Faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash nashrga tavsiya etgan


 Yanchish texnologiyasi. Yanchish sxemalari



Download 9,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/78
Sana02.01.2022
Hajmi9,7 Mb.
#309113
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
Bog'liq
maydalash galvirlash va tegirmonda yanchish

9. Yanchish texnologiyasi. Yanchish sxemalari
Yanchish  ma’lum  yiriklikka  ega  zarrachalar  olish,  yanchilgan 
mahsulotning  berilgan  solishtirma  yuzasiga  erishish,  rudali  va 
noruda minerallar yuzasini ochish, mahsulotni fizik va kimyoviy 
o‘zgartirish maqsadida qo‘llaniladi. 
Yanchish  texnologiyasini  foydali  qazilmani  qayta  ishlash  tex
-
nologiyasining shartlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Boyitish fabrikalarida ruda va boshqa foydali qazilmalami bara
-
banli tegirmonlarda yanchish bir, ikki va uch bosqichli sxemalar 
orqali amalga oshiriladi.
Bir  bosqichli  yanchish  sxemalari  uncha  katta  bo‘lmagan  quv
-
vatga  ega  (200  t/sutka  gacha),  shunigdek,  katta  quvvatga  ega 
bo‘lgan  fabrikalarda nisbatan  dag‘al  (0,2  mm  gacha)  yanchishda 
qo‘llaniladi.
Barabanli sharli, sterjenli va ruda-galkali tegirmonlar yopiq sikl
-
da va kamdan kam hollarda ochiq va qisman ochiq sikllarda ishlay
-
di. Ochiq siklda yanchilgan mahsulot tegirmondan faqat bir marta 
o‘tadi va tegirmondan tayyor yanchilgan mahsulot olinadi.
Ochiq siklda yanchish sterjenli tegirmonlar uchun quruq va ho‘l 
yanchishda, sharli tegirmonlar uchun esa faqat quruq yanchishda 
ishlatiladi.
Yopiq  siklda  tegirmon  spiralli  klassifikator,  gidrosiklon  yoki 
g‘alvir bilan birgalikda o‘rnatiladi.


101
Ikki bosqichli yanchish sxemalari o‘rtacha va katta quvvatdagi 
boyitish fabrikalarida rudani ancha mayin (0,15 mm gacha) tuyush
-
da qoilaniladi.
Ikki bosqichli yanchish sxemalari mahsulotni birinchi bosqich
-
dan ikkinchi bosqichga uzatish: quyulma yoki qum bo‘yicha uza
-
tish usuli bilan bir-biridan farq qiladi. Birinchi holda birinchi va 
ikkinchi  bosqichlardagi  tegirmonlar  to‘liq  yopiq  siklda,  ikkinchi 
holda esa birinchi bosqich tegirmonlari ochiq yoki qisman ochiq 
siklda, ikkinchi bosqichdagilari esa yopiq siklda ishlaydi. Birinchi 
va ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar ketma-ket o‘rnatiladi.
Yanchishning  yopiq  siklida  yanchuvchi  mahsulot  tegirmon
-
dan  klassifikatorga  tushib,  ikkita  mahsulot  –  quyulma  va  qumga 
ajraladi. Quyulma boyitishga yuborilsa, qum esa to talab qilinadi
-
gan kattalikkacha yanchilmaguncha qayta-qayta tegirmonga qay
-
tariladi. Yopiq sikl tartibida qumning massasi doimiyga aylanib, u 
tegirmon ichida aylanuvchi yuk 
deb ataladi.
Tegirmonga tushadigan rudaning miqdori, o‘lchami, qattiqligi, 
suvning berilishi, nasoslarning va gidrosiklonlarning ishlash tartibi 
o‘zgarganda tegirmon ichida aylanadigan yukda o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi.
Tegirmon yopiq siklda ishlaganda tegirmonning ruda bo‘yicha 
ishlab chiqarish unumdorligining ortishi bilan uning ichida ayla
-
nadigan yuk ortadi. Uncha katta bo‘lmagan (400% gacha) aylanu
-
vchi  yuk  tegirmonning  ishlab  chiqarish  unumdorligini  sezilarli 
darajada oshiradi. Tegirmon ichida aylanuvchi yukning miqdorini 
ortishi mahsulotni tegirmon ichidan o‘tish tezligini oshiradi, bu esa 
mahsulotning o‘ta yanchilishining oldini olib, tegirmonning ishlab 
chiqarish unumdorligini oshiradi. Bu yukning keragidan ortishi te
-
girmonning ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Sharli, rudali va ruda-galkali tegirmonlar, asosan, yopiq siklda 
ishlaydi. Odatda, tegirmon ichida aylanuvchi yuk protsentlarda ifo-
dalanadi:
C = S/Q
,


102
bunda: 
S
 – qumning og‘irligi; 
Q
 – dastlabki mahsulotning og‘irligi.
Tegirmonga tushadigan umumiy mahsulotning og‘irligi:
Q
um
= Q + S – Q + CQ = Q
(1
 + C
).
Aylanuvchi  yuk  dastlabki  mahsulotning  og‘irligiga  qarab  50 
dan 700% gacha chegarada o‘zgarishi mumkin. Tegirmonning das
-
tlabki mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi ortsa yoki 
quyulmaning mayinligi ortsa, aylanuvchi yuk ortadi. Haddan ortiq 
aylanuvchi yukda yanchish sharoiti yomonlashadi.

Download 9,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish