Aylanuvchanlik – bu qimmatli qogʻozning bozorda xarid qilinishiga va sotilishiga, shuningdek koʻpchilik hollarda boshqa tovarlar muoma- lasini osonlashtiruvchi mustaqil toʻlov vostasi sifatida qoʻllanilishi;
Likvidlik – bu qimmatli qogʻozning uninig egasi uchun deyarli zarar keltirmagan holda tez sotilish, pul mablagʻlariga aylanish qudratidir.
Xatar – qimmatli qogʻozlar operatsiyalari bilan bogʻliq yoʻqotishlar va muqarrar ravishda ularga xos ehtimollardir44.
Chiqarilish shakliga koʻra qimmatli qogʻozlar blankalar tarzida hujjatli va elektron shakldagi hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz boʻlishi mumkin. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi emitent qarorida qimmatli qogʻozlarning shakli belgi- lanishi mumkin.
43 Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексига шарҳ. 1-жилд (биринчи қисм) Адлия вазирлиги. – Т.:
«Vektor-Press», 2010.–(Профессионал (малакали) шарҳлар). 273-бет.
44 Butikov I.L. Qimmatli qog`ozlar bozori. Darslik – Toshkent. Konsauditinform, 2001.-20-bet
Emitentlartomonidan biznes faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirish maqsadida mablagʻ jalb qilish uchun barcha qimmatli qogʻozlar uchun bir xil boʻlgan belgi va rekvizitlarga ega boʻlgan holda chiqariladigan qimmatli qogʻozlar emissiyaviyqimmatliqogʻozlar hisoblanadi. Emmissiyaviy qimmatli qogʻozlar mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladi va muomalada boʻladi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar odatda katta seriyalarda, koʻp miqdorda chiqariladi va har bir seriyada barcha qimmatli qogʻozlar mutlaqo bir xil boʻladi.
Noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar esa yakka tartibda yoki kichik seriyalarda chiqariladi. Noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar ularga zarurat boʻlganda chiqariladi. Odatda bunday turdagi qimmatli qogʻoz- lar yaxshi rentabellikka ega boʻlgani uchun ham portfel investitsiyalar yoʻnaltiriladi. Noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar asosini bitta bitimlar tashkil etadi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazishshartemas. Rivojlangan qimmatli qogʻozlar bozorlarida qimmatli qogʻozlar-ning oʻndan ziyod turlari mavjud. Mamalakatimiz qonunchiligida esaqimmatliqogʻozlarningobligatsiya,veksel,chek,depozitvajamgʻarmasertifikatlari,konosament,aksiya,gʻaznamajburiyatlari,qimmatli qogʻozlarninghosilalarikabiturlarinazardatutilgan. Quyida qimmatli qogʻozlarning turlari bilan batafsil tanishib chiqamiz:
Qimmatli qogʻozlarning eng keng tarqalgan turi aksiyalardir. “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra, Aksiya–oʻzegasiningaksiyadorlikjamiyatifoydasiningbirqisminidividendlartarzidaolishga,aksi-yadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidankeyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiq-lovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilganemissiyaviyqimmatliqogʻozdir. Aksiya (frans.aksion—farmoyish;ruxsatnoma,faoliyat) – aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini divident shaklida olish va aksiyadorlik jamiyati boshqaruvida ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi.
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar boʻlib, ular oʻz egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Oʻz egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga qoʻyilgan mablagʻlarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozliaksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼi nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar korxona boshqaruvida qatnashish yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqini bermaydi. Ushbu aksiya oʻz egasiga aksiyadorlik jamiyati tugatilgan paytda aksiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqini beradi.
“Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respubli- kasi Qonuniga koʻra, Obligatsiyalar – emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiyma- tini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qatʼiy belgilangan foizni olishga boʻlgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi; Obligatsiya (lotinchaobligatiosoʻzidan,majburiyat) – bu uning egasi qarz berganligi (sarmoyadorning emitentga mablagʻlarni vaqtinchalik foydalanish uchun berganligi) haqida guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qogʻozning nominal qiymatini unda koʻrsatilgan muddatda belgilangan (qatʼiy) foiz toʻlangan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozdir.
Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol-mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar maʼlum muddatga chiqariladi va soʻndirlishi shart. Egarda emitentning faoliyati tugatilsa, obligatsiya- ning egalari qimmatli qogʻozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda anʼanaviy tarzda ustunlikka ega boʻladi45.