www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 218
V.Baholash,xulosalash,Uyga vazifa: 16-betdagi savol va topshiriqlarni og‘zaki, uy
vazifasini yozma ravishda bajarib kelish.
Darsni yuqoridagidek o‘tib berish tajribada sinalgan bo‘lib o‘quvchilarni fanga
qiziqishiga va mavzuni o‘zlashtirib olishida juda qulay usullar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:Amaldagi yangi 5-sinf darslik, o‘qituvchi kitobi,
J.Usmonov Informatika 2200 savolga 2200 javob.
to’plash
uzatish
saqlash
Matematika darsida biz avval yozilgan nazorat ishining xatolari
ustida ishladik
Bugun do’stimning tug’ilgan kuni munosabati bilan unga
telegram orqali tabriknoma yubordim
Maktabimizda bo’lib o’tgab bayram konsertini men
videokameraga yozib oldim va oila a’zolarimga ulashdim
www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 219
EVOLYUTSION TAʼLIMOT
Normuminova Oyhol Ziyadullayevna
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani
8-IDUM biologiya fani óqituvchisi
Annontatsiya:
Evolyutsiya nazariyasi — tirik organizmlar evolyutsiyasi sabablari,
harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan.
Kalit so‘z: butun borliq,
oʻzgarish, konsepsiya, jarayon, Makroevolyutsiya
Evolyutsion taʼlimot biologiyaning nazariy asosi, xususiy biol. fanlaridan olgan
natijalarni umumlashtiradi. Evolyutsion taʼlimot rivojlanishining mushohidaga
asoslangan 1-davri qadimiy dunyo faylasuflari Geraklit, Empedokl, Demokrit,
Lukretsiy va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. Ular birinchi boʻlib butun
borliqning , jumladan, organizmlarning tarixiy oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr bildirishgan.
Bunday qarashlar 17— 19-asrlar boshlarida yashagan transformizm tarafdorlari
R.Guk, E.Darvin, D.Didro, J.Byuffon, E.Joffrua SentIler, I.V.Gyote va K.F.Rulye
ishlarida yanada rivojlantirildi. Transformistlar yagona sistemaga ega boʻlgan
taʼlimot yarata olmagan boʻlsalarda, Evolyutsion taʼlimot oʻrganadigan asosiy
muammolarni koʻrsatib berishdi.
Bu muammolar organizmlar tuzilishi va xilmaxilligi, turlar oʻrtasidagi
oʻxshashlik va tafovutlar, tiriklikning progressiv evolyutsiyasi bilan bir qatorda turli
tuzilish darajasiga ega boʻlgan organizmlarning yashab kelayotganligi; ayrim turlar
va guruxdarning qirilib ketishi sabablarini aniqlashdan iborat. Bu muammolarning
tushunib olinishi va ilm-fanning rivojlanishi Evolyutsion taʼlimotning yangi tarixiy
davri — evolyutsiyaning dastlabki konsepsiyalari shakllanishiga zamin tayyorladi.
Bu konsepsiyaning birinchisini J.ʼ.Lamark yaratdi (1809). Keyinchalik lamarkizm
deb atalgan konsepsiyada ham progressiv rivojlanish va moslanuvchanlikka
organizmlarning oldindan belgilab berilgan xususiyati sifatida teleologik va metafizik
nuqtai nazardan qaraladi. Ch.Darvin yaratgan evolyutsiya nazariyasi (1859)
Evolyutsion taʼlimot uchun ilmiy zamin boʻldi. Darvin organizmlar evolyutsiyasining
harakatlantiruvchi kuchlari — yashash uchun kurash va undan kelib chiqadigan tabiiy
Do'stlaringiz bilan baham: |