FarDu Iqtisodiyot yo`nalishi 20. 144-guruh Talabasi Tadjiboev Metinbekning


Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik samaradorligini oshirish yo`llari



Download 147,65 Kb.
bet9/9
Sana26.05.2023
Hajmi147,65 Kb.
#944228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammolari






5.Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik samaradorligini oshirish yo`llari.
Oʻtgan ikki yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining ustuvor vazifalarini bajarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini tubdan isloh qilish, islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy parametrlar va Davlat byudjetining ijrosi uchun ularning masʼuliyatini oshirish taʼminlanmoqda.
Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirishga, davlat-xususiy sheriklik prinsiplarini rivojlantirishga, investitsiya siyosatini faollashtirishga, eksport salohiyatini va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga, erkin tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi byurokratik toʻsiqlarni olib tashlashga yoʻnaltirilgan bir qator kompleks dasturlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy sohadagi qayta oʻzgartirishlar diqqat-eʼtibor markazida turibdi. Ayniqsa, qishloq joylarda va chekka hududlarda aholining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, kompleks infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosi taʼminlanmoqda. Koʻrilayotgan chora-tadbirlar respublika aholisi turli toifalarining moddiy farovonligi, hayot darajasi va sifati oshishiga muayyan darajada koʻmaklashdi.
Shu bilan birga, mamlakatni yanada jadal rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining amaldagi yondashuvlari va ish usullarini qayta koʻrib chiqish zarurligini, uning faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi va innovatsion usullarini joriy etishni, davlat siyosati amalga oshirilishi va biriktirilgan sohalarda aniq natijalarga erishish uchun idoralar rahbarlarining mustaqilligini oshirishni taqozo etadi.
Hukumatning tashkiliy-shtat tuzilmasini tubdan qayta koʻrib chiqish, hujjatlar ekspertizasi tartibotlarini jiddiy ravishda soddalashtirish, qarorlar qabul qilishning tezkorligini taʼminlash, chet elda keng qoʻllaniladigan aniq koʻrsatkichlarga erishishga va maqsadli indikatorlarga asoslangan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari faoliyatini baholash tizimini joriy etish talab etiladi. Hukumat ishini tashkil etishni tubdan takomillashtirish, ijro etuvchi hokimiyat organlarining zamonaviy talablarga javob beradigan sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlatva xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining shaxsan eʼtibori mavjud kamchiliklarning qatʼiyatlik bilan bartaraf etilishi zarurligiga, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsip oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirilishiga qaratilsin.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlar Mahkamasi/Hukumat) faoliyatini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
-yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali ijro etilishida Hukumat aʼzolari, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlari rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish;
-idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida mustaqilligini oshirish;
-aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlash;
-davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki tartibi va darajasini aniq reglamentlash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga maʼmuriy taʼsir koʻrsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, “xufiyona iqtisodiyot”ning oldini olish, pasaytirish va tizimli qarshi kurashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-komplekslar, Bosh vazir oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasining apparati, eng avvalo, uning asosiy boʻgʻini – axborot-tahlil departamentlari tuzilmasini takomillashtirish va ixchamlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi sifatini yaxshilash, ijro intizomi darajasini oshirish, koʻp sonli yigʻilishlar, ortiqcha yozishmalar va samarasiz xizmat safarlari amaliyotiga chek qoʻyish;
-ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
-davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini ixchamlashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish.

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda qisqa vaqt ichida mamlakatimiz iqtisodiy barqarorlik siyosatini ishlab chiqa oldi ammo hozirgi kunda uni yanada takomillashtirish masalasi ko’ndalang bo’lib turibdi. Mamlakatimiz iqtisodiy barqarorlik siyosatida ancha uzoqni ko’zlab, qisqa muddatli manfaatlardan qochgan holda siyosat olib bormoqda deyishimiz munkin. Chunki hozirgi integratsiya jarayonlarning kuchayib borishi sharoitida O’zbekiston ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan faktorlar ta’siri ostida qolmoqda: bir tomonlama o’ylanganda qisqa muddatli davrda tezda xom-ashyo resurslarini va yarim tayyor mahsulotlarni eksport qilgan holda osongina valyuta ishlash mumkin, ammo boshqa tomonlama o’ylanganda uzoq muddatli davrda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan, uning sifatini oshiradigan, xalqaro standartlarga to’liq javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan, bu bilan uning jahon bozorida raqobatbardosh qiladigan sohalar rivojiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Bu sohada allaqachon ko’zga ko’rinarli natijalarga erishildi. O’zbekistonning investitsion siyosati chet el to’gridan-to’g’ri investitsiyalarini mamlakatimizga kirib kelishiga asos bo’ladigan qulay investitsion muhit yaratmoqda. Iqtisodiyotimizning turli sohalarida nafaqat xom-ashyo eksporti bilan shug’ullanadigan balki tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan qo’shma korxonalar tuzish loyihalari ishlab chiqilgan va chiqilmoqda.
Ishimiz davomida mamlakatimiz iqtisodiy barqarorlik siyosatini rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo siyosati bilan taqqosladik, uning alohida xususiyatlariga to’xtaib o’tdik. Iqtisodiy barqarorlik siyosatini samarali tashkil qilishda mavjud muammolar va ularga aniq yechimlar keltirdik. Shuningdek yaqin vaqt ichida mamlakatimiz tashqi savso siyosatida qanday o’zgarishlar ro’y berishi mumkinligi, tashqi savdo hajmining, uni saldosining holati o’zgarishi, import hamda eksport tarkiblarining o’zgarishi haqida aniq xulosalarga keldik.
Hozirgi kunda iqtisodiyotda bo’layotgan katta o’zgarishlardan biri bu mamlakatimizning JST(Jahon Savdo Tashkiloti)ga qo’shilishga yaqin turgani va bu borada o’tkazilayotgan chora-tadbirlar hisoblanadi. Mamlakatimizning bu yo’ldagi sa’y-harakatlari, boshqacha qilib aytganda, JST ga a’zo bo’lish shartlarini va majburiyatlarini joriy etish yurtimizda savdo-sotiqda umuman olganda tashqi savdoda yangi davr boshlanganidan dalolat beradi. O’zbekistonning JST ga qo’shilish dunyo davlatlari bilan nafaqat savdo balki boshqa yo’nalishlar integratsiyasi har tomonlama yangi munosabatlarni nochib beradi.
O’zbekistonning JST ga a’zo bo’lish jarayoni iqtisodiy barqarorlik siyosatining ilgari surilayotgani, to’g’ri va maqsadli olib borilayotganidan dalolat beradi. Umuman olganda savdo tashklotiga a’zolik bizga tashqi savdodning o’sishiga, mamlakat brendining keng yoyilishiga, yurtimizdagi koronalarnig eksport hudulari kengayishiga, chet malakatlardan xilma-xil sifatli va arzon mahsulotlar kirib kelishiga, malakat hududida raqobatning ortishiga va bu orqali mamlakat ichidagi korxonalarning raqobatbardosh (sifatli va arzon) mahsulot yaratishiga olib keladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T .: O'zbekiston, 2021.-60 b.
2. O’zbekiston Respublikasi qonuni. Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida. 14-iyun, 2020-yil. -T .: "Adolat", 2021.
3. O’zbekiston Respublikasining “Bojxona boji to’g’risida”gi qonuni
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Resppublikasi tashqi savdo faoliyatini liberallashtirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar“ nomli qarori
5. Т.А.Агапова, С.Ф.Серегина Макроэкономика 2017 yil 293-б
6. Shodmonov Sh. Sh., G‘ofurov U.V Iqtisodiy nazariya. - T .: Fan va texnologiya, 2015 yil.
7. Ulmasov A., Vahobov A.V Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. -T .: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik jamiyati Bosh tahririyati, 2016. -480 b.
8. Iqtisodiyot nazariyasi .: Darslik. / IK Stankovskaya, IA Strelets. 3-nashr, Ispr. -M .: "Exmo", 2019. -448 b.
9. Iqtisodiyot .: Darslik. / Samuelson Pol E., Nordxaus Uilyam D. 18-nashr: Per s ingliz. -M .: MChJ "ID Williams", 2019. -1360 p.
10. Iqtisodiyot: tamoyillar, muammolar va siyosat: Darslik. / McConnell KR, Brew SL 17-nashr. -M .: INFRA-M, 2019. -916 b.
11. Iqtisodiyot nazariyasi .: Darslik. / SS Nosova. 2-nashr, Ster. -M .: "KRONUS", 2018. -800 b.
12. Iqtisodiy taraqqiyot: bozor iqtisodiyoti modellari: Darslik. / RM Nuriyev. 2-e izd., Pererab i dop .. -M .: “NORMA”, 2018. -640 s.
13. Qobilov Sh.R. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. - T .: O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi, 2013. - 711 b.
14. Shodmonov Sh., Mamarahimov B.E Iqtisodiy nazariya. -T .: 2015 yil.
15. Razzoqov A., Toshmatov Sh., Urmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik (lotin tilida). -T. “Iqtisodiyot va moliya”, 2017. -320 b.

Internet saytlari:

  1. www.afer.uz

  2. www.mfer.uz

  3. www.undp.uz

  4. www.cer.uz

  5. www.exim.uz

  6. www.stat.uz

  7. www.worldbank.org




Download 147,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish