mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikrichsa, o„yinda bola kattalar
faoliyatining asosiy jixatani aniqroq aks ettirishi o„yinning mazmunini tashkil
hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o„yinlar katga rolь o„ynaydi.
Bogcha yosh davrida harakatning usishida o„yinning ta‟siri haqida gap borganda
avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o„yinni tashkil qilishning o„zidayoq
mazkur yoshdagi bolaning harakatini ustirish va takomillashtirish uchun eng qulay
shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o„yinning bola harakatiga ta‟sir etishini sababi
va xususiyati shuki, harakatning murakkab kunikmalarini sub‟ekt aynan o„yin
7
paytida emas, balki bevosita mashg„ulot orqali o„zlashtiradi. Uchinchidan,
o„yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-
sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o„yin faoliyati xatti-harakatni amalga
oshirish vositasidan bolaning faolligani ta‟minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi.
Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o„yinlarda ko„proq so„zlarni eslab
qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo„ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira
xususiyatini chuqurroq, ochishga yordam beradi, Tajribada yigilgan ma‟lumotlarni
taxlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi
a) o„yinda bola tomonidan ma‟lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir
talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi;
b)shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini
takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo„ladi va oson amalga
oshadi.
O„yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-
atvoriga ham ijobiy ta‟sir qo„rsatadi. Bogcha yoshidagi bolalarda uz xulqini
boshqarish ko„nikmalarini tarkib toptirishga bog„liq psixologik muammoni
o„rgangan
Z.V.Manuylekoning
fikricha,
biror
maqsadga
yo„naltirilgan
mashg„ulotga nisbatan o„yinda xulq ko„knikmalarini oldinroq va osonroq egallash
mumkin, Ayniqsa, bu omil bogcha yoshi davrining xususiyati sifatida o„zining
yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o„z xo„lqini uzi
boshqarish ko„nikmasi o„yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb
baravarlashadi. Ba‟zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida
o„yindagiga qaraganda yuqoriroq ko„rsatkichga ham erishishlari mumkin.
YUqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o„yin va o„yin faoliyati bolada
o„z xulqini boshqarish ko„nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bolaning aqliy o„sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o„tish
kerakki, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangacha nomlash holatidan kelib
chiqib, sub‟ekt o„yin paytida faol harakat qilishga urinadi. CHunki u moddiy
narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan
8
jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o„tadi. Bola jismlarning moddiy
shaklidan birdaniga hayoliy ko„rinishiga utishida unga tayanch nuqtasi bulinji
kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o„tovchi narsalarning
aksariyatidan o„yinda bevosita, ob‟ekt sifatida foydalaniladi. O„yin faollyatida
mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu
tayanch narsalar to„grisida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch
nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bogliq jihatini aks ettiradi. YUqorida
aytilganidek, narsa bilan o„yin harakatlarining takomiillashuvi harakat shakli
xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirmsh va umumlashtirish hisobiga amalga
oshiriladi. O„yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy
ko„rinishidagi mantaqan izchil, yig„iq shaklga o„tishning asosini tashkil qiladi.
Psixolog J.Piaje o„yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e‟tibor
bilan qarab, bu ish ramziy ma‟noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan
xo„losaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to„gri yo„li
ekanligini bildirmaydi. SHuning uchun narsaning nomini o„zgartirish bilan bolada
tafakkur va aql-zakovat o„sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir, Aslida
narsalarni qayta nomlash emas, balki o„yin harakatlarining xususiyatini o„zgartirish
bolaning aqliy o„sishiga sezilarli ta‟sir o„tkaza oladi.
Darhaqiqat, o„yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi kurinishi, ya‟ni
uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo„ladi va shuning uchun o„yin harakatlarini
shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko„rinishi vujudga
keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o„yinning
muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali uz ifodasini topadi.
Bola o„yin faoliyatida maktab ta‟limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy
harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o„yin faqat alohida
olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va
fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini
tanlab, uni bajarish bolaning his-tuygularini qo„zgatuvchilar bilan uzviy bogliq
holda namoyon bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: