7-ilova
Ko’rgazmali materiallar
8-ilova
Etiologiya deganda u yoki bu kasallikni keltirib chiqaradigan jami sabablar tushuniladigan bo‘lsa, patogenez etiologik omillar ta’sir etgandan keyin mazkur kasallikning avj olib borish mexa- nizmidir. Masalan, o‘t-tosh kasalligi etiologiyasida uch omil: infek- siya, o‘tning turib dimlanib qolishi, ovqatlanish rejimining buzilishi muhim rol o‘ynaydi. Bu kasallikning patogenezi esa jigar hujayrasi — gepatotsitlarda o‘t hosil bo‘lish jarayoni buzilib, o‘t pufagida ma’lum biokimyoviy o‘zgarishlar va o‘t suyuqligi hara- katining buzilishi, o‘t toshlarining hosil bo‘lishiga bog‘liq.
Krupoz pnevmoniya, ya’ni zotiljam kasalligini patogen mikro- organizm — pnevmokokklar keltirib chiqaradi. Kasallikda qon tomirlari bilan mo‘l-ko‘l ta’minlangan mayda-mayda o‘pka pufakchalari — alveolalarda yallig‘lanish natijasida o‘pkada seroz suyuqlik — ekssudat to‘planib qoladi. Keyinchalik bu alveolalarga qon tomirlaridan fibrin, eritrotsitlar, leykotsitlar o‘tib, o‘pkaning funksiyasi buziladi. Jarayonga nafas sistemasidan tashqari yurak- qon tomirlar, nerv sistemalari va boshqalar qo‘shilib qoladi. Kasallikning avj olib borish mexanizmi uni keltirib chiqaradigan qo‘zg‘a- tuvchining qanday bo‘lishidan qat’i nazar (pnevmokokk, strep- tokokk), bir xil bo‘lib qolaveradi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisiga qarshi kurashga qaratilgan davo etiologik, patogenezning turli bo‘g‘inlariga qaratilgan davo esa patogenetik davo deb ataladi. Muvaffaqiyatli davolash uchun ayni shu bemor organizmi xususiyatlarini yaxshi bilish, unga qanday konkret omillar zararli ta’sir qilganligini aniqlab olish zarur. Kasallikning o‘zidan ko‘ra, konkret bemorni davolash kerak. Dav- latimiz klinisistlari tomonidan patogenetik terapiyaga asos qilib qo‘yilgan qoida ana shundan iborat.
Simptom — bu biron-bir kasallikning paydo bo‘lishidagi ma’lum belgi yoki alomatlarining namoyon bo‘lishidir. Masalan, yo‘tal, bronxlar yallig‘lanishi — bronxit simptomidir. Simptomlar subyek- tiv (so‘rab-surishtirish natijasida aniqlanadigan, masalan, gipertoniya kasalligidagi bosh og‘rig‘i) va obyektiv bo‘lishi mumkin (masalan, yurak porogida stetoskop yoki fonendoskop yordamida yurak eshitib ko‘rilganda shovqin borligi ma’lum bo‘ladi). Simptomlar yuqoridagilardan tashqari, laboratoriya, rentgenologik va funksional tekshirishning boshqa usullari bilan ham aniqlanadi. Masalan, me’da-yara kasalligini rentgenologik yo‘l bilan tekshirganda me’da shilliq pardasida «nisha», ya’ni «tokcha» nomini olgan o‘zgarishli joy aniqlanadi; elektrokardiogramma (EKG)dagi tegishli o‘zgarishlar miokardda infarkt bo‘lganligini aniqlab olishga imkon beradi; laboratoriya tekshiruvi yordamida siydikda qand borligini topish mumkin, bu — qandli diabet kasalligi uchun xosdir.
Sindrom — bu bir kasallikka xos bo‘lgan bir necha simptomlar yig‘indisidir. Bir qancha simptomlarni bir-biriga solishtirib, tahlil qilib ko‘rish asosida mazkur bemorning dardi falon kasallikdir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Tashxis (diagnoz) — klinik tekshirish usullari orqali tekshirila- yotgan kishi salomatligining ahvoli, kasalligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosadir. Uni shifokor bemorni har tomonlama tekshirib ko‘rga- nidan keyin qo‘yadi. O‘z vaqtida va to‘g‘ri davo belgilash tashxisning aniq qo‘yilishiga bog‘liq. Qadimgi hakimlarning: «Kimki, to‘g‘ri tashxis qo‘ysa, o‘sha yaxshi davo qiladi», degan gaplari bor. Kam ifodalangan, aksari bilinmaydigan belgilarni aniqlab olish va demak, to‘g‘ri tashxisni qo‘yishda o‘rta tibbiyot xodimi shifokorga katta yordam ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, u o‘zining bemor ustidagi barcha kuzatuvlari to‘g‘risida navbatchiligi paytida va navbatchilik tugagandan so‘ng ham batafsil ma’lumot berishi kerak, masalan, bemor kechasi yo‘talgan, ko‘p terlagan (gipergidroz), peshob vaqtida siydigi boshqa rangda tushgan, og‘zidan qo‘lansa hid kelgan, havo yetishmayotgandek sezayotganidan noliyotgan bo‘lsa, mana shularning hammasini o‘rta tibbiyot xodimi yozib borishi va shifokorga ma’lum qilishi zarur. Bemorning ahvoliga baho berishda, tashxisni aniqlash, davo buyurishda ana shu kuzatuvlar va kasallikning boshqa ko‘rinishlari hisobga olinadi.
Aniq tashxis qo‘yishda laboratoriya va asbob-uskunalar bilan tekshirish usullarining ahamiyati katta. Masalan, qon kasalligi anemiyada subyektiv va obyektiv simptomlar aniqlangandan so‘ng qonning tarkibini aniqlash uchun laborator tekshirish usullaridan foydalaniladi, qon tahlilining natijasiga asoslangan holda aniq klinik tashxis qo‘yiladi. Asbob-uskunalar va rentgenologik tekshirish natijalari asosida me’da yara kasalligida «nisha» simptomi, EKGda esa miokard infarkti kasalligiga xos belgilarning aniqlanishi va boshqalar diagnostika uchun asosiy simptomlar hisoblanadi.
Simptomlar subyektiv va obyektiv bo‘ladi, subyektiv simptomlar bemorlarda so‘rab-surishtirish natijasida aniqlanadi. Masalan, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi, me’da, yurak sohasidagi og‘riqlar va ularning xarakterlari, tarqalish joylari.
Obyektiv simptomlar ko‘rish, paypaslab ko‘rish, dukillatib ko‘rish, eshitib ko‘rish orqali aniqlanadi. Masalan, teri rangining o‘zgarishi, teridagi toshmalar, oyoq-qo‘llar va yuzdagi shishlarni aniqlash, o‘pkaning aniq tovushlarini o‘zgarishi, yurakdagi pato- logik shovqinlarni eshitish va boshqalar.
Uyga vazifa
1.M.F Ziyayeva “ Terapiya” mavzuni o`qish betlar
2.A Gadayev ”Ichki kasalliklar” mavzuni o`qish
betlar
Do'stlaringiz bilan baham: |