Nazorat savollari:
Mavzu oxirida savol-javob asosida suhbat o’tkaziladi.
1.Suv hayotimizda qanday ahamiyatga ega?
2.Suvsiz yashash mumkinmi?
3.Suvni isrof qilmasligimiz uchun nimalar qilishimiz kerak ekan,bolalar?
4.Suvdan qanday foydalanish kerak?
Quvnoq daqiqada bolalarga topishmoqlar aytiladi.
1).Ko`zga ko`rinmas,
Qo`lga tutilmas. (Havo)
2).Oyogi yo`q, qochadi,
Qanoti yo`q, uchadi.
3).Osmonda uchar,
Qanoti yo`q.
4).Uzundan uzoq,
Xavoga tuzoq.
5).Uzun-uzun hamyon,
Uzundan-uzoq hamyon.
6).Shildir-shildir juganim,
Suluv qashqa dunonim,
Ayozli kun yurmagan,
Oyogi yerga tegmagan.
7).Ayozli kunda turmaydi,
Oyogi yerga tegmaydi.
8).Beshadan chiqqan besh biya,
Beshovi ham qulunli,
Qulunlari qul ola,
Quyruqlari gaz ola. (Bulut)
9).Qora biyam qalt etdi,
Qovurg`asi yalt etdi.
(Bulut, yashin)
10).Ship etdi,
Shivirron ketdi.
11).Uzun-uzun uz ketdi,
Uzun bo`yli qiz ketdi.
Toqqa borib taq etdi,
Sirgalari yarq etdi.
12).Shundan urdim silichni,
Buxor borib, zangar oshdi. (Yashin)
13).Yorug`i bor,
Dovrug`i bor,
O`zi yo`q,
Ovozi bor. (Yashin, momaqaldiroq)
14).G`uv-g`uv etib keladir,
Orqasidan qopa qush
Uchib suv yuboradir, nima? (Momaqaldiroq, bulut, yomg`ir)
15).Meni so`raydilar,
Ko`rinsam qochadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |