Qor bilan ishqalanish muolajasiga suv bilan uzoq chiniqishdan so’ng o’tish mumkin. Bu muolaja boshlanishida tananing yuqori qismi ishqalaniladi. Qor bilan ishqalash tez va faol bajariladi. Davomiyligi 1-2 minut. Keyinchalik yaxshi kayfiyat va chiniqish darajasiga qarab,qor bilan ishqalanish ochiq havoda o’tkaziladi. Qattiq sovuqda va kuchli shamolda ochiq havoda bu muolajani o’tkazish tavsiya etilmaydi. Chiniqish uchun mahalliy suv muolajalari o’tkaziladi. Bulardan eng ko’p tarqalgani-oyoqlarga suv qo’yish va tomoqni sovuq suv bilan chayishdir. Bu muolajalar organizmni shamollashlarga nisbatan chidamliligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |