Fаоllаshtiruvchi sаvоllаr:
1.Zamonaviy informatika xonasi nimа uchun kеrаk (ya’ni, mаqsаd vа vаzifаlаrni аniqlаsh)?
2.Zamonaviy informatika xonasini tashkil qilish bo’yichа nimаni o’rgаnish kеrаk (ya’ni, mаzmunini аniqlаsh)?
3.Zamonaviy informatika xonasini vazifalari va maqsadi” mаvzusini o’quvchilаrgа qаndаy o’rgаtish kеrаk (ya’ni, tаnlаb оlingаn o’qitish shаkli dоirаsidа tа’limning sаmаrаli usul vа vоsitаlаrini аniqlаsh)?
Zamonaviy informatika xonasini vazifalari va maqsadi kursining predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni Reja:
1
2
3
Zamonaviy informatika xonasini vazifalari va maqsadi.
Zamonaviy informatika xonasini tashkil qilish muammosi.
Zamonaviy informatika xonasini tashkil qilish va jihozlash.
Zamonaviy Informatika xonasi, uning asosiy maqsad va vazifalari
Informatika xonasi – bu umumiy o’rta ta’lim maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o’quv-tarbiyaviy qismi bo’lib, o’quv hisoblash texnikasi komplekti bilan, o’quv ko’rsatish qo’llanmalari, o’quv namoyish, mebellar va informatika kursi bo’yicha nazariy hamda amaliy darslarni o’tkazishga mo’ljallangan xonadir.
Informatika xonasidagi darslar:
- o’quvchilarda kompyuter savodini shakllantirish;
- o’quvchilarni hisoblash texnikasini ishlab chiqarishda proekt-konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy muassasalarda, o’quv jarayoni va boshqarishda ishlatish bilan tanishtirish;
- informatika asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda nazariy fikrlashni rivojlantirish;
- o’quv-ta’lim jarayonini tashkil etishni va o’qitish uslublarini takomillashtirishga xizmat qilish kerak.
Zamonaviy informatika xonasida:
- “Informatika va axborot texnologiyalari” darslari;
- kompyuterda film, slayd, jadval va boshqa o’quv ko’rsatish qo’llanmalaridan foydalanib alohida umumta’lim o’quv kurslari;
- «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» kursi bo’yicha darsdan tashqari va fakultativ darslari o’tkaziladi.
Informatika xonasida psixologik, gigienik va ergonomik qulay muhit bo’lishi kerak, u shunday tashkil etilgan bo’lishi kerakki, muvaffaqiyatli ta’limga, aqliy rivojlantirish va o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy tarbiyalashga, informatika va fan asosidan mustahkam bilim, malaka va mahorat olishga ta’sir ko’rsatishi kerak hamda xavfsizlik va sog’liqni saqlash talablariga javob bera olishi kerak.
Informatika xonasiga kompyuterlarni joylashtirish
O’quvchilar ish joyining informatika xonasidagi tartibi o’quvchini bemalol kirishishi, o’quvchilarning dars davomida topshiriqlarni bemalol bajara olishi va o’qituvchining dars vaqtida har bir o’quvchi oldiga kela olishini ta’minlashi kerak. Informatika xonasida kompyuter bilan ish joylarining uch variantda bo’lishi mumkin:
- perimetrial,
- qatorlar,
- markaziy.
Mavzuning asosiy tushunchalari
Zamonaviy Informatika xonasi, uning asosiy maqsad va vazifalari.
Zamonaviy informatika xonasida harakatlanish.
Informatika xonasiga kompyuterlarni joylashtirish.
savollar
- Zamonaviy informatika xonasi bu nima?
- Zamonaviy informatika xonasining asosiy funktsiya va vazifalari nimadan iborat?
- Zamonaviy informatika xonasini jihozlashdagi asosiy talablariga nima kiradi?
- Zamonaviy informatika xonasida kompyuterlarni joylashtirishning qanday turlari mavjud? Ulardan qaysi biri ko’proq ma’qul?
- Zamonaviy informatika xonasida ishlash texnika xavfsizligini yozib bering.
Zamonaviy informatika xonasida o’quv jarayonini qanday tashkillashtiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |