??o*.* – uchinsi [o] xarf bilan boshlangan barcha kengaytmali fayllarni to‘plamga kiritish. U xolda katalogdagi barcha fayllar to‘plamga kiritiladi. Tanlangan fayllar to‘plami ustida maxsus tugmalardan foydalanib, quyidagi amallarni bajarish mumkin: [F5] - nusxasini boshqa katalogga ko‘chirish; [F6] - boshqa katalogga ko‘chirish yoki qayta nomlash; [F8] – o‘chirish. Faylni tez izlab topish Fayl diskda joylashgan ixtiyoriy faylni topish uchun [Alt+F7] tugmalari bosiladi. So‘ng faylni izlash darchasi paydo bo‘ladi. Va izlanayotgan fayl nomi kiritiladi, so‘ngra [Enter] bosiladi. Fayl topilgandan so‘ng ruyxatga chiqaradi, bunda yunalish tugmalardan foydalanib ruyxatda faylni tanlab [Enter] tugmasi bosiladi. So‘ng bu faylni avtomatik ravishda kursor ajratib qo‘yadi. Fayl katalogda ixtiyoriy faylni tez izlab topish uchun [Alt] tugmasini bosib izlanayotgan faylning bosh xarflari kiritiladi. Xarflar kiritilganda faylni kursor ajratib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |