizni yuvib, ovqatlanamiz, so’ng biroz dam olish uchun uxlashga yotamiz. (Tushlik).
- Biz bog’chada uxlab turamiz va ovqatlanamiz, bu qaysi vaqt?
(Peshin).
-U vaqtda biz bog’chadan uyga ketamiz. (Kechqurun).
-U vaqtda barcha uxlaydi, shunda itlar qarovullik qiladi. (Tun).
Tarbiyachi o’yin davomida bolalarga yana tushuncha berib boradi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi ushbu topishmoqning javobini toping:
Har kun yerga tushadi
Ikkita sara parda
Ikki rangda ikkovi
Oq parda, Qora parda
Tushganda qora parda
Oq parda berkinadi
Oqi tushsa agarda
Qorasi chekinadi (Kun va Tun)
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: «Pantomimo»
Tarbiyachi bolalarni 3 tadan qilib guruhlarga bo’lib har bir guruhga o’yin shartini tushuntiradi. O’yin sharti: kun-tun qismlarini ovozsiz harakatlar bilan ko’rsatib berish.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Siz ertalab bo’lganini qanday bilasiz?
2. Bog’chaga qaysi vaqtda kelasiz?
3. Tush bo’lganini qanday bilamiz?
4. Bog’chadan uyga qaysi paytda ketamiz?
5. Osmonga oy qachon chiqadi?
Mashg’ulot yakunida bolalarni rag’batlantirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

      1. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. T., 2018.

      2. “Ilk qadam” dasturi..T., 2018.

      3. Rahmonqulova Z.A., Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish. Metodik qo’llanma. T., 2007.

      4. Nutq o’stirish mashg’ulot ishlanmalari (katta va tayyorlov guruhlar). Metodik qo’llanma. Tuzuvchilar: F.R.Qodirova, M.Fayzullaeva. T., 2007.

      5. Rahmonqulova Z.A., Qurbonova N., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish. Metodik qo’llanma, T., 2009.

      6. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiyalashyuksak ma’naviyatli kelajak avlodni tarbiyalash negizidir. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. T., 2009.

      7. Ibragimova Z., Maktabgacha ta’lim muassasalarida badiiy adabiyot. (ilk, kichik, o’rta, katta va tayyorlov guruhlar uchun mashg’ulotlar to’plami). T., 2012.

      8. Rahmonqulova Z.A., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish (kichik guruh uchun). Metodik qo’llanma, T., 2012.

      9. Rahmonqulova Z.A., Qurbonova N., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish (o’rta guruh uchun). Metodik qo’llanma, T., 2012.

      10. Rahmonqulova Z.A., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish (katta guruh uchun). Metodik qo’llanma, T., 2012.

      11. Rahmonqulova Z.A., Qurbonova N., Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish (tayyorlov guruhi uchun).

Metodik qo’llanma, T., 2012.

      1. Nutq o’stirish, savodga tayyorgarlik. Tuzuvchilar: Fayzullaeva M. va b. Suratli qo’llanma. T., 2014.

      2. Sog’ tanda sog’lom aql. Tuzuvchilar: Fayzullaeva M. va b. Suratli qo’llanma. T., 2014.


Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish