mavzu: Qimmatli qogʻozlar bozori va birjalar faoliyatinining huquqiy tartibga solinishi
Qimmatli qogʻozlar va qimmatli qogʻozlar bozori tushunchasi, turlari
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi qonunchilik.
Qimmatli qogʻozlar muomalasi ustidan nazorat.
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari.
Fond birjasining huquqiy maqomi va faoliyati.
Qimmatli qogʻozlar tushunchasi, turlari. Qimmatli qogʻozlar bozori tushunchasi.
2015-yil 15 - iyundagi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra, qimmatli qogʻozlar — hujjatlar boʻlib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni bosh- qa shaxslarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu qonun nuqtai nazaridan qimmatli qogʻozlar – qimmatli qogʻozni sotib olgan investorning ushbu qimmatli qogʻozlar emitenti – ishlab chiqaruvchisi oldida mana shu qimmatli qogʻozga nisbatan mulkiy huquqlarini (muayyan miqdordagi pulni toʻlashni, muayyan mol-mulkni oʻtkazib berishni talab etish huquqini) tasdiqlovchi, investorga oʻz huquqlarini boshqa shaxslarga oʻtkazish bilan ularni erkin sotish imkoniyati bilan tasdiqlangan belgilangan shakldagi hujjatlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida esa qimmatli qogʻozlarga nisbatan kengroq taʼrif berilgan boʻlib, Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qogʻozlar hisoblanishi, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin41. boʻlishi koʻrsatilgan. Yaʼni qimmatli qogʻozlarda muayyan mulkiy huquqlar va mol- mulk subekti va majburiyatli shaxs toʻgʻirisidagi axborotlar yozilgan boʻladi42.
41 O`zbekiston Republikasi Fuqarolik kodeksi https://lex.uz/docs/111189
42 Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 1-jild (birinchi qism) Adliya vazirligi. – T.: “Vektor-Press”, 2010.–(Professional (malakali) sharhlar). 272-bet
Boshqacha qilib aytganda, qimmatli qogʻozlar — oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan huquqiy hujjatlar hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlarning paydo boʻlishi uzoq tarixga ega boʻlib, qadimda yarmarkalarda savdogarlar oʻrtasida bir valyutani boshqasiga almashtirish amaliyoti mavjud boʻlgan. Savdoning oʻsishi va tuzilgan bitimlarning koʻpayishi tufayli ilk klassik qimmatli qogʻoz - veksellar asta-sekin moliyaviy operatsiyalar obyektiga aylandi. Veksel Hindis- ton va Xitoy bilan faol savdo sotiq ishlarini amalga oshirgan Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda ommalashib bordi.
Sobiq sovet davrida esa davlat iqtisodiyotida zarurat yuzasidan qimmatli qogʻozlar muomalasi nihoyatda qashshoq boʻlib, asosan bitta turdagi qimmatli qogʻozlar – obligatsiyalardan, taqdim etiluvchi omonat daftarchalaridan va davlat mehnat omonat kassalarining akkreditivlaridan, yutuqli lotereya biletlaridan tashkil topgan, yuridik shaxslar oʻrtasidagi hisob-kitoblarda esa hisob-kitob chekidan foyda- lanish mumkin boʻlgan. Bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi bilan qimmatli qogʻozlar muomalasi kengaydi, uning bozori shakllana boshladi. Biroq bunda asosiy eʼtibor “investitsion” deb nomlanuvchi qimmatli qogʻoz- lar – xususiy tijorat tuzilmalarining aksiyalari va obligatsiyalariga qaratildi43.
Qimmatli qogʻozlar oʻzida uch xil xusuiyatni mujassamlagan:
Aylanuvchanlik – bu qimmatli qogʻozning bozorda xarid qilinishiga va sotilishiga, shuningdek koʻpchilik hollarda boshqa tovarlar muoma- lasini osonlashtiruvchi mustaqil toʻlov vostasi sifatida qoʻllanilishi;
Likvidlik – bu qimmatli qogʻozning uninig egasi uchun deyarli zarar keltirmagan holda tez sotilish, pul mablagʻlariga aylanish qudratidir.
Xatar – qimmatli qogʻozlar operatsiyalari bilan bogʻliq yoʻqotishlar va muqarrar ravishda ularga xos ehtimollardir44.
Chiqarilish shakliga koʻra qimmatli qogʻozlar blankalar tarzida hujjatli va elektron shakldagi hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz boʻlishi mumkin. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi emitent qarorida qimmatli qogʻozlarning shakli belgi- lanishi mumkin.
43 Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексига шарҳ. 1-жилд (биринчи қисм) Адлия вазирлиги. – Т.:
«Vektor-Press», 2010.–(Профессионал (малакали) шарҳлар). 273-бет.
44 Butikov I.L. Qimmatli qog`ozlar bozori. Darslik – Toshkent. Konsauditinform, 2001.-20-bet
Emitentlar tomonidan biznes faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirish maqsadida mablagʻ jalb qilish uchun barcha qimmatli qogʻozlar uchun bir xil boʻlgan belgi va rekvizitlarga ega boʻlgan holda chiqariladigan qimmatli qogʻozlar emissiyaviy qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Emmissiyaviy qimmatli qogʻozlar mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladi va muomalada boʻladi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar odatda katta seriyalarda, koʻp miqdorda chiqariladi va har bir seriyada barcha qimmatli qogʻozlar mutlaqo bir xil boʻladi.
Noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar esa yakka tartibda yoki kichik seriyalarda chiqariladi. Noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar ularga zarurat boʻlganda chiqariladi. Odatda bunday turdagi qimmatli qogʻoz- lar yaxshi rentabellikka ega boʻlgani uchun ham portfel investitsiyalar yoʻnaltiriladi. Noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar asosini bitta bitimlar tashkil etadi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish shart emas.
Rivojlangan qimmatli qogʻozlar bozorlarida qimmatli qogʻozlar- ning oʻndan ziyod turlari mavjud. Mamalakatimiz qonunchiligida esa qimmatli qogʻozlarning obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamgʻarma sertifikatlari, konosament, aksiya, gʻazna majburiyatlari, qimmatli qogʻozlarning hosilalari kabi turlari nazarda tutilgan.
Quyida qimmatli qogʻozlarning turlari bilan batafsil tanishib chiqamiz:
Qimmatli qogʻozlarning eng keng tarqalgan turi aksiyalardir. “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra, Aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksi- yadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiq- lovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozdir.
Aksiya (frans. aksion — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini divident shaklida olish va aksiyadorlik jamiyati boshqaruvida ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi.
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar boʻlib, ular oʻz egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Oʻz egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga qoʻyilgan mablagʻlarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼi nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar korxona boshqaruvida qatnashish yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqini bermaydi. Ushbu aksiya oʻz egasiga aksiyadorlik jamiyati tugatilgan paytda aksiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqini beradi.
“Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respubli- kasi Qonuniga koʻra, Obligatsiyalar – emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiyma- tini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qatʼiy belgilangan foizni olishga boʻlgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi; Obligatsiya (lotincha obligatio soʻzidan, majburiyat) – bu uning egasi qarz berganligi (sarmoyadorning emitentga mablagʻlarni vaqtinchalik foydalanish uchun berganligi) haqida guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qogʻozning nominal qiymatini unda koʻrsatilgan muddatda belgilangan (qatʼiy) foiz toʻlangan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozdir.
Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol-mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar maʼlum muddatga chiqariladi va soʻndirlishi shart. Egarda emitentning faoliyati tugatilsa, obligatsiya- ning egalari qimmatli qogʻozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda anʼanaviy tarzda ustunlikka ega boʻladi45.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilida emitent- ning xususiyatiga koʻra obligatsiyalar 2 turga: infratuzilma obligatsiya- lari, korporativ obligatsiyalar boʻlinadi.
Davlat obligatsiyalari – oʻzida kredit munosabatlarini aks ettiradi, bunda davlat qarzdor, aholi yoki korxona va tashkilotlar kreditor sifatida ishtirok etadi46.
Davlat obligatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tasarrufida boʻlgan barcha aktivlar bilan taʼminlangan, hujjatsiz shaklda chiqariladigan va qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Res- publikasining qimmatli qogʻozlar bozorlarida muomalada boʻladigan obligatsilardir. Obligatsilarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti taqchilligini qoplashga va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining tasdiqlangan parametrlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Pre- zidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilishi mumkin. Amaliyotda davlat obligatsiyalarining chiqarilishlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi nomidan va hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan (odatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilishi lozim.) “Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi” AJning savdo maydonchasi orqali joylashtiriladi va soʻndirilish holatlari kuzatiladi. Infratuzilma obligatsiyalari- ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish yoki rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablagʻlarini jalb etish maqsadida xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalardir.
Bunday obligatsiyalar temir yoʻllar, aeroportlar, avtomobil yoʻllari kabi infratuzilmalarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun yirik xususiy kompaniyalar yoki davlat tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday infartuzilmalar qurilishi koʻp vaqt talab qilgani tufayli ham infratuzilma obligatsiyalari uzoq muomalada boʻladi.
Korxona obligatsiyalari esa aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar tomonidan chiqa- riladigan obligatsiyalar hisoblanadi. Mohiyatan bu turdagi obligat- siyalar korxonalar tomonidan chiqarilib boshqa korxonalar yoki jis- moniy shaxslarning kreditor sifatida qarz mablagʻlarini ajratishlarini taʼminlaydi.
Gʻazna majburiyatlari - emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular emissiyaviy qimmatli qogʻozlar egalari davlat byudjetiga pul mablagʻlari kiritganligini tasdiqlaydi va bu qimmatli qogʻozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qatʼiy belgilangan daromad olish huquqini beradigan qimmatli qogʻoz turidir.
Ushbu qimmatli qogʻozlar davlat tomonidan ishlab chiqariladi. U maʼlum bir muddat davomida asosan korxona va tashkilotlardan, shuningdek jismoniy shaxslardan qarz oladi. Gʻaznachilik majburiyatlari inflyatsiyaga bardosh beruvchi qimmatli qogʻoz turi emas, shu tufayli ham uninig kam muddatli (asosan 1 yilgacha) turi kreditorlar tomonidan afzal koʻriladi.
Oʻzbekistonda Gʻazna majburiyatlari muddatlari boʻyicha quyidagi uch turga ajratiladi:
Uzoq muddatli – bunday turdagi gʻazna majburiyatlari 5 yil va undan ortiq yil muddatga chiqarilishi mumkin. Gʻazna majburiyat- larining bu turi qimmatli qogʻozlarning xalqaro amaliyotida “bond” deb ataladi.
Oʻrta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha boʻlgan muddatga chiqariladi. Bu kabi gʻazna majburiyatlari xalqaro amaliyotda “note” deb nomlanadi.
Qisqa muddatli – 1 yilgacha muddatga chiqarilgan gʻazna majburiyatlari boʻlib, qimmatli qogʻozlarning xalqaro amaliyotida “bill” deb ataladi.
Oʻz tabiatiga koʻra gʻazna majburiyatlari davlat obligatsiyalariga juda yaqin. Amalda gʻazna majburiyatlari jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan davlat obligatsiyalaridan boshqa narsa emas, ular boʻyicha daromadlarni qimmatli qogʻozlarga egalik qilishning butun muddati davomida olish mumkin47.
Depozit sertifikati — bankka qoʻyilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz.
Depozit sertefikati (inglizcha- certificate of deposit) depozit sertefikati qimmatli qogʻozini sotib olish uchun ajratilgan pul mablagʻlarini bankka omonatga qoʻyilganligi toʻgʻrisida omonatchiga
- depozit sertefikati qimmatli qogʻozini sotib oluvchiga sertefikatda belgilangan muddat tugagach, depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit muassasining guvohnomasidir. Bank sertifikatni muddatidan oldin toʻlovga taqdim etilishi ehtimolini nazarda tutishi mumkin. Bunday hollarda bank tomonidan oldindan, sertifikatni berish vaqtida belgilangan sertifikatning unda yozib qoʻyilgan qiymati va pasaytirilgan stavka boʻyicha foizlar toʻlanadi. Sertifikat egasiga sertifikatning muomalada boʻlish muddati tugashi bilan uning egasiga tegishli boʻlgan dastlab chiqarish va muomalada boʻlish shartlarida belgilangan stavka boʻyicha foizlar emitent bank tomonidan, ushbu sertifikat xarid qilingan vaqtdan qatʼiy nazar toʻlanishi lozim. Sertifikatlar bir martalik qilib ham, seriyali, egasining nomi yozilgan yoki koʻrsatuvchi egalik qiladigan turlarda ham chiqarilishi mumkin. Depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
47 Butikov I.L. Qimmatli qog`ozlar bozori. Darslik – Toshkent. Konsauditinform, 2001.-37-бет.
tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Veksel — veksel beruvchining yoxud vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani toʻlashga doir qatʼiy majburiyatini tasdiqlovchi noemissi- yaviy qimmatli qogʻoz. Veksellarni chiqarish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishil- gan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlarning hosilalari - oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar, depozitar tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlardir.
Qimmatli qogʻozlar hosilalari shartnomalar boʻlib ular boʻyicha bir tomon qimmatli qogʻozlarning maʼlum bir miqdorini maʼlum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yohud majburiyatini oladi.
Oʻzbekistonda QQH ni chiqarish va ular muomalada boʻlishining oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada boʻlishi tartibiga koʻra respublika hududida faqat ularning negizida aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari yotadigan QQH chiqarilishi mumkin. Mazkur QQHning emissiya prospekti davlat roʻyxatidan oʻtishi va belgilangan tartibda roʻyxatga olish raqamiga ega boʻlishi lozim.
QQH hujjatli yoki hujjatsiz shaklda (hujjatsiz shakldagi chiqa- rilishlar global sertifikatlar bilan rasmiylashtiriladi) egasining nomi yozilgan shaklda, sinflar va seriyalarga boʻlingan holda chiqarilishi mumkin.
Suquq Bugungi kunda mamalakatimizda moliyalashtirishning muqobil shakllarini yaratish hamda aholi va tadbirkorlarning oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish, taklif etilayotgan moliyaviy xizmatlar turini kengaytirish, islom moliyalashtirish tamoyillari aso- sida ichki va tashqi kapital bozorlaridan resurslarni safarbar etish uchun katta ehtiyoj mavjud. Shu tufayli ham islom moliyaviy tamoyil- lariga asoslangan suquq qimmatli qogʻozlarini ishlab chiqarishga zarurat tugʻilmoqda.
Suquq – (arab tilida aktlar, hujjatlar, cheklar) investitsion faoliyat yoki uning aktiviga nisbatan egalik huquqidagi ulushini koʻrsatuvchi shariat tamoyillariga aoslangan emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, turiga koʻra foyda va zararga sherikchilikni ifodalaydi, soʻndirilishi va foyda darajasi riskka asoslanadi48.
Suquq bir vaqtning oʻzida oddiy aksiya va obligatsiyalarning ayrim xususiyatlarini oʻzida jamlaydi, lekin unda SPV (Special Purpose Vehicle) – (maxsus maqsadli korxona yoki ixtisoslashgan loyiha kompaniyasi boʻlib, maʼlum loyiha yoki biznes rejani amalga oshirish va boshqarish uchun tashkil etiladi) va shariat kengashi49 institutlarining ishtirok etishi barcha bosqichlardagi murakkabliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Suquq operatsiyalarini amalga oshirishda yuqori aniqlik talab qilinganligi uchun ham odatda emitent uchun SPV tashkil etiladi. Bu esa biznes loyiha va moliyaviy operatsiyalarni samarali boshqarish imkonini beradi.
Suquqning huquqiy mohiyatiga koʻra quyidagi xususiyatlari bilan boshqa qimmatli qogʻozlardan farqlanadi:
Suquq Islom qonunlariga muvofiq chiqarilishi kerak, bu shariat tamoyillariga ishora qiladi;
Suquq qimmatli qogʻozlari boshqa turdagi qimmatli qogʻozlardan farqli oʻlaroq, haqiqiy aktivlarga bogʻlangan boʻlishi kerak, yaʼni ular aktivga egalik huquqini anglatadi;
suquqning egalari, boshqa qarz qimmatli qogʻozlaridan farqli oʻlaroq, nafaqat foyda olish, balki koʻrilgan zararni olish huquqiga ega;
emissiya risolasi shariat qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak, shariat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi talab qilinishi ham mumkin50.
48 Toshkent davlat iktisodiyot universiteti huzuridagi Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadkikot markazi. Abrorov Sirojiddin zuxriddin oʻgʻli.Oʻzbekistonda suquq
- islomiy qimmatli qogʻozlarni joriy etish istiqkbollari 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit Iqtisodiyot fanlari buyicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi. AVTOREFERAT. Toshkent- 2020-y.
49 Shariat kengashi – mustaqil oʻzini oʻzi boshqaruvchi organ boʻlib, chiqarilayotgan, muomalada boʻlgan islomiy qimmatli qogʻozlar va investitsiya yoʻnaltirilgan loyihaning islom tamoyillariga muvofiqligini nazorat qiladi hamda xulosalarini berib boradi. Shariat kengashi tomonidan maʼqullangan suquqlar emissiyaga ruxsat etiladi.
50 Batirovа К. Pravoviye osobennosti islamskix sennix bumag (SUQUQ) //Review of law sciences. – 2020. – Т. 2. – №. Spesvipusk.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |