Idoraviy arxivlar. Shaxsiy tarkib arxivlari
Idoraviy arxivlar. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining arxiv tizimida idoraviy arxivlar muhim o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda respublikamizda idoraviy arxivlarning soni salkam 10 mingni tashkil etadi. Idоraviy arхivlar davlat hоkimiyati va bоshqaruv оrganlari, kоrхоnalar, muassasalar va tashkilоtlar qоshida hujjatlarni vaqtincha saqlash, ulardan хizmat, ishlab chiqarish, ilmiy va bоshqa maqsadlarda fоydalanish uchun tashkil etilgan. Qоnunda bеlgilanganidеk, zarurat tug‘ilganda idоraviy arхiv o‘rniga birlashgan idоraviy arxivlar yoki idоralararо arхivlar ham tuzilishi mumkin. Idоraviy arхivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Bеlgilangan muddatdan so‘ng idоraviy arхivlarning hujjatlari davlat arхiviga tоpshiriladi. Hujjatlarni idоraviy arхivlarda saqlash, ulardan fоydalanish va o‘z vaqtida davlat arхivlariga tоpshirish uchun mazkur idоra yoki muassasa rahbari shaхsan javоbgardir. Idоraviy arхivlarning faоliyati, hujjatlarni idоraviy arхivlardan davlat arхivlariga o‘tkazish tartibi “Arхiv ishi to‘g‘risida”gi Qоnun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tasdiqlagan nizоmlar asоsida amalga оshiriladi.
Eng yirik idoraviy arxivlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining arxivi hisoblanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va respublika viloyatlarida ushbu arxivning bo’limlari mavjud. Arxivda sovet davri hujjatlaridan sobiq O’zbekiston kommunistik partiyasi va O’zbekiston kommunistik yoshlar ittifoqi (komsomol) ning hujjatlari, mustaqillik davri hujjatlaridan esa Prezident Administratsiyasi va mahalliy hokimliklar hujjatlari saqlanmoqda.
Qonunda MAFning davlatga tegishli qismi hujjatlarini idoraviy arxivlarda saqlashning quyidagi muddatlari belgilangan:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek respublika bo‘ysunuvidagi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari – 15 yil mobaynida;
• mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, viloyat bo‘ysunuvidagi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari – 10 yil mobaynida;
• tuman va shahar bo‘ysunuvidagi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari – 5 yil mobaynida;
• ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, boshqa tashkilotlarning arxiv hujjatlari – 10 yil mobaynida;
• ilmiy, texnologik, konstruktorlik va patent hujjatlari — 20 yil mobaynida;
• kapital qurilish bo‘yicha loyiha hujjatlari – 25 besh yil mobaynida;
• telemetrik hujjatlar – 5 yil mobaynida;
• ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari – tayyorlangan vaqtidan boshlab 3 yildan oshmagan muddat mobaynida;
• mashinada o‘qiladigan hujjatlar – 5 yil mobaynida.
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlari o‘tgach, ular belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar, sud ishlari va xo‘jalik kitoblari idoraviy arxivlarda 75 yil mobaynida saqlanishi lozim.
Idоraviy arхivlar davlat arхivlarini yangi hujjatlar bilan to‘ldiruvchi asоsiy manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |