Faoliyat psixologiyasi


Faoliyatning asosiy turlari



Download 76 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi76 Kb.
#239820
1   2   3   4   5
Bog'liq
1363013176 42031

3. Faoliyatning asosiy turlari

Kishi faoliyati ongli ravishda faollik sifatida uning ongi shakllana va rivojlana borishi tufayli tarkib topadi va rivojlanadi. Uning o`zi ongning shakllanish va rivojlanish negizi, uning mohiyat manbai bo`libxizmat qiladi.

Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turli-cha ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma`-lum predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamda-gi predmetlar xususiyatlari va sifatini o`zgartirishga qaratilgan bo`ladi. Masalan, ma`ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli ha-rakati yozuvga qaratilgan boiib, u avvalo o`sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o`zgarishlar qilish orqali bilimlar zaxirasini boyitayot-gan boiadi.

Fapliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo`naltirilganligiga qarab, tashqi va ichki faoliyat farqiana-di. Tashqi faoliyat shaxsni o`rab turgan tashqi muhit va undagi narsa-hodisalarni o`zgartirishga qaratilgan faoliyat bo`lsa, ichki faoliyat, bi-rinchi naybatda, aqliy faoliyat boiib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidankelib chiqadi.......■■-,,.`"

Dastlab. predmetli tashqi faoliyat ro`y beradi, tajriba orttirilib bor-gan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib bo­radi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo`lsak, bpla dastlabki so`zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o`zichagapirishni o`rganib, o`ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o`z oldiga maqsad va rejalar qo`yadigan boiib boradi.

Har qanday sharoitda barcha harakatlar ham ichki psixologik, ham tashqi muvofiqlik nuqtai nazardan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy motor harakat­lar -mujassam bo`ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatgan-misiz? Agar o`ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy boigani bilan uning peshonalari, ko`ziari, hattoki tana va qo`l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to`xtamga kelolmayotganidan yoki fikrni topib, bundan mamnuniyat his qilayotganidan darak beradi.

Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexa-nizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Tajribada shu narsa isbotlanganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o`z ichiga oladi. Ular quyidagi ko`rinishlarda boii-shi mumkin:

-perseptiv, ya`ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to`g`risida yaxlit obraz shaklianadi;

mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bogiiq murakkab faoliyat turi;

fikrlash faoliyati\ aql, fahm-farosat vositasida turli muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat; ! -imajitiv, faoliyat ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasi­da hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.

Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar bilan muayyan mu-


nosabatlari tizimida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va
ishtirokini taqozo etadi, ya`ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega
bo`ladi. ` ?

Faoliyatning asosan uch turi mayjud:

l)o`yin;


  1. taiim;

  2. mehnat.

Hayotning birinchi yillaridayoq bolada faoliyatning oddiy shaklla-i ini o`zlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlar tarkib topa boshlay-cli. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati hisoblanadi. Bola o`z tajribasida (|urol - buyumlar bilan bir vaqtning o`zida boshqa turdagi buyumlar -o`yinchoqlarga duch keladi. O`yinchoqlarni ishlatishning insoniy usuli o`yin, ya`ni ular yordamida allaqanday boshqa, haqiqiy buyumlar va harakatlarni ifoda etish.

Katta yoshdagilar bolalarni o`yinchoqlardan ana shu tarzda foyda-lanishga o`rgatadi. Ular bolaga qo`g`irchoqqa suv qanday ichirilishi, uni qanday qilib tebratish kerakligi, sayr qildirishni, o`yinchoq ayiq bolasini qanday ovqatlantirishni, mashinani qanday qilib haydash ke-rakligini ko`rsatishadi va hokazo.

Lekin bolada o`yinchoqqa nisbatan «haqiqiy» buyumning tasviri sil`atida munosabatning o`zi o`yin faoliyatiga faqat so`z aralashuvi miinosabati bilan hosil bo`ladi.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yin bolalarda ham o`z faolligini ro`yobga chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat qiladi. Shu tarzda u funksional mamnunlik bilan liog`liqdir. Faollikka boigan ehtiyoj uning qo`zg`atuvchisi bo`lsa, laqlid qilish va tajriba esa manbai hisoblanadi. O`yin faoliyatining o`/.iga xos tub xususiyati ana shunda mujassamlashgandir. Uning maqsadi o`zining yordami tufayli muvaffaq boiinadigan amaliy na-lijalarga erishishdan emas, balki amalga oshiriladigan «faoliyat» ning o`/.idan iboratdir.

Shunday qilib, o`yin bblani buyumlar va hodisalarning nutq ama-liyotida mujassamlashgan mohiyatlarini o`zlashtirib olishini va ushbu niohiyatlarni ishlata bilishni mashq qildiradi. O`yin bajarilayotgan ha­rakatlarni aynan jarayon sifatida anglashini rivojlantiradi, bu jarayon­larning o`zini o`zi idora qilish asosida bajarilishini o`rgatadi, pirovardida esa o`zini aniq harakatlar subyekti sifatida idrok etishdan moyil
rolni bajaruvchi, ya`ni insoniy munosabatlar qiluvchi subyekt sifatida
idrok etish darajasiga qadar rivojlanganligini anglab yetishiga imkoni-


Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish