Payariq tuman XTB ga qarashli 67-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha maktabda “Yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi” deb e’lon qilish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish
B A Y O N N O M A S I
“___” _________2022 yil Aliobod MFY
Qatnashdilar:
Maktab direktori Yo.Abduraximov MMIBDO’ F.Xolmirzaeva VYMB inspector psixolog B.Jolmirzayev Pedagog hodimlar
K U N T A R T I B I D A:
1.Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
2.Giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berish.
Yig‘ilishni maktab direktori Yo.Abduraximov ochib berib, kun tartibidagi masala va tashrif buyurgan mehmon bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirib o‘tdi va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha MMIBDO’ F.Xolmirzaevaga so‘z berdi. F.Xolmirzaeva o‘z so‘zida quyidagilar haqida so‘z yuritdi.
Hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bu Yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishi ekanligi haqida gapirib, Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni oldini olish muhim ekanligi haqida aytib o‘tdi. Shuningdek u o‘z so‘zida maktabda “Giyohvand moddalarsiz sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilamiz” shiori ostida o‘quvchi-yoshlar orasida sport musobaqalarini o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirishni tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish kerakligi haqida ham so‘z yuritdi. Ikkinchi masala yuzasidan inspektor psixolog B.Jolmirzayeva so‘zga chiqib,
Giyohvandlik hozirgi kunda yoshlar hayotiga xavf solayotgan jiddiy va global muammoga aylanib qolmokda. Unga ruju qo‘yish nafaqat yoshlar hayotiga xavf soladi, shuningdek, u ko‘p davlatlarda terrorizm, qo‘poruvchilik va boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘lyapti.
Giyohvandlikning yoshlar hayotiga xavf solishiga qarshi kurashish, unga barchani jalb qilish hamda “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” kabi shiorni barchamizning hayotimizning ajralmas qismiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda giyohvandlik va toksin moddalarni qabul qilish ko‘rsatkichi shiddat bilan o‘sib bormoqda. Eng xatarli tomoni, yoshlar orasida geroinga nisbatan ehtiyoj ortyapti. Bu kasallikka chalingan inson unga qul bo‘lib qolishi, oqibatda og‘ir ruhiy, jismoniy, ma’naviy o‘zgarishlar, ijtimoiy tushkunlikka chalinishi kuzatilishi haqida o‘z fikirlarini bildirib o‘tdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib yig‘ilish
qaror qiladi:
Yuqorida o‘qib, eshittirilgan ma’ruzalar ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin;
Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni oldini olish bilan maktabda “Yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi” deb e’lon qilinsin;
“Yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi” munosabati bilan maktabda “Giyohvand moddalarsiz sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilamiz” shiori ostida o‘quvchi-yoshlar orasida sport musobaqalarini o‘tkazish jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi M.Usmonov zimmasiga yuklatilsin;
Ushbu bo‘yruq ijrosini nazorat qilish MMIBDO’ F.Xolmirzaeva zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori Yo.Abduraximov
Do'stlaringiz bilan baham: |