- Ushbu formulaning fizik ma’nosi: chiziqli elektr zanjirda har bir tugunning potensiali shu tugunda alohida har bir tok manbaining ta’siridan hosil bo‘lgan potensiallarning algebraik yig‘indisiga tengdir. Ustma-ustlash usuliga binoan har bir tugun potensialini aniqlashda fikran bitta tok manbai qoldirilib, qolganlari sxemadan chiqariladi, ularning o‘rniga esa tok manbalarining ichki o‘tkazuvchanliklari ulangan deb qaraladi (ideal tok manbaida Gich q 0 bo‘lganligi sabali shoxobcha uzuq qoldiriladi).
- Agar murakkab zanjirga bir vaqtda EYK va tok manbalari ulangan bo‘lsa, bunda ham ustma-ustlash usulini qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |